Toshkent moliya instituti MikroIqtisodiyot makroiqtisodiyot 1-74-2/23-guruh talabasi Vaydulla Uluģbekning moliya fandan Slaydi



Yüklə 6,16 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü6,16 Kb.
#199364
Uluģbek...


Toshkent moliya instituti
MikroIqtisodiyot MAKROIQTISODIYOT
1-74-2/23-guruh talabasi Vaydulla
Uluģbekning moliya fandan Slaydi

Mavzu:Ijtimoiy siyosatning ustuvor yònalishlari. Reja. 1.O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning o’ziga xos xususiyatlar. 2.O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari va ko’rinishlari. 3.O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari bo’yicha qilinayotgan ishlari


1.O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning o’ziga xos xususiyatlari
Muxtasar aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida“Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassam topgan.
Biz nimalarni maqsad qilmoqdamiz? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirmoqdamiz.

Maqsadga ko‘ra, mazkur anjuman ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etishda bevosita qatnashayotgan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari hamda tajribalarini konstruktiv muhokama qilish, o‘zaro fikr almashishlari uchun xalqaro platforma vazifasini o‘taydi. Bu format shak-shubhasiz,O‘zbekistonning ochiqligini, faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribalarini o‘rganish asosida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etishga tayyorligini ham namoyish etadi


Dasturda, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatkashlar faoliyati Byurosi (ACTRAV) shafeligida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari yetakchilari uchrashuvi ham o‘tkaziladi.Keling, shu o‘rinda uchinchi ming yillikka kelib global dunyoda kasaba uyushmalarining oddiy insonlar hayotidagi o‘rni, uning maqsad hamda vazifalari aynan nimalarda ustuvor darajada namoyon bo‘layotganiga e’tibor qarataylik.
Eng asosiy muammolar nimalarda ko‘rinadi? Birinchi muammo norasmiy bandlikning o‘sishi, norasmiy sektorning rivojlanishi va kengayishi bo‘lib, u soliq to‘lovlaridan tushadigan daromadlarning kamayishiga, rasmiy sektordagi raqobatbardoshlikning pasayishiga, eng yomoni, ijtimoiy dasturlarning qisqartirilishi va yetarlicha moliyalashtirilmasligiga olib kelmoqda.
Yaqinda XMT jahon hamjamiyatiga bugungacha amaliyotda bo‘lmagan — xususiy beg‘araz yordamni eng kam darajadagi ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun yo‘naltirish haqidagi chaqiriq bilan murojaat qildi. Va bu bilan u o‘z tajribasida jismoniy shaxs korxona va jamg‘armalarining beg‘araz yordamlaridan ijtimoiy himoya maqsadida foydalanish mumkinligini e’tirof etdi.
.O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari va ko’rinishlari
O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi.Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy-madaniy sohaga: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo‘naltiriladi. Zero, milliy qadriyatlarga tayanish, o‘zaro yordam va aholini qo‘llab-quvvatlashning jamoaviy shakllari xalqimizning bu boradagi o‘ziga xos qadriyatlaridan biridir. Xususan, mahalla instituti mazkur yo‘nalishda alohida o‘rin tutadi.
Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxt­­li yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda
Yüklə 6,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin