O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 21 sentabrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining a’zoligiga qabul qilindi. 1993 yilning sentabr oyidan boshlab XVJning O‘zbekitondagi vakolatxonasi ish yuritadi va u XVJning Vashingtondagi (AQSh) bosh qarorgohi (shtab-kvartirasi) bilan ma’lumotlarning tezkor ayirboshlanishini ta’minlagan holda respublikaning Jamg‘arma bilan o‘zaro aloqalarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi.
2016 yilga qadar O‘zbekistonning XVJdagi kvotasi 275,6 mln SDRni tashkil etdi. XVJ kvotalarini navbatdagi qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha XVJ Boshqaruvchilar Kengashining qarori kuchga kirganidan keyin ya’ni 2016 yil yanvarida respublikamiz kvotasi 275,6 mln. SDRdan 551,2 mln. SDR ga yetkazildi. Bunda, kvotalarning umumiy sonidagi mamlakatimizning ulushi 0,116 foiz miqdorida saqlanib qoldi.
Xalqaro valyuta tizimi xalqaro bitimlar va mamlakatlar o'rtasidagi valyuta kurslarini tartibga soluvchi xalqaro institutlar, qoidalar va konventsiyalar doirasini bildiradi. Xalqaro valyuta tizimi milliy chegaralar orqali savdo, investitsiyalar va kapital oqimini osonlashtiradi.
Xalqaro pul-kredit siyosati deganda markaziy banklar va boshqa pul-kredit organlari tomonidan boshqa mamlakatlarga nisbatan valyuta kurslari, toʻlov balansi va boshqa makroiqtisodiy oʻzgaruvchilarni boshqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan harakatlar tushuniladi. Pul-kredit siyosatiga oid qarorlar valyuta kurslariga, foiz stavkalariga va inflyatsiyaga chegaralar bo‘ylab ta’sir ko‘rsatishi mumkin va davlatlar ko‘pincha global iqtisodiy xatarlarni yumshatish uchun o‘z siyosatlarini muvofiqlashtiradi.
Xalqaro valyuta tizimining ba'zi asosiy institutlari qatoriga Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVF), Jahon banki va Yigirmalik guruhi (G20) kiradi. Bu institutlar birgalikda global moliyaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy inqirozlarning oldini olish uchun ishlaydi.
Valyuta tizimi — valyuta harakati bilan bogʻliq iqtisodiy va huquqiy munosabatlar majmui. V.t. valyutalar, ulardan foydalanish va oʻzaro almashinuv, toʻlov vositasi sifatida qoʻllanilishi, shuningdek valyutalarni ishlatish bilan bogʻliq pul-kredit munosabatlarining qoida va tadbirlari majmuidan iborat. Shuningdek valyutalarni chiqarish va ularning muomalada boʻlishini tartibga soladigan organlar ham V.t. ga kiradi.
Milliy, mintaqaviy (mas., Yevropa), jahon V.t.lari mavjud. V.t.ning asosiy vazifasi mamlakat ichida va mamlakatlararo pul hisobkitoblarini taʼminlash uchun sharoit yaratishdir. Valyuta kursi tartiboti, valyuta cheklasharining bor yoki yoʻqligi, xalqaro hisob-kitoblar shakli, valyutalarni oʻzaro qaytarish shartlari, xalqaro valyuta va oltin bozorlari tartiboti, xalqaro valyuta-kredit tashkilotlarining huquqiy holati (mas., Xalqaro valyuta fondi) kabilar V.t.ning asosiy unsurlarini tashkil etadi. Dastlab milliy xoʻjalik doirasida paydo boʻldi
Jahon bozorinint vujudga kelishi bilan jahon V.t. ham shakllandi. 20-asr boshida jahon V.t. oʻz taraqqiyotining yuksak bosqichiga yetdi (qarang Oltin standart). Kapitalizmning umumiy inqirozi davrida jahon V.t. ham inqirozga yuz burdi, oltin muomala va toʻlov vositasi vazifasini yoʻqotdi. Hoz. xalqaro hisoblarning koʻpchiligi naqd pul ishtirokisiz, bank oʻtkazmalari vositasida amalga oshirilsada, lekin oltin mamlakatlarning oʻzaro pul oldi-berdisini va majburiyatlarini tartibga solib turuvchi soʻnggi asosiy vosita hisoblanadi.
Uning xazinadagi zahiralari esa valyutalar barqarorligi va ayrim mamlakatlar iqtisodiy imkoniyatlarining muhim koʻrsatkichidir. Xalqaro toʻlov muomalalarida qogʻoz valyutadan foydalaniladi. Bunda AQSH dollari, Germaniya markasi, Yaponiya iyenasi, Fransiya franki, Angliya funt sterlingi va b. valyutalarning salmogʻi katta.