286
maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida sotilishi
mumkin bo‗lmagan aktivlardir.
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar
–
hisobot kunidan boshlab, 12 oy
davomida hisob-kitob qilinadigan majburiyatlardir.
Joriy majburiyatlarning tavsifi joriy aktivlar tavsifiga o‗xshashdir.
Kreditorlik qarzi ish haqi, soliqlar bo‗yicha qarzlar va boshqa operatsiya xarajatlari
bo‗yicha qarzlar kabi ayrim joriy majburiyatlar joriy aktivlar hisobidan hisob-kitob
qilishni talab qiladi, chunki subyektning odatdagi operatsiyasi tsiklida
foydalaniladigan aylanma mablag‗ni tashkil etuvchi moddalar bo‗yicha majburiy
hisoblanadi. Bunday operatsiya moddalari hatto hisobot vaqtidan so‗ng 12 oydan
ortiq davr davomida ham hisob-kitob qilinishi lozim bo‗lsada, joriy majburiyatlar
hisobida tasnif qilinadi.
Joriy majburiyatlarga‚ shuningdek, bank overdraftlari, to‗lanadigan
dividendlar, daromad soliqlari, savdo bilan bog‗liq bo‗lmagan o‗zga kreditorlik
qarzlari, foizlarni to‗lashni talab qiladigan qisqa muddatli majburiyatlarning joriy
qismi kiradi. Ular hisobot kunidan boshlab 12 oy davomida hisob-kitobni talab
etsada, operatsiya nuqtayi nazaridan joriyligini aniqlash qiyin.
Uzoq muddatli asosda aylanma mablag‗dan pul bilan ta‘minlanadigan, foizni
to‗lashni talab qiluvchi majburiyatlar (12 oy davomida hisob-kitob qilinmaydigan
majburiyatlar) uzoq muddatli (nojoriy) majburiyatlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: