Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Davlat byudjetiningmilliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo’lin-malarida ahvolning qandayligi to’g’risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’minlab turadi. Mablag’larning byudjetga kelib tushishi, byudjetdan ajratiladigan mablag’larning yo’nalishi va ulardan foyda-lanish ishlab chiqarish, taqsimlash, almashuv va iste’mol-dagi muvaffaqiyat va kamchiliklarni ifoda etadi. Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklarning vujudga kelayotganligi, rivojlanish sur’atlaridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bo’layotgan taqsimlash jarayon-larining to’g’riligi va o’z vaqtida amalga oshirilayotganligi, ishlab chiqarishning samaradorligi va hokazolar to’g’risida go’yo signal berib turadi. Milliy iqtisodiyotning istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, davlat byudjeti bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarga – soliqlarga, to’lovlarga, byudjetdan moliyalashtirish hajm-lariga va hokazolarga ta’sir ko’rsatadi. Demak, davlat byudjeti orqali rejadan og’ish tufayli tarmoqlararo moliyaviy aloqalar va davriy qisman disproportsiyalar, jamg’arma-larning hajmi, mablag’larni o’zlashtirish sur’atlari va boshqalardagi o’zgarishlar yaqqol ko’rinib turadi. Bularning barchasi davlat byudjetining nazorat funksiyasiga umumiylik, universallik xarakterini beradi (birinchi xususiyat). Bu esa, o’z navbatida, milliy iqtisodiyotni boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi. Ob’ektiv ravishda byudjetga xos bo’lgan nazorat funk-tsiyasi faoliyatning barcha sohalarida davlat tomonidan keng qo’llaniladi. Byudjetni rejalashtirish jarayonlarida va uni ijro etishda sub’yektlar faoliyatining barcha tomonlari tekshirilishi yoki nazorat qilinishi mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi maqsadlarni ko’zda tutadi: 1) davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag’larini jalb qilish; 2) mablag’larni sarflashning qonuniyligini ta’minlash; 3) moliyaviy (byudjet) mexanizm orqali ishlab chiqarish-ning samaradorligini oshirish. Davlat byudjetining funksiyalari uning iqtisodiy mohi-yatini ifoda etib, byudjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda o’zini namoyon etadi. Davlat byudjetiningtaqsimlash va nazorat funksiyalari o’z harakatlari davomida miqdoriy va sifat tomonlarga egadir. Davlat byudjetining ikkala funksiyasidan foydalanish natijasida davlat byudjeti mexanizmi vujudga keladi. Davlat byudjeti mexanizmi deyilganda, odatda, faqat moliyaviy resurslarni davlatning qo’lida to’plash (akkumulyatsiya qilish) va ularni davlat byudjeti kanallari bo’yicha taqsimlashning amaldagi tizi-migina nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarish-ning barcha bosqichlariga bu jarayonning faol ta’siri ham tushuniladi. Bu mexanizmning detallari juda ko’p: soliqlar va byudjetga to’lovlar, byudjetdan moliyalashtirishning turli shakllari, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana shular jumlasidandir. Davlat byudjeti mexanizmi ishlashining samaradorligi unga tegishli bo’lgan detal-larning o’zaro ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog’liq-ligi bilan belgilanadi.
3. Davlat byudjetining ahamiyati. Mamlakatning moliya tizimida davlat byudjeti markaziy o’rin egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakl-lantirish orqali davlatning qo’lida katta hajmdagi moliya-viy resurslar to’planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat byudjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustuvor yo’nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Ustuvor yo’nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida moliyaviy resurslarni jamlash bir necha usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal sur’atlar bilan rivojla-nishini ta’minlash maqsadida byudjetdan ajratilayotgan mablag’larning hajmi oshiriladi. Boshqa hollarda esa, o’sha sektorlardan mablag’larni davlat byudjetiga olishda qulay sharoit yaratiladi. Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy manba rolini ham o’ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtiso-diyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo’lsa, uning paydo bo’lishini hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalash-tirishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Faoliyat ko’rsatayotgan sub’yektlarning moliyaviy barqa-rorligini ta’minlashda davlat byudjeti katta ahamiyat kasb etadi. Turli ob’yektiv va sub’yektiv omillarning ta’siri ostida ayrim sub’yektlarning o’z moliyaviy resurslari ularning sog’lom faoliyat ko’rsatishi uchun etarli bo’lmay qolganda chetdan mablag’ jalb qilishga ehtiyoj tug’iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga soluvchi manba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollar-ning barchasida davlat byudjeti mablag’lari sub’yektlarning o’z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank kreditlaridan so’ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foyda-laniladi. Sub’ektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: – moliyaviy resurslarga bo’lgan yangi talabni kelgusi davlat byudjeti yilida davlat byudjetiningxarajatlari tarkibiga kiritish; – moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud davlat byudjeti resurslarini manyovr qilish, ya’ni davlat byudjeti kredit-larini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish yo’li bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim sub’yektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmas-ligi bilan izohlanadi; – qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar. Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari bilan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xara-jatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqni saqlash, mada-niyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, ijtimoiy nafaqa, aholi uchun muhim aha-miyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini saqlash, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir.
XULOSA. Men bu mavzuni o'rganar ekanman shu angladimki byudjet tizimi davlat uchun muhim urin egallaydi yani davlatning moliyaviy siyosatida katta o'rin egallaydi va uni taqsimlash ham katta ahamiyatga ega. Byudjet haqida qisqacha tarif beradigan bulsak, “Respublikasining Davlat byudjeti (Davlat byud-jeti) – davlatning davlat vazifalari va funksiyala-rini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi”deb tarif bersak buladi.