285
joriy operatsiya tsikli davomida olinishi kutilayotgan
aktivlarni hamda shu davr
ichida to‗lanishi lozim bo‗lgan majburiyatlarni ham alohida ko‗rsatishi lozim.
Agar aktivlar xo‗jalik yurituvchi subyekt operatsion faoliyatining
bir qismi
bo‗lsa va subyektning operatsiya sikli me‘yorida o‗tayotgan paytda uni olish yoki
iste‘mol qilish kutilayotgan bo‗lsa, mazkur aktivlar
joriy aktivlar qatoriga
kiritiladi.
Agar aktivlar qayta sotish maqsadida yoki qisqa muddatda ushlab turilgan
bo‗lsa va undan hisobot vaqtidan keyingi 12
oy mobaynida foydalanish
kutilayotgan bo‗lsa, bunday hollarda u joriy aktiv sifatida tasnif etilishi zarur.
Ushbu tasnifiy jihatlardan farqli jihatlarda boshqa barcha aktivlar uzoq muddatli
aktivlar sifatida tasnif etilishi kerak.
Odatda joriy aktivlarning ikki turi tarkiblanadi:
- birinchi turi xo‗jalik yurituvchi subyekt aylanma mablag‗ining bir qismi
bo‗lib, xo‗jalik yurituvchi subyektning me‘yoriy operatsion sikli davomida olingan
yoki iste‘mol qilingan bo‗lishi lozim;
- ikkinchi turi operatsiya aktivlari bo‗lmagan, lekin savdo yoki investitsiya
maqsadlarida saqlab turilgan va ularni hisobot vaqtidan keyingi 12
oy davomida
sotish kutilayotgan joriy aktivlar doirasidan iborat. Hisobot sanasidan keyingi 12
oy davomida olinadigan yoki iste‘mol qilinadigan zaxiralar va debitorlik qarzlari
ham joriy aktivlarga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: