Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichdan iborat bo’ladi: 1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (davlat byudjetidaromadlari); 2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli davlat byudjeti fondlarini yaratish; 3) davlat byudjeti fondidan foydalanish (davlat byudjetixarajatlari) Davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotnitaqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo’lish va ularni alohida-alohida ko’rib chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to’g’risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag’larining bir qismi davlatning qo’lida to’planishi (jamlanishi) sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida moliyaviy (byudjet) munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondi-rishga yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi. 2. Davlat byudjetining funksiyalari. Davlat byudjeti fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi: 1) byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 2) davlat byudjetining daromadlari. Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ikkalasi ham davlat va mablag’ to’lovchilar o’rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham milliy daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning ikkiyoqlamalik xarakterga egaligini ham unutmaslik lozim. Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to’lovchilarning xara-jatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat davlat byudjetiningdaromadlarini oshi-rishdan manfaatdor bo’lsa, bu narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning manfa-atdorligini pasaytiradi. Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitligi bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga – ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Undirish metodlari, to’lovchilarning tarkibi, to’lash muddat-lari va hokazolarda katta farqlanishlar bo’lishiga qara-masdan, ularning barchasi davlat pul fondini shakllantirish bo’yicha davlat va to’lovchilar o’rtasida vujudga kelgan taqsimlash munosabatlarini tashuvchilar (ifodalovchilar)dir. Bu o’z navbatida, mablag’larni to’lovchilar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning barchasi orasidan moliyaviy (byudjet) kategoriyaning bir ko’rinishi sifatida alohida munosabatlarni ajratib olishga asos yaratib beradi. Agar moliya iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etilgan bo’lsa, davlat byudjeti bu kategoriyaning tarkibiy qismi, o’rinishlaridan biridir. O‘z navbatida, davlat byudjeti o’ziga tegishli bo’lgan (byudjet) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular davlat byudjeti deb nomlangan kategoriyaga nisbatan ma’lum darajada bo’ysunuvchanlik xarakteriga ega bo’lib, uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqadi. Ana shunday davlat byudjeti kategoriyalaridan biri davlat byudjetining daromadlaridir.