36
Ya‘ni: 1,08+1,12+1,15+1,17=1,13
Agar narxlar o‗zgarishi yillik 1,18 foizga ortishini yagona mezon qilib olsak,
u holda yillik o‗sish sur‘ati quyidagicha bo‗lishi lozim.
1,18∙1,18∙1,18∙1,18 = 1,94 ni tashkil etadi
Bunday qarama-qarshilik yuzaga kelmasligi uchun geometrik formuladan
foydalanish lozim.
4
1,6275
1,17
•
1,15
•
1,12
•
1,08
=1.2757
Tahlilda o‗rtacha xronologik formuladan ham keng foydalaniladi.
O‗
x
= (X
1
/2+X
2
+...+X
n-1
+X
n
/2)/ n-1
2.6-jadval
Asosiy vositalarning o„rtacha yillik qiymatini aniqlash
Ko„rsatkichlar
1-yanvar
2017yil
1-aprel
2017 yil
1-iyul
2017 yil
1-oktyabr
2017 yil
1-yanvar
2018 yil
Asosiy vositalarning o‗rtacha
yillik qiymati, mln so‗m
8000
8500
9200
10500
11600
Yuqoridagi formula bo‗yicha asosiy vositalarning o‗rtacha
yillik qiymati
quyidagicha bo‗ladi.
O‗
x
= (8000/2+8500+9200+10500+11600/2) / (5-1) = 9500 mln so‗m
2.2.2. Guruhlash usuli
Guruhlash deganda o‗rganilayotgan to‗plamni taalluqli belgilari bo‗yicha
sifat jihatdan bir xil bo‗lgan guruhchalarga ajratish tushiniladi. Agar statistikada
guruhlash hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish
maqsadida foydalanilsa,
tahlilda o‗rtachalarni mohiyatini tushintirishga, bu o‗rtachadagi alohida birliklarni
rolini ko‗rsatishga, o‗rganilayotgan ko‗rsatkichlar orasida o‗zaro bog‗liqliklarni
aniqlashga yordam beradi.
Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtayi nazardan guruhlashlar
tipologik, strukturali va analitik turlarga bo‗linadi.
Tipologik guruhlash – to‗plamni sifat jihatdan bir xil bo‗lgan
guruhlarga
ajratishni;
Strukturali guruhlash – ko‗rsatkichni ichki tuzilishini,
uning alohida
qismlarini o‗zaro nisbatlarini o‗rganish maqsadida guruhlarga ajratishni;
Analitik guruhlash – ko‗rsatkichlar orasidagi bog‗lanishlarni o‗rganish
maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlarni anglatadi.
37
Tuzilishining murakkabligi jihatdan oddiy guruhlashlar
va kombinatsiyali
guruhlashlar tarkiblanadi.
Bitta belgi bo‗yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb
aytiladi. Agar bitta belgi bo‗yicha bitta guruhlashni, shu guruhga kiruvchi boshqa
bir belgi bo‗yicha yana boshqa
guruhlashni amalga oshirilsa, bunday guruhlash
kombinatsiyali guruhlash deb aytiladi.
Guruhlarni tuzishda to‗plamni guruhlarga bo‗lish, guruhlar sonini belgilash
va guruh intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashish zarur.
Guruhlashlar algoritmini quyidagi ketma-ketlikda belgilash mumkin:
•
tahlilning maqsadini aniqlash;
• axborotlarni yig‗ish;
• guruhlash uchun asos qilib olingan belgi bo‗yicha to‗plamni ranjirlash;
• to‗plamni taqsimlash intervali (oralig‗i)ni tanlash va uni guruhlarga
ajratish;
• guruhlash va omilli belgilar bo‗yicha o‗rtacha guruh ko‗rsatkichlarini
aniqlash;
• olingan o‗rtacha
miqdorlarni tahlil qilish, o‗zaro bog‗liqlarni va natijaviy
ko‗rsatkichga omilli ko‗rsatkichlarni ta‘sir yo‗nalishini aniqlash.
Moliyaviy tahlilda guruhlashdan ko‗pincha qiyosiy
tahlilda foydalanish
mumkin.
2.7-jadval
Dostları ilə paylaş: