Davlat byudjeti kategoriyasi sifatida davlat byudjetiningxarajatlari o’zining turli shakllariga ega. Ular quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: – smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o’z daromadlariga ega bo’lmasdan davlat byudjetining mablag’lari hisobidan to’liq moliyalashtiriladi); – davlatning korxona va tashkilotlariga mablag’ berish (bunda moliyalashtirish ob’ektlari sifatida faqat kapital qo’yilmalar, aylanma mablag’lar va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi); – dotatsiya va subventsiyalar (bunda davlat byudjeti rejali-zararga ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi) va boshqalar. Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag’-larni byudjetlar ichida taqsimlash va sub’yektlarni byud-jetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o’zaro bog’langan taqsimlash munosabatlarining butun kom-pleksi tushuniladi. Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi ham davlat byudjeti bilan uzviy bog’langan. Xususan, ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning ish haqi fondini shakllantirishda davlat byudjetining mablag’lari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o’rin egallab, uning barcha bo’linmalari bilan bog’langan. Bunday bog’lanish ikki yo’nalish – byudjetga to’lovlar va byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismisifatida, uning boshqa bo’linmalari singari ikki xil funksiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat. Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon bo’ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmu-nida yaqqol ko’rinadi. Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi o’ziga xos bo’lgan xususiyatga ega bo’lib, undan taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida davlat byudjeti mablag’lari (byudjetga to’lovlar) milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi. Mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning davlat byudjeti mexanizmi orqali bir necha marta taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) mumkin. Bu davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir. Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi taqsimlashning ko’p martaligi bilan xarakterlanadi. U ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida namoyon bo’ladi. Jamiyat iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, san’at, mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan foydalanadi. Faqat davlat byudjetidagina yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash-ning ana shunday xilma-xil shakllari va metodlari namoyon bo’ladi.