Tashkiliy reja.Tanlangan loyiha bo'yicha talaba biznes reja loyihasi ustida ishni davom ettiradi. Ayrim masalalarga oydinlik kiri- tishda quyida berilgan mavzuning sharhidan foydalanishi mumkin. Bu bo‘limda firmaning tashkiliy boshqaruv tuzilishi atroflicha yoritilishi zarur. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, kim va nima bilan shug'ullanadi, bo‘limlar bir-birlari bilan qanday hamjihatlikda ish olib boradi. Faoliyat qanday tartibga solib boriladi yoki nazorat qili- nadi. Faoliyatni tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan xatolar firma faoliyatiga katta salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Firma ishida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va ulardan foydalana olish katta ahamiyat kasb etadi. Ishga qabul qilish (ishga yollash) qoidalariga rioya qilish kerak. Bu yerda sinalgan jahon amaliyoti tajribalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ham unutmaslik lozim. Bu bo‘limda yana shuni ham ko‘rsatib o‘tish ke~ rakki, malakali mutaxassislar jalb etilmoqdami yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar xizmatidan foydalanil- moqdami? Boshqaruv xodimlari uchun «Kasb — malaka hara- kati» tizimi ishlab chiqilishi kerak, bu yuqori natijalarga erishishga qiziqishni orttiradi. aks holda, qisqacha biografik ma’lumotlar yuritilishi kerak.