405
11.12. Byudjetga to„lovlar va ajratmalarning tahlili
Byudjetga to‗lovlar va ajratmalar deganda korxonalarning soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlari bo‗yicha majburiyatlari tushuniladi. Ushbu majburiyatlar qisqa
muddatli majburiyatlar hisoblanadi. Chunki qonunchilikka muvofiq ular joriy
davrda qoplanishi zarur.
Soliqlar
deganda – muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib
berilmaydigan va beg‗araz xususiyatga ega bo‗lgan, byudjetga yo‗naltiriladigan
majburiy pul to‗lovlari tushuniladi
49
.
Boshqa majburiy to„lovlar
deganda – davlat maqsadli jamg‗armalariga
majburiy pul to‗lovlari, bojxona to‗lovlari, shuningdek‚ vakolatli organlar hamda
mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni
to‗lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni
yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‗lanishi
lozim bo‗lgan yig‗imlar, davlat boji tushuniladi
50
.
Dostları ilə paylaş: