Auditoriik tekshiruvlari ishlah chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik in- tizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklaming saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo'jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan boshqa ko'plab holatlami qamrab oladi. Shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya- xo'jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsata- digan hamda hisob ma'himotlari va hisobot ko'rsatkichlari is- honchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim. Agar audit oldiga xo'jalik tizimiga yuqori samaradorlik va mehnat unumdorligi darajasiga chiqish uchun yordam berish maqsad qilib qo'yilgan bo‘lsa. ichki xo'jalik auditorlarining ku- chi bilan ichki xo'jalik nazorati usuJlarining samaradorligini testdan o'tkazish opcratsion auditning elementini tashkil qiladi. Masalan, xodimlaming kvalifikatsiya darajasini tekshirish - bu ham operatsion audit, agar masala faqat kompaniya o‘z mahsu- lotini samarali va unumli ishlab chiqarayotgan yoki yo‘qligini aniqlashga qaratilgan bo‘lsa. Quyida ko'rib o‘tiladigan farqlardan tashqari, yana shuni aytish kerakki, moliyaviy hisobot auditi o‘tgan davmi hisobga olib ish yuritsa, operatsion audit xo'jalik faoliyatining kelajagiga taalluqli bo'ladi. Masalan, operatsion audit tufayli xomashyolarni sotib olishda xarajatlami kamaytirish uchun, biron-bir mahsulot minimal narxda xarid qilinayotganligi yoki yo'qligini baholash mumkin. Ichki xo‘jalik nazoratni baholashda moliyaviy hisobot auditi bilan operatsion audit o'rtasida ikkita muhim farq mavjud: Ichki xo‘jalik nazoratni testdan o'tkazish va baholash maqsadlaridagi farq;
Ularning ish ko‘lamidagi farqi.
Moliyaviy hisobot auditida ichki xojalik nazoral tizimini baholashdan asosiy maqsad - bu tekshiruv masshtablarini aniqlashdir. Operatsion audit uchun esa bu maqsad shu nazoral lizimining unumdorligi va samaradorligini baholashdan hamda ma 'muriyat uchun tavsiyanomalar berishdan iborat. Ichki xo‘jalik nazoratini baholash moliyaviy hisobot auditida moliyaviy hisobotning aniqligiga ta'sir etuvchi savollarga javoblar bilan chegaralangan bo‘lsa, operatsion auditda nazorat- ning har qanday turi samaradorlik va unumdorlikka ta'sir etishi ko'rib chiqiladi. Masalan, operatsion auditda mahsulotlaming reklama kataloglaridan foydalanish oqihatidagi haqiqiy unumni aniqlash uchun marketing ho'limlari foydalanadigan hisob siyosati va muolajalarini o'rganib chiqish mumkin. Unumdorlik va samaradorlik nuqtayi nazaridan ichki xo'jalik nazoratiga haho beruvchi operatsion auditning uchta asosiy kategoriyalari mavjuddir Operatsion auditning turlarini quyidagi 2-chizmada ko‘rsatishga harakat qilamiz:
chizma. Operatsion audilning lurlari
Yuqorida ko‘rsalib o'tilgan farqlarni quyidagicha izohlash mumkin: Funksional audit — faoliyat turlarini vazifalar bo'yicha tas- niflash mumkin. Masalan, ishlab chiqarish funksiyasi va yetkazib berish funksiyasi bor. Funksiyalarni tasnif qilishning ko‘plab usullari mavjud, masalan, buxgalteriya hisobining funksiyalari. Biroq, pul mablag‘larini qabul qilish va xarajat qilish, hisob- kitoblarni amalga oshirish fijnksiyalari ham mavjud. Funksional audit, o‘z nomidan kelib chiqib, xo‘jalik tizimining bir yoki bir qancha funksiyalari uchun tegishli bo‘ladi. Masalan, uning yordamida biron-bir bo'lim yoki umu- man kompaniya bo'yicha pul hisobotlari funksiyasini tekshirish mumkin. Funksional auditning e'tiborli tomoni shundaki, u auditor- larning ixtisoslashishiga imkon beradi. Ba’zi ichki xo‘jalik audi- torlari ishlab chiqarish texnologiyasi kabi sohalarda yuqori dara- jali bilimga erishishlari bilan, ular o'ziarining vaqtlaridan shu sohaning auditi uchun samarali foydalanishlari mumkin. Funk- sional auditning kamchiligi shundan iboratki, bunda funksiyalar o'rtasidagi bog‘liqlikni haholash imkoni yo‘q Zero, o‘sha ishlab chiqarish texnologiyasi tayyor mahsulot ishlab chiqarish funksi- yasi va xo‘jalik tizimining boshqa funksiyalari bilan o‘zaro uzviy hog'liq. Tashkiliy audit. Odatda, xo'jalik tizimining operatsion audi- tida uning belgilangan bir tarmog'i yoki tashkiliy bo‘limi: bo‘lim, tarmoq yoki qaram kompaniya o'rganiladi. Tashkiliy auditda asosiy e'tibor funksiyalaming o‘zaro qanchalik mahsul- dor va samarali ekanligini aniqlashga qaratiladi. Auditning bu turi uchun faoliyatning tashkiliy rejasi va muvofiqlashtirish usuli juda muhimdir. Shundan kelib chiqib biz quyidagi 3-chizmada O‘zbekiston sharoilida nazoral tizimini ko ‘rsatishga harakat qilamiz.