Tovarlarni sotish bozorlari.Firmaning yana bir muhim vazifalaridan biri har bir ishlab chiqarilayotgan tovarlar bo‘yicha aniq bir bozorlar sig‘imini aniqlashdir. Bu ko'rsatkichlar tovarlarni sotish hajmi imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bular ma’lum bir davrda sotilgan tovarlar miqdori bilan aniqlanadi.
Ushbu miqdor bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi:
ijtimoiy, mahalliy, madaniy, iqtisodiy va hokazo.
Bozor sig‘imini tahlil qilishda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
Imkoniyatli bozor sig‘imi — bu ma’lum davrda xaridor sotib olishi mumkin boigan tovar hajmi.
Imkoniyatli sotish hajmi — uning yordamida tadbirkor o‘z mijozlari miqdorini bilib olishi mumkin.
Aniq sotilgan tovar hajmi — bu ma’lum davr mobaynida tadbirkor qancha tovar sota oladi (mavjud ishlab chiqarish holati, reklama sarflari va mavjud baho darajasida).
Harakatdagi tovarlar va bozorlarda baho haqiqiy (yangi bozorlar va tovarlar haqidagi prognoz) ma’lumotlarga asoslanadi.
Bozorlar iste’molchilar turiga qarab ham turlicha boMishi mumkin:
Harbiy bozor.
Sanoat bozori.
Iste’mol bozori.
Harbiy bozor xomashyoning yuqori sifat va ruxsat etilganligi bilan xarakterlanadi.
Sanoat bozonnmg o‘ziga xos xususiyatlari xarakter- liligi va sotishdan keyingi xizmatlarning mavjudligi.
Iste’mol bozori— qulay baho va mol yetkazib berishning o‘z vaqtidaligi.
Bozorlarni o‘rganishda,
birinchi navbatda, har bir lovar (xizmat)lar bo‘yicha bozor turini aniqlash
lozim. Slui maqsadda bozorlarni quyidagicha klassifikatsiya (|ilishimiz
mumkin
Bozorni o‘rganish bir necha bosqichga bo‘linadi, uni ishlab chiqish quyidagi 7 ta savolga javob berish imkonini
beradi:
Nima sotib olinyapti?
Qanday bahoda?
Kim sotib olmoqda?
Nima uchun?
Sotib olish qanday amalgaoshirilmoqda?
Qachon sotib oladi?
Qayyerdan sotib oladi?