Toshkent moliya instituti mustaqil ish


Marketing rejasi. Marketing quyidagi shartlarda qo’laniladi



Yüklə 128,33 Kb.
səhifə4/7
tarix25.04.2023
ölçüsü128,33 Kb.
#102369
1   2   3   4   5   6   7
Biznes reja uning tuzulishi va qo’llanilishi

Marketing rejasi. Marketing quyidagi shartlarda qo’laniladi:

  1. Bozorni tovarlar bilan to‘la ta’minlash, ya’ni tak- lilning talabdan ortib ketishiga erishish.

  2. Keskin raqobat, ya’ni xaridorlar uchun kurashni kuchaytirish.

  3. Erkin bozor munosabatlari, ya’ni bozorni tanlashda, baho belgilashda, tovarlar sotishda ma’muriyat aralashu- vining cheklanishi.

  4. To‘la mustaqillik, ya’ni maqsadni, boshqaruv tuzi- lishini, ish haqlarini, budjet moddalari bo‘yicha mablag‘lar taqsimlashda mustaqillik.

Marketing rejasini amalga oshirishda quyidagi qonu- niyatlarga asoslanish zarur:

  1. Iste’molchini tushunishda bu bozor kon’yukturasi o‘zgarishi va ehtiyojlarini hisobga olishga asoslanish. Biznesda iste’molchi va uning ehtiyojini hisobga olmay turib, yuqori foydani ko‘zlab bo‘lmaydi.

  2. Mijoz uchun kurash, bu yerda rahbar mijoz menga bo‘ysunishi kerak emas, balki men mijozga bog‘liqman degan ta’birda ish tutishi lozimligi. Har qanday tadbirkorlik faoliyati natijasini mijoz baholaydi.

  3. Ishlab chiqarishni bozor talablariga maksimal darajada moslash.

Marketing strategiyasini belgilashda marketing fao- liyatining besh konsepsiyasiga asoslanish kerak:

  1. Ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi (ishlab chiqarish).

  2. Tovarlarni takomillashtirish konsepsiyasi (tovar).

  3. Tijorat harakatlarini jadallashtirish konsepsiyasi (sotish).

  4. Marketing konsepsiyasi ( iste’molchi).

  5. Sotsial-etnik marketing, bu yerda tovarni ishlab chiqarish iste’molchi ehtiyojini qondiribgina qolmay, balki jamiyat ehtiyojlarini ham ta’minlashdir.

Marketing strategiyasini ishlab chiqarishda firma yuqorida aytib o‘tilganlarning bir yoki undan ortiq kon- sepsiyalaridan foydalanishi mumkin.
Aniq sharoitdan kelib chiqib, marketingni 8 turga boMishimiz mumkin:

  1. Konversion marketing —bu ko‘pchilik imkoniyatli xaridorlarning tovar va xizmatlardan voz kechishi. Bu yerda bosh vazifa xaridorlar fikrini o‘zgartirish.

  2. Rag'batlantiruvchi marketing — tovarlarga talabning yo'qligi bilan bogliqligi. Bu yerda asosiy vazifa sababini o'rganish va uni hal etish tadbirlarini ishlab chiqish.

  3. Rivojlanayotgan marketing — yangi yaratilayotgan tovarlarga talabning shakllanishi.

  4. Remarketing — tovarlarning hayotiylik davrida ma’lum bir vaqt barcha tovarlarga talabning susayishi. Marketingning maqsadi — yangi imkoniyatlarga tayangan holda talabni joylashtirish.

  5. Sinxromarketing — sotishni turg'unlashtirish maq- sadida talabning o‘zgarib turishidan (qalqib turishidan) foydalanishi.

  6. Ko'maklashuvchi marketing — tovar darajasi va luzilishining to‘lig‘icha talab darajasi va tuzilishiga mos ke- lishi.

  7. Demarketing — tovarga talab taklifdan haddan lashqari ortib ketishida qoilaniladi.

  8. Qarshi xarakterlovchi marketing — talabni kamaytirish maqsadida qoilaniladi.


Yüklə 128,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin