147
- Statistika hisobotlari;
- Soliq hisobotlari;
- Xalq banki hisobotlari;
- Boshqaruv hisobi va hisoboti ma‘lumotlari.
Ta‘sis hujjatlariga korxona faoliyatining tartibi va shartlarini belgilab
beruvchi Nizomi kiradi. Nizomda korxonaning tashkiliy huquqiy shakli,
uning
nomi, joylashgan o‗rni, ustav kapitali miqdori, tarkibi, uning boshqaruv va nazorat
organlarini shakllantirish tartiblari, foydani taqsimlash, fondlarni shakllantirish
tartiblari, korxonani qayta tashkil etish va tugatish tartiblari belgilanadi.
Reja ma‘lumotlari va prognoz ko‗rsatkichlar. Reja va prognoz
ko‗rsatkichlariga
korxonaning biznes rejasi, kelgusi davrlar bo‗yicha prognoz
ko‗rsatkichlarini kiritish mumkin. Reja va prognoz ma‘lumotlari korxona
boshqaruvchisini maqsadliligini ta‘minlashda, biznes samaradorligini va moliyaviy
holatini yaxshilashga eng muhim dastak sifatida qarashi mumkin.
Reja ko‗rsatkichlarini belgilash – bu resurslardan samarali foydalanishni va
foydani o‗stirishning muhim omili hamdir.
Statistika hisobotlari. Statistika hisobotlari, korxona boshqaruvi yuzasidan
quyidagi muhim muammolarni hal qilish imkonini beradi.
Ya‘ni:
-
hodisa va jarayonlar, ularning natijalari haqidagi ijobiy va salbiy
o‗zgarishlarni doimiy bilib turishda;
- ko‗rsatkichlarni tahlil etish orqali ularning sifatini baholashda;
- statistika manbaalari asosida xo‗jalik yurituvchi subyektning kelgusidagi
rivojlanish tendensiyalarini belgilashda;
- boshqaruv subyektlarida haqqoniy ma‘lumotlarga nisbatan xavfsiz va
ishonch hissini shakllantirishda;
- aniq faktlarga tayangan holda
faoliyatni boshqarishda;
- kamchiliklar yo‗l qo‗yilayotgan bo‗g‗inlar va ularni bartaraf etishda muhim
chora-tadbirlarni belgilashda juda muhim hisoblanadi.
148
Statistika hisobotlarini tuzish va topshirish tartiblari Davlat statistika
qo‗mitasi tomonidan belgilanadi.
Statistik hisobotlarni faqat davlat tomonidan ko‗rsatkichlarni jamlash, tahlil
qilish va prognozlash mazmunida qarash noto‗g‗ri. Ushbu hisobot shakllaridagi
ma‘lumotlarga birinchi navbatda o‗z biznes samaradorligi va natijaviyligini
baholashda korxona egalari va boshqaruv xodimlariga qay darajada muhimligini
anglash lozim.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar uchun quyidagi davlat
statistika hisobotlari
belgilangan:
- narx
statistikasi;
- investitsiya va qurilish statistikasi;
- sanoat statistikasi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi;
- qishloq xo‗jaligi statistikasi;
- ekologiya statistikasi;
- ijtimoiy soha statistikasi;
- mehnat va axo demografiyasi statistikasi;
- aholining yashash sharoitlari va xizmatlar statistikasi;
- transport va aloqa statistikasi;
- tadbirkorlik va bank-moliya xizmatlari statistikasi.
Xo‗jalik subyektlarining u yoki bu statistika hisobotlarini tuzishi va taqdim
etishi qonun normalari asosida hal etiladi.
Soliq hisobotlari. Soliq hisoboti
soliq to‗lovchining soliq va boshqa
majburiy to‗lovning har bir turi bo‗yicha yoki to‗langan daromadlar bo‗yicha
hisob-kitoblar
hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek‚ ularga doir ilovalarni
o‗z ichiga oladigan hujjati bo‗lib, u Davlat soliq qo‗mitasi va Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi
.
Hisobot soliq to‗lovchi tomonidan
Soliq Qo‗mitasi
belgilangan muddatlarda, soliq to‗lovchi hisobga qo‗yilgan
joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi.
149
Xalq banki hisobotlari. Xalq banki hisobotlari shaxsiy va ixtiyoriy jamg‗arib
boriladigan pensiya jamg‗armalari yuzasidan axborotlarni jamlaydi va xalq
bankiga taqdim etiladi.
Boshqaruv hisobi va hisoboti ma‘lumotlari.
Boshqaruv hisobi – korxona rahbari va menejerlarini har tomonlama ilmiy
asoslangan qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar bilan
ta‘minlovchi hisobdir. Boshqaruv ma‘lumotlaridan faqat xo‗jalik yurituvchi
subyektlarning boshqaruv xodimlarigina foydalanadilar.
Boshqaruv hisobi
ma‘lumotlaridan
asosan
kelgusidagi
iqtisodiy
faoliyatni
rejalashtirish
(byudjetlashtirish) va oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalaniladi.
Boshqaruv hisoboti – boshqaruv hisobi ma‘lumotlari asosida ixtiyoriy
mazmunda tayyorlanadigan va korxona boshqaruviga taqdim etiladigan
hisobotlardir. Unda moliyaviy hisobotlardan farqli jihatdan faqat moliyaviy emas‚
balki moliyaviy bo‗lmagan ko‗rsatkichlar ham aks etadi.
Dostları ilə paylaş: