Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə68/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

12.2. Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi
Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlash- tirilgan va baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir:

  1. . Audit haqida shartnomada ko'zda tutilgan davr ichidagi korxonaning moliya-xojalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o'tkazish to'g'risida hisobot.

  2. .Moliyaviy hisobot bo'yicha auditorlik xulosasi.

0‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risi- da»gi qonunning 18-moddasiga muvofiq: «Auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritish- ning belgilangan tartibidan aniqlanagan chetga chiqishlar, moli- yaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar tokg‘risidagi mufassaJ ma’lumotlardan, shuningdek, auditorlik tekshjruvi o'tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo‘lgan va xojalik yurituvchi subekt rahbariga, mulkdorga qatnashchilarining umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat».
70-sonli «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘- risida»gi auditorlik xuiosasi nomli AFMS ga muvofiq auditorlik xulosasi tarkibi quyidagicha:

  1. nomi;

  2. manzil nomi;

v) kirish qismi;
g) tahlil qismi;
d) yakuniy qism.
Auditorlik hisoboti moliyaviy hisohotni auditorlik tekshiru- vidan o‘tkazgan auditor tomonidan betma-bet imzolanishi lozim. Auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining buyurt- machisiga buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari ko'rsatilgan holda jo‘natiladi.
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkilotin- ing rekvizitlari, shu jumladan, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami va sanasi, auditor- lik va auditorlar tekshiruvidan qatnashgan boshqa shaxslar haqida ma'lumotlar hamda auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun asos va xojalik yurituvchi subekt faoliyatining umumiy tavsifi ko‘rsatiladi.
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditorlik faoliyati milliy standartiga tayanadi va quyidagilami o‘z ichiga oladi;

  • xojalik yurituvchi subektda ichki nazoratning ahvolini tek- shirish natijalari (batafsil bayoni);

  • buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning ahvolini tek- shirish natijalari;

  • moliya-xojalik faoliyatini amalga oshirish mobaynida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari;

  • soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblash hamda to'lashning to‘g‘riligini tekshirish natijalari;

  • aktivlar (mablag‘lar) saqlanishini tekshirish natijalari.

Korxonadagi ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari to'g'risidagi axborotlar quyidagiiami o'z ichiga oladi:

  • ichki nazorat tizimi xojalik yurituvchi subyckt faoliyati tavsifi va miqyoslariga mos kelishini umumiy baholash;

  • auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan, ichki nazorat tizimining xojalik yurituvchi subyekt faoliyati tavsifi va miqyoslariga katta mos kelmaslik holatlarini hayon qilish.

Xojalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotining ahvolini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

  • buxgalteriya hisobining yuritilishi va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;

  • buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayy- orlash tartibini auditorlik tekshiruvidan ohkazish jarayonida aniqlangan katta qoidahuzarlik holatlarini bayon qilish.

Xojalik yurituvchi suhyekt tomonidan moliya-xojalik faoli- yatini amalga oshirish mobaynida qonunchilikka rioya qilin- ishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborotlar quyidagiiarni o‘z ichiga olishi lozim:

  • xojalik yurituvchi subyekt tomonidan sodir etilgan moliya- xojalik muomalalarining qonunchilikka mos kelishini baholash;

  • xojalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-xojalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish jarayonida aniqlangan katta nomuvofiqliklami hayon qilish.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlami hisoblash hamda to‘lashning to'g'riligini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot- lar quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tuzilgan va tegishli organlarga taqdim qilingan hisob-kitoblaming lo‘g‘riligini haholash;

  • soliqlar va boshqa majburiy to'lovlami hisoblashning belgi- langan tartibini buzish faktlarini, soliqqa tortiladigan bazani aniqlashdagi xatolarni bayon qilish.

Aklivlar saqlanishini tekshirish natijalari ularni inventari- zasiya qilishga asoslanishi va ular haqiqatda mavjudligi hamda butligi to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Auditorlik hisobotining yakuniy qismida aniqlangan xato- kamchiliklar va qoidabuzarliklami bartaraf qilish bo'yicha audi- torlik tashkilotining tavsiyalari, hamda xojalik yurituvchi subyektning moliya-xojalik faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi.
70-son!i AFMS ga muvofiq, «Auditorlik tashkiloli tuzilgan auditorlik hisoboti uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi. Shuningdek, auditorlik hisobotidagi axborotlar mahfiy hisoblanadi va uni oshkor etish mumkin emas. Ushbu axborotlarga aloqador shaxslar axhorotlami oshkor qilganJigi uchun qonuncJiililcka muvofiq javohgarlikka tortiladi»27.
Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hi- sohotda korxona mohya-xojalik faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish va hi- sobot tuzish holati, tahlil ishlarining darajasi hamda korxonadagi Frisob-tahJil xodimJarining tavsifl aks ettiriladi. Auditorlik hi- soboti ma'lumotlari korxona hozor sharoitlariga qanday moslashayotganligi va muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda foy- dasini ko'paytira olishga qodirligini yoki alcsinchaJigini bildirishi lozim. AJhatta, tekshirilayotgan korxonadagi ahvol bezab ko'rsatilmasdan, auditorga taqdim qilingan axborot haqiqiy bo'lgandagina ehtiroslarga berilmagan va real auditorlik hisoboti hamda xulosa shaldlanadi. Aks holda, auditorlik telcshiruvi be- foyda va uni o'tkazish uchun sarflangan mablag' esa zoe ketadi.
Auditor hisobotda keltiriJgan kamchiiikJar bo'yicha ularni bartaraf qilishga qaratilgan o‘z takliflarini ham ko‘rsatib o‘tishi lozim. Lekin teJcshirilayotgan korxona xodimiariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o‘zi dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolami to‘g‘riJashi mutlaqo mumkin emas.
Shu bilan birga, auditorlarga u yoki bu noxush faktlami boshqacha qilib yoritishga yoki tekshiruvchilar uchun qulay xu- losa tuzib herishga majburlash maqsadida ruhiy, jismoniy yoki boshqacha taz'yiqlar o'tkazgan holJarda ular qat'iylik va prinsip- iallik biian ish tutishlari lozim.
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to‘g‘risida korxona rahbariyatiga bildiradi va ularni tuzatish bo‘yicha aniq tavsiyalar beradi.
Agar buxgalteriya (moliyaviy) hisobni yuritish, tegishli hi- sobotlami tuzish va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish bo'yicha ko'rsalilgan kamchiliklar audit o'tkazish mobaynida buyurtmachi korxona tomonidan tuzatiimasa, moli- yaviy hisobotning ishonchliligini tasdiqlash mumkin emasligi to'g'risida auditorlik tekshiruvining xulosasida yoziladi.


    1. Yüklə 2,42 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin