Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Balansga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim etiladigan



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Balansga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim etiladigan 
axborot. 
Xo‗jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya balansiga tushuntirishlarda 
quyidagilarni ochib berishi lozim: 
a) Aksiyadorlik mablag‗ining har bir toifasi bo‗yicha: e‘lon qilingan 
aksiyalar sonini, chiqarilgan, haqi to‗la to‗langan, chiqarilgan, lekin haqi to‗la 
to‗lanmagan aksiyalar sonini, aksiyalarning nominal qiymatini, yilning boshida va 
oxirida haqi to‗lanmagan aksiyalar sonining kamayishini, aksiyadorlik 
mablag‗ining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar, shu 


289 
jumladan dividendlarni taqsimlash va sarmoyani qoplashga doir cheklashni, 
jamiyatning o‗ziga, xo‗jalik yurituvchi subyektga qarashli sho‗ba va uyushgan 
jamiyatlariga tegishli aksiyalar, opsion va savdo shartnomasi bo‗yicha emissiya 
uchun zaxiraga ajratilgan aksiyalar, shu jumladan ularning muddatlari va 
miqdorlari haqidagi axborotlar; 
v) O‗z sarmoyasidagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni. 
s) Majburiyatlarda dividendlarni to‗lash uchun ajratilgan pul miqdorining 
mavjudligi (aksiyadorlar yoki muassislar, ishtirokchilar yig‗ilishida rasmiy 
ravishda ma‘qullanmagan to‗lovlar miqdorining mavjudligi) haqidagi axborotlar 
ochib berilishi zarur. 
Xo‗jalik yurituvchi subyekt o‗z sarmoyasidagi o‗zgarishlarni aniq aks 
ettirishi 
yuzasidan 
buxgalteriya 
balansiga 
izohlar, 
hisob-kitoblar 
va 
tushuntirishlarda‚ shuningdek: 
- davr boshida va hisobot sanasida to‗plangan foyda yoki zararlarning 
qoldig‗i hamda shu davrda yuz bergan muhim o‗zgarishlar, jumladan aksiyadorlar 
(muassislar, ishtirokchilar) har bir toifasiga shu davr uchun taqsimlanadigan sof 
foyda haqidagi; 
- o‗z sarmoyasi har bir toifasi joriy miqdordagi hamda davrning boshlari va 
oxirida zaxiradagi o‗zgarishlarning umumiy miqdori haqidagi axborotlarni ochib 
berishi lozim. 
Buxgalteriya balansi tahlilining mazmuni – korxonaning mulkiy holati va 
uning o‗zgarishlariga, aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibi va 
o‗zgarishlariga, balans moddalarining likvidlik darajasiga, xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarning to‗lov layoqatiga, moliyaviy barqarorligiga, ish aktivligiga, 
raqobatbardoshligi va iqtisodiy tahlikalarga bardoshligiga baho berishdan iborat. 
Buxgalteriya balansi tahlili oldiga quyidagi vazifalar qo‗yiladi: 
- korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash; 
- aktivlarning likvidligini baholash; 
- aktivlarni shakllantirish manbalari tarkibini baholash;
- majburiyatlarning aktivlar bilan ta‘minlanganligini baholash; 


290 
- aktivlar va passivlarning alohida guruhlari o‗rtasidagi muvofiq- 
likni baholash; 
- aktivlarni pul ishlab topish imkoniyatlarini baholash; 
- kapitalni shakllanishi va o‗stirish imkoniyatlarini baholash. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin