Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Iqtisodiy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

3.12. Iqtisodiy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy 
ta‟minotlardan foydalanish 
 
Yangi asrni axborotlar, texnologiyalar, innovatsiyalar asri deyish mumkin. 
Negaki bu uchta jihatsiz rivojlanishni, taraqqiyotni tasavvur qilib bo‗lmaydi.
Iqtisodiy tahlilni zamonaviylashtirish muammosi ham bugun olimlar 
oldidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Axborotlarga shunchaki ega 
bo‗lish yoki axborotlarni shunchaki o‗qish bilan bugun muhim natijalarga erishib 
bo‗lmaydi. Ularni tahlil etishning shunday bir tizimini shakllantirish lozimki bu 
ularning boshqaruvdagi samarasini, faoliyatdagi natijasini ta‘minlashga xizmat 
qilsin. 
Axborotlarni bugungi shaklini va oqimini oddiy hisob-kitoblar asosida qayta 
ishlash mumkin emas. Bunga vaqt omili ham, resurs omili ham, subyekt omili ham 
yo‗l bermaydi.
Axborot tizimini yaratilishi, axborotlarni kompyuter texnologiyalari va 


150 
dasturiy ta‘minotlari asosida qayta ishlash, tahlil etish sohaning rivojida yangi bir 
bosqichini boshlab berdi deyish mumkin.
Axborot tizimining yaratilishi quyidagi hossalar bilan xarakterlanadi: 
- har qanday axborot tizimi, tizimni tashkil etishning umumiy prinsipi 
asosida tahlil qilinadi va boshqariladi
- axborot tizimi dinamik ko‗rinishga ega bo‗lib, rivojlanuvchi tizim 
hisoblanadi; 
- axborot tizimining mahsuloti ham axborot hisoblanadi;
- axborot tizimini odam-kompyuter tizimi ko‗rinishida tasavvur qilish lozim.
Axborot tizimlarini hayotda qo„llab ishonchli, sifatli va aniq natijalarni 
olish mumkin. Buni quyidagilarda tavsiflash mumkin:
- matematik metod va intellektual tizimlarni qo‗llab, boshqarishning optimal 
variantlarini olish;

tizimni 
avtomatlashtirish 
natijasida 
ishchilarning 
vazifalarini 
yengillashtirish;
- eng to‗g‗ri axborotga ega bo‗lish; 
- axborotlarni qog‗ozda emas‚ balki magnit yoki optik disklarda saqlash; 
- mahsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish;
- foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish.

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin