Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


-chizma Auditnrning dalolat herish vazifalari



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə76/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

13.4-chizma Auditnrning dalolat herish vazifalari
Masalan, savdoda auditorlar guruhida buxgalterlar, tovar- shunoslar, iqtisodchilar, iqtisodiy axborotni ishlashning avtomat- lashtirilgan tizimi mavjud bo‘lsa, ma'lumotlami informatsion texnologiya mutaxassislari kiritadi. Operatsion auditni tashkil etishning bunday shakli nazorat samaradorligi va sifatini oshiradi, uni o‘tkazish muddatini kamaytiradi, demak ko‘rsa- tiladigan xizmatga ketadigan xarajatini kamaytiradi.
Bunda aniq bir iqtisodiy subyektda auditni amalga oshi- rishga yuboriladigan mutaxassislaming aniq bir guruhi dalolat berish vazifasini uddalay olishi muhimdir. Bunday guruh a'zolari
o'z bilimlari bilan bir-birlarini to‘ldirib, bu subyektning qaysi tarmoqqa qarashligi va qaysi idoraga bo‘ysunishidan, shuning- dek, mijozda hisob ishlari avtomatlashtirilgani darajasidan qat’iy nazar, talab qilinayotgan xizmatni bajarishga qodir bo'lishi lozim.
Operatsion audit korxona faoliyatining moliyaviy jihatlarini tahlil qilish, shuningdek, uni moliyaviy jihatdan sog'lomlash- tirishga doir vazifalar bilan qo'shilib ketadi. Auditorlaming barcha (deyarli barcha) xizmatlari pul evaziga bajariladi, lekin bu mijoz korxonalaiga ham, u]aming buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchi «Uchinchi shaxslar» deb ataluvchilarga ham foydalidir.
Keyinchalik, O‘zbekistonda ham bozor munosabatlari rivoj- langan sari yuqorida aytilgan va shunga o‘xshash tafovutlar ken- gayishi mumkin. Shu sababli auditning tashkiliy-yuridik va iqti- sodiy asoslarini ishlab chiqish va ulami auditorlik xulosalaridan foydalanuvchilaming kutishlaridagi obyektiv tafovutlami hisobga olib takomillashtirish lozim.
Auditor vazifasini anglashda tafovut faqat auditor va mijoz- lai o‘itasida bo‘lib qolmaydi. Bir qancha hollarda (ayniqsa, sud- da va suddan tashqari hal qilishda) bizdan ko'ra ko‘proq g‘arb uchun harakterli bo‘lgan bu tafovutlar uchinchi shaxslaming manfaatlariga daxldor bo'ladi, shuningdek. keng jamoatchilik diqqatini jalb qiladi.
Auditorlar dalolat berish vazifasini bajarar ekanlar buxgalte- riya hisobotining to‘g‘riligi va obyektivligi to'g'risida fikr bil- dirish imkonini beradigan yetarli darajada ishonchli dalUlami o‘z vaqtida to'plashni o'zlarining vazifasi deb biladilar. Demak, auditorlar ko‘pgina holatlami (masalan. tekshirilayotgan xo‘jalik tizimi xodimlari va ma'muriyatining suiiste’mollarini) o'zlarining vazifalaridan. shuningdek, olingan topshiriq mohiyatidan kelib chiqmaydigan qo'shimcha deb hisoblashlari kerak va ko‘p auditorlar shunday deb hisoblamoqdalar.
Ochig‘ini aytganda, tugallangan buxgalteriya hisobotining oddiy auditida, agar xodimlar va ma'muriyatning suiiste'moli ko‘p bo‘lib, buxgalteriya hisobotini umuman muvofiq deb hisoblash mumkin bo‘lmasa, auditorlar bu ishni bajarishlari lozim. Lekin boshqa barcha hollarda ular xatolami va suiiste’- mollami aniqlashni maqsad qilib qo'yib alohida auditorlik testlarini ishlab chiqmaydilar va hunga majbur ham emaslar (hu taftishchining ishi).
Biroq buxgalteriya hisobotini tuzuvchilar, undan foydala- nuvchilar audit (umumiy audit, banklar, fondlar, sug'urta kom- paniyalari auditi) davomida xizmat qanday bo'lishi lozimligiga biroz boshqacha qaraydilar. Masalan, auditorlar mahorat va ko‘p gonorar olishga davo qiladilar, buxgalteriya hisobotini tuzuvchilar va undan foydalanuvchilar har qanday hollarda ham tekshiruvchilardan ulkan, muhim suiiste'mollarnigina emas, mayda suiiste'mollami, hisobotdan barcha huziiishlami ochib tashlashga samaradorlikni kutishlari mumkin. Biroq, tajribali auditor, ayniqsa endi ishlay boshlagan auditor bu sohalarda hamisha samarali ishlay olmasligini ko'rsatmoqda.
Tekshiriladigan xo'jalik tizimining ma'muriyati auditorlar oldiga ehtimol tutilgan suiiste'mollik faktlarini va ulaming oqibatlarini aniqlash vazifasini qo‘ysa - bu boshqa gap. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi yirik bazaning ma'- muriyati o‘z hududida joylashgan ikkita nomustaqil transport do'konida chakana savdo to‘g‘ri yuritilayotganini tekshirishni iltimos qildi. (Bu auditorlaming mijoz bilan kelishilgan tadbirlari bo‘yicha xizmati deyiladi). Bunday topshiriqni bajarish uchun, shubhasiz tekshiruvchilar alohida auditorlik testlari va tadbirlarini ishlab chiqishlari nazoratning tovar va kassani to‘satdan inventarizatsiya qilish, miqdor hisobini tiklash, shubha tug‘dii^an aJohida hujjatlar bo'yicha qayta tekshirish o‘tkazish kabi alohida usullardan foydalanishlari lozim.
O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni mamlakatimizda auditorlik faoliyatini asosiy shartlarini belgilab berdi. Bu faoliyatni yuridik shaxs sifatida auditorlik tashkilotlari amaJga oshiradi. Buning ustiga xodimlar tarkibiga ma'lum talablar ham qo'yildi, shunga muvofiq ravishda auditorlik tekshirishlarini o'tkazishga cheldashlar ham joriy etildi. Hozir amal qilayotgan cheklashlar bo'yicha hamma narsa auditning halqaro standartlariga mos kelmaydi.
Bu hujjatlar auditor (auditorlik tashkiloti) faoliyatining faqat asosiy (tahiiyki hammasini emas) shartlarini belgilab berdi.
Vazirlar Mahkamasining «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish to‘g‘risida*gi qarori bilan kiritildi. 1992-yilda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunda va boshqa me'yoriy hujjatlarda auditorlar va auditorlik tashkilotlanning nizom kapitalidagi ulushi 51% dan kam bo'lmasligi kabi cheklash yo‘q edi.
Bizning bu holatga izohlarimiz auditorlik vazifalarini bajara oladigan o‘z yuqori malakali mutaxassislarimizning haqiqiy mul- kiy ahvolidan kelib chiqadi. Ular juda qaltis vaziyatga tushib qo- lishdi. («Katta to'rtlik» firmalari esa bunday shartga bog‘liq bo‘l- maganlari sababli kichik tuzilmalami tashkil qilib qo‘ya qoldi).
Chunonchi, auditorlarimiz, awalo, attestatsiya imtihonida ishtirok etish uchun katta miqdorda pul to'lashga rozi bo‘lishlari kerak (yuz bergan sharoitda hundan tashqari ular o‘quv uslubiy markazlardagi tegishli kurslarda «O‘qish»da qalnashish uchun ancha ko‘proq pul to‘lashlariga to‘g‘ri keladi). Auditorlik tashkilotni ustav kapitalini shakllantirish uchun eng kam ish haqining 1200 baravari miqdorida pul qo'yishlari lozim. Shundan keyin ular o'zlari tashkil etadigan auditorlik tashki- lotlarining nizom kapitalini kamida 51 foizi miqdorida badal to‘lashlari lozim bo‘ladi.
Bulaming hammmasi yig'ilib, katta miqdomi tashkil etadiki, o‘z auditorlarimiz agar homiylarga murojaat qilmasalar, buncha pulni topishlari amri mahol. Chunki hozirgi paytda vujudga kelgan vaziyatda hisob va tahlil sohasidagi o‘z mutaxassislarimiz xorijdagi o‘z kasbdoshlariga nisbatan davlatga ancha ko‘p pul to'lashga majbur bo‘ladilar. Ahvol shunday ekan hukumatning bu ishlarining hammasi «Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog'ida ularning mustaqilligi qo‘- shimcha kafolatlanishini ta’minlash maqsadida» qilingani haqidagi gaplari to‘g‘riligiga ishonish qiyin. Homiy qidirishga majbur bo‘lgan odamda qanday mustaqillik, qanday qo'shimcha kafolat bo'lsin?
Bu muammoning bir lomoni xolos. Sanab o‘lilgan barcha shartlar diqqat bilan tahlil qilinsa, yana bir muhim jihatni aniqlash mumkin. Axir bunday sharoitda «To'rtlik» uchun hali mustahkam oyoqqa turmagan 0‘zbekiston auditorlik tashkiloti- larini, ayniqsa, yakka tartibda istilaydigan eng qimmatli, yuqori malakali auditorlarimizni yengib chiqish mumkin (ko'p mam- lakatlarda xuddi shunday bo‘lgan). Bu muammoni hal etishda albatta. mustaqillik tamoyili muhim rol o'ynaydi.
Mustaqillik - auditorlik kasbining asosiy konsepsiyasidir. Aslini olganda bu professional fikrni bildirishga., ya'ni o'zining halolligi, vijdoni sofligi va kasbiga oid burchini bajarishga xoli- sona yondashish asosida auditorning dalolat berishi vazifasini bajarishiga imkon beradigan turmush tarzidir. Quyidagilar hamma tomonidan e'tirof etilgan:

  1. mutlaq mustaqillik amalda ho'lmaydigan orzu, lekin shunday mustaqillikka erishishga intilmay o'tkazilgan tekshinsh umuman o‘z mohiyatini yo'qotadi;

  2. tekshiruvchilarning bilim darajasi kengaygan sari tek- shirishning samarasi ortadi va mustaqillik darajasi kamaygan sari pasayadi;

v) deyarli hamisha tekshiruvchilar mustaqilligini pasaytiru- vchi omillar vujudga kelishi mumkin;
g) kasbiga doir faoliyat bilan shug'ullanayotgan auditorlarn- ing mustaqilikka erishishga intilishi. ular duch keladigan salbiy omillami ishonchli bartaraf etishlari uchun asos bo'lib xizmat qilishi lozim.
Auditorlar mustaqilligini muhim ahamiyatga molikligi sa- babli kasbimizning ko‘plab vakillari uni yangi tahrirdagi «Audi- torlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritish lozim- ligim taklif qilmoqdalar. Bu mualliflar O'zbekiston uchun yangi bo'lgan bu tamoyilni esga olgan boflsalar ham uni talqin etishda darhol ikki xil ma'no chiqishiga yofl qo'ydilar: «Mustaqillik» degan aniq tushunchaning qonunda yo‘qligi auditorlik qonunda «mustaqil tekshirish» degan ta'rifida chalkashlikka olih kelishi mumkin.
Jahon tajribasida bir qancha omillar va vaziyatlar ta'siri natijasida auditor mustaqilligi darajalari kamayib bormoqda. Ulaming hammasini sanab o'tish qiyin. shunga qaramay ulam- ing orasidan quyidagilami ajratih ko‘rsatish mumkin:

  1. auditor iqtisodiy subyekt aksiyalariga (obligatsiyalariga) vaqtincha boflsada. egalik qilishi, ulami biijalar, biijadan tash- qari savdoda sotib olish va qayta sotishi;

  2. iqtisodiy subyekt ma'muriyati vakillaridan biri bilan bir- galikda boshqa firmalarni ta'sis etishi, uning xodimi bo‘lishi yoki ma'muriyat xodimlarini o‘zi yollagan bo'lishi;

v) shunga o‘xshash raqobatchi guruhlaming yoki iqtisodiy subyektiga qarashli guruh xodimi bo‘lishi;
g) o‘zi bajargan auditorlik xizmatlari uchun o‘z auditorlik tashkilotlaridan emas, bevosita iqtisodiy subyektdan haq (moli- yaviy yordam, qarz va shu kabilar) olgani;

  1. iqtisodiy subyekt ma'muriyati vakillariga yaqin qarin- doshliligi;

  2. ko‘p yillar ushbu iqtisodiy subyektni tekshirishda surun- kasiga qatnashganJigi va boshqalar.

Amalda auditor mustaqilligi maqsad bolishi. auditorlar ham ulaming mijozlari ham. umuman jamiyat ham shu maqsadga in- tilishi кегак. Bunday maqsadga ma'lum darajada erishsa bo'ladi. Masalan. auditor xizmati uchun ko‘p hollarda uni yollagan mi- joz shaxsini o‘zi haq to'lashiga qaramay auditor bu ishni bajarish uchun yetarli darajada mustaqil bo‘lishi mumkin va lozim. Bun- dan tashqari auditorga tekshirilayotgan xo‘jalik tizimi tomonidan haq to'lanishi agar bu tizim ma'muriyati jinoiy ishlarga botib qolmagan bo‘]sa taklif etilgan mutaxassisga alohida ishonch bildiradi, hatto. o‘z xo‘jaligi juda shubhali, xatarli zonalarni mu- fassal, chuqur tadqiq etish tashabbuskori bo‘lishi ham ehti- moldan holi emas. Boshqacha aytganda, auditoming mustaqil- ligi (xizmati uchun mijozdan haq oladigan notarius yoki vrach- ning mustaqilligi kabi) umuman fuqarolik jamiyati intilishi lozim bo‘lgan maqsaddir, bu yaqinlashish ma'lum darajada mumkin va juda zarur bo‘lgan maqsaddir.
Shu tariqa mamlakatimiz auditni rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan vaziyatlar orasida quyidagilami alohida ajratish mu- him.
Audit qonun bilan mustahkamlangan bo‘lsada. lekin «Audi- torlik faoliyati to‘g‘risida»gi milliy standartlami ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish oqsamoqda.
Uzoq vaqtgacha audit xizmatiga haqiqiy talab ma’lum emas edi. 1989-yiidan boshlab faqat qo'shma korxonalar uchun, 1990-yildan boshlab esa tijorat banklari uchun majburiy auditor- lik tekshirishlari tayinlashdi. 90-yillar o'rtalariga qadar ko‘p iqti-
sodiy subyektlar o‘z hisobotini e’lon qilish va audilorlik tekshi- ruvi o‘tkazishi shart emas edi.
Auditorlik xizmatiga talab bir necha barobar o'sadi va tez orada mavjud auditorlik tashkilotlari (ulaming 90 foiz moliyaviy qiyinchilikni boshidan kechirmoqda) yetarli bo'lmay qoladi. Auditor malaka sertifikatiga ega bo'lgan va auditorlik tashkilotlar auditor sifatida tadbirkorlikni boshlash uchun dastiabki sar- moyaga ega emas. Talab va taklif o‘rtasidagi tafovut auditorlik xizmatlarining qiymati o'sishiga olib kelishi mumkin. Katta soliq va hudjetdan tashqari to‘lovlar ostida qolgan.
Davlat auditorlik tashkilotlarga tegishli madad bermayapti (shu jumladan, foyda keltirmaydigan, lekin davlat uchun zarur bo'lgan. qudratli moliyaviy bazasi bo'lmagan korxonalarga imti- yozli auditorlik xizmati ko'rsatish tarzida), ulamig mikroiqtiso- diyot darajasida kichik iqtisodiy subyektlar bilan ishlashga mahkum etilgan. Ulaming ishi sifati g'arb firmalariga qaraganda ancha yuqori, ammo halqaro tajribada g‘arb firmalarini afcal bi- ladilar va u bilan 40-50 baravar qimmatroq bahoda shartnoma tuzadilar. O‘z mijozlari orqali g‘arb dunyosining va «Uchinchi mamlakatlar»ning butun xojalik mablag'larini haqiqatda nazorat qilayotgan xorijiy auditorlik tashkilotlari va banklari O‘zbekiston iqtisodiyotini mikrodarajasida ishlashga va investilsiyalami faqat o‘zlari uchun foydali tarmoqlarga sarflashga oshkora imkoniyat olmoqdalar, jahon iqtisodiyotini tegishli luzilmalarini shakllan- tirib. O‘zbekistonda ham hozir shunday ish tutmoqdalar.
Sanab o‘tilgan muammolar hamjamiyatdagi joriy o'zgarish- larga, 0‘zbekiston auditorlik bozorining rivojlanish ehliyojlariga mos kelmaydi, shuningdek. mamlakatning to‘la qonli auditini qaror toptirish va rivojlantirish vazifasi iqtisodiyotni barqaror- lashtirishning eng asosiylaridan bo'lmasada. muhim vazifalardan biriga aylangan vaziyatga mos kelmaydi.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin