13.3. Operatsion audit ishlarini tashkil etish tartibi va o‘tkazish
ketma-ketligi Auditni amaliy tashkil qilish masalalari va uslublarining zaifligini hisobga olib, o‘z ishimizda auditning uslubiy asoslarini takomillashtirish borasida, jumladan, operatsion audit uslubiy asoslarini ishlab chiqishga harakat qildik Buning uchun quyidagi muammolar hal qilinishi lozim, deb hjsoblaymiz:
operatsion auditni kimlar amalga oshiradi;
operatsion auditda mustaqillik va ma'suliyat darajasi;
baholash mezontari;
operatsion audit qirralari.
Operatsion audit asosan quyidagi ikki guruh mutaxassislari- dan biri tomonidan amalga oshiriladi: ichki audit xizmati;
auditorlik tashkilotlari.
Ichki audit xizmati operatsion audit ishida alohida o‘rin tutishadi, chunki ba'zilar uchun «ichki xo'jalik auditi» va «op- eratsion audit» terminlari bir-hirini o‘zaro almashtiruvchidir. Lekin, har qanday operatsion auditni ichki xo‘jalik auditorlari o'tkazishadi va ichki xo‘jalik auditorlari faqat operatsion auditni bajarishadi. degan xulosaga kelish noto‘g‘ri bo‘ladi. Ichki xo'jalik auditi bilan shug'ullanuvchi ko‘pgina bo'limlar ham op- eratsion audit bo'yicha, ham moliyaviy hisobot auditi bo‘yicha ish bajarishadi. Operatsion auditni bajaruvchi auditorlaming us- tunligi shundaki, ular o‘zlarining vaqtlarini asosan audit qilinay- otgan kompaniya uchun sarflaydilar. Shu bilan birga, kom- paniya va uning faoliyati xususida chuqur bilimga erishadilar, bu esa samarali operatsion audit uchun juda muhimdir. O‘z faoliyatining samaraliligini maksimallashtirish uchun ichki xo'jalik audit bo'limi kompaniyaning prezidenti yoki di- rektorlar kengashiga xulosa taqdim qilishi lozim. Bundan tash- qari ichki xo‘jalik auditorlari direktorlar kengashining auditorlik qo'mitasidan ketayotgan va kelayotgan ma'lumotlaridan foyda- lanish imkoniga ega boflishlari кегак. Tashkiliy tizim ichki xo‘- jalik auditorlarining mustaqil bo‘lib qolishlariga yordam beradi. Masalan, agar ichki xo'jalik auditorlari bosh hisobchi oldida hi- sob heradigan bo'lsa, u holda ulaming mustaqil baho berishi va. hatto, bosh buxgalter bajarayotgan muomalalarning samarasiga taalluqli ma'muriyat uchun tavsiyanomalarni berishi qiy- inlashadi. Ichki xo‘jalik auditi sohasida faoiiyat yurituvchi tashkilot - ichki xo‘jalik auditorlari instituti amaliyotchilarni boshqaruv materiallari bilan ta'minlash maqsadida 1978-yilda «Ichki xo'jalik auditining amaliy andozalari»ni nashr qildi. Ichki xo'jalik auditorlarining bajarishi lozim bo'lgan ishlar miqdoriga taalluqli bo'lim - bu andozaning muhim qismini tashkil etdi. Bu miqdomi quyidagicha izohlash mumkin:
ichki xo‘jalik auditorlari moliyaviy va amaliy axborot hamda vositalaming haqiqiyligi va to'liqligi haqida qisqacha ma'lumot berishlari kerak;
ichki xo'jaiik auditorlari ichki xo‘jalik nazorat tizimini ko‘rib chiqib, uning siyosat, reja, muolajalar, qonun va ko‘rsatmalar bilan mosligini aniqlashlari lozim;
ichki xo'jalik auditorlari resurslardan foydalanishning iqti- sodi va unumdorligini baholashlari kerak;
ichki xo‘jalik auditorlari rejalaming bajariiishi ko‘zda tutil- gandek amalga oshirilayotganligini tasdiqlash uchun muomalalar va dasturlarni ko'zdan kechirib, tekshirishlari lozim.
Auditorlik tashkilotiari. Auditorlik tashkilotlari moliyaviy hi- sobot auditini bajarayotganda amaliy faoliyatning kamchiliklarini aniqlash va mijozga foyda keltirishi mumkin bo'lgan tavsi- yanomalar berish auditning alohida bo'laklari hisoblanadi. Audit davomida tashqi auditoming mijoz faoliyatiga asos bo'ladigan bilimlari, unga amaliy faoliyat bo'yicha tavsiyanomalami shakllantirish uchun muhim ma'lumotlami to'plashga yordam beradi. Masalan, auditor mijozning tovarlar zaxirasi aylanishi joriy yilda sekinlashganini aniqladi. Auditor buning sababini ham aniqlashi mumkin. Bu jarayonda auditor amaliy sabablami ko‘rsatishi mumkin, masalan, tovarlar zaxirasini to‘ldirish bo‘yi- cha siyosatning samarasizligi; xuddi shu sababga auditor га- hbariyatning e'tiborini qaratishi mumkin. Mijoz, ko'pincha, o‘z faoliyatining bir yoki bir necha max- sus tarmoqlarining operatsion auditini o'tkazish uchun auditor- lik tashkilotsi bilan shartnoma tuzadi Odatda, bunday shart- noma kompaniya o‘z shtatida ichki xo'jalik auditorlariga ega bo'lmasa yoki ichki xo'jalik auditi mutaxassislari u yoki bu tar- moq auditi tajribasiga ega bo‘lmasa tuziladi. Bunday maslahatlar berishni ma'muriyat ichki xo‘jalik auditorlariga emas, balki mustaqil auditorlik tashkilotlariga buyurtma beradi. Masalan, kompaniya auditorlik tashkilotiga o‘z kompyuter tiziminmg unumdorliligi va samaradorligini baholashni buyurtma berishi mumkin. Operatsion auditni bajarishda ikki muhim sifat - hu mustaqillik va mas'uliyat darajasidir. Auditor xulosani kimga taqdim qilishi haqidagi masala tek* shirish va tavsiyanomalar hech bir og‘ishsiz amalga oshirilayot- ganligini kafolatlash uchun juda muhimdir. Auditorlik tashkilot- larida, odatda, mustaqillikni ta'minlash u darajada qiyin emas, chunki unda ishlovchi xolis buxgalterlar audit o'tkazilayotgan kompaniyaning xodimlari hisoblanmaydilar. Operatsion auditorlarning javobgarlik jihatlari ham ulaming mustaqilligiga ta'sir qilishi mumkin. Auditor agar samarasiz va unumsiz muomalaJar aniqlangan bo‘lsa, kompaniyaning amaliy funksiyalari uchun javobgar emas. Masalan, agar auditorlar ma'lumotlarini elektron qayta ishlash tizimining ishlab chiqaril- ishi uchun javobgar hamda audit davomida undagi kamctiilik- larni aniqlab tuzatish kiritsalar, u holda ulaming mustaqillik da- rajasi pasaygan bo‘lardi. Auditor muomalaga o'zgartirish kiritishni maslahat berishi mumkin, lekin mas'ul xodim bunday tavsiyanomani qabul qilish yoki rad etish huquqiga ega bo'lishi kerak. Agar auditorlar o‘zlari bergan maslahatlarning amalga oshirilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lganlarida, ular bajarilgan ishlar uchun keyingi auditda javobgar bo'lib qoladilar. Shunday qilib, mustaqillik chegaralanib qolgan bo'lardi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkin. ya'ni mustaqillikni ta'minlovchi maxsus talablar quyi- dagtlardir: Auditorlar o‘z auditorlik faoliyatlarida mustaqil bo'lishlari zarur. Bu talab auditorlar o‘z ishlarini erkin va obyektiv baja- rishlari bilan ta'minlanadi. Mustaqillik auditorlarga turli ta'sirlardan erkin va obyektiv bo‘lgan fikrlarni berib, xulosa taqdim qilish imkonini beradi. Bu esa audit uchun juda muliim- dir. Bunga obyektivlik va tashkiliy mavqe tufayli erishiladi.
TashkiJiy mavqe audit davomida aniqlangan kamchilildar asosida samarali harakatlar hamda tavsiyanomalar berish, chu- qur tekshirishni, sohaning keng auditini ta'minlash uchun yetarli bo'lishi lozim.
Obyektivlik. Obyektivlik ichki xo‘jalik auditoriaridan o‘z vazifalarini mustaqil. yuqori malakada haqqoniy bajarishlarini talab qiladi.
Amaliy qiyinchiliklarni aniqlash va kerakli tavsiyanomalar kiritish uchun auditorlarga chuqur bilimlilik darajasi juda mu- himdir. Bu - operatsion audit keng qamrovli amaliy muammolar bilan bog'liq bo‘lgan asosiy muammodir. Chunki ishlab chiqar- ishda biror jarayonning unumdorliligi yoki bo'lmasa reklama dasturlarining samaraliligini baholay oladigan malakali ichki xo‘jalik auditorlarini topish qanchalik oson emasligini tasavvur qilish qiyin emas. Shuning uchun, ichki xo‘jalik auditorlari shta- tiga ishlab chiqarish bilan tanish bo'lgan yoki marketing bo‘yicha yetarli tayyorgarlikka ega bo‘lgan xodim kirishi lozim. Operatsion audit jarayonida duch kelinadigan asosiy qiy- inchilik - bu unumdorlik va samaradorlikni baholash uchun maxsus mezonlami tanlashdir. Operatsion audit uchun mezonlami aniqlash usullaridan biri - bu korxona faoliyatining u yoki bu tarmog‘i uchun erishilgan samaradorlik va unumdorlik darajasini oshirish mumkinligini aniqlash imkonini beruvchi tasdiqdir. Maxsus mezonlarni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan manbalardan quyidagilami ko'rsatish mumkin:
mezonlaming sodda majmuasi o'tgan davming haqiqiy natijalariga asoslanadi. Bu mezonlar asosidagi fikr faoliyatning u yoki bu turi taqqoslanganda «yaxshi» yoki «yomon»lashganligini artiqlashdan iborat bo'ladi. Bu mezonlaming e'tiborli tomoni shundaki, ularni aniqlash oson. biroq, ular audit qilinayotgan xo‘jalik tizimi yaxshi yoki yomon faoliyat olib borayotganligi haqidagi chuqur tushunchani berish imkoniga ega emas.
taqqoslama unumdorlik. Birlashma doirasida yoki undan tashqarida ko‘plab o'xshash xo'jalik tizimlari mavjudligi sababli audit qilinayotgan obyektlar o‘z tabiatiga ko'ra yagona emasdir- lar. Bunday hollarda taqqoslanuvchi xo'jalik subyektlarining unumdorligi haqidagi ma'lumotlar mezonlari ishlab chiqish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
operatsion audit shartnomalarining ko'plab turlari uchun injenerlik andozalariga asoslangan mezonlami ishlab chiqish mumkin va maqsadga muvofiqdir. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish me'yorini aniqlash uchun yarimfabrikatlar harakat marshrutini va vaqtini o‘rganib chiqish. Bunday mezonlami ish- lab chiqishga ko'p vaqt va mablag* sarflanadi, chunki muhim ekspertiza talab qilinadi. Shunga qaramay, bu mezon ishlab chiqarishning muhim muammosini hal qilishda g‘oyat samarali boflib, qiiingan xarajatlami qoplashi mumkin.
muhokama va kelishuv. Ba'zan obyektiv mezonlami ishlab chiqish qiyin bofladi. Bunday hollarda ular muhokama va kelishuv yo'li bilan qabul qilinadi. Bu jarayonda esa audit qili- nayotgan mijoz ma'muriyati, operatsion auditor hamda auditor- lik xulosasi taqdim qilinishi kerak boflgan tashkilot yoki shaxslar ishtirok etadilar.
Operatsion audit qirralari. Operatsion auditning uch qirrasi mavjud: rejalashtirish; ma'lumotlar to'plash va haholash; xulosa yasash va uni taqdim qilish. Rejalashtirish Moliyaviy hisobot auditida bo'lgani kabi, ope- ratsion auditor shartnoma sohasini aniqlab, mijozga ma'lum qilishi lozim. Operatsion auditni rejalashtirish bilan moliyaviy hisobot auditini rejalashtirish o'rtasidagi asosiy farq - bu operatsion au- dit jarayonidagi tekshirishlaming xilma-xilligidir. Shuning uchun, operatsion audilning aniq maqsadlari to‘g‘risida biror yechimga kelish juda qiyin. Bu maqsadlar berilgan shartnoma uchun ishlab chiqilgan mezonlar asosida aniqlanadi. Bu maqsadlar esa aniq sharoitlardan kelib chiqadi. Masalan, kas- salar ustidan ichki xo‘jalik nazorat tizimi samaraliligining ope- ratsion auditi maqsadlari rivojlanish va tadqiqot bo'limining mehnat unumdorligi auditi maqsadlaridan tubdan farq qiladi. Ma'lumotlar to‘plash va baholash. Ichki xo‘jalik nazorat tizimi va amaliy muolajalar operatsion auditning nozik qismini tashkil qilgani sababli, odatda, mijozlar fikrini so'rash va ku- zatish, hujjatlaridan foydalanish qabul qihngan. Operatsion audit uchun arifmetik aniqlik u darajada muhim emas, chunki aniqlik - operatsion auditning maqsadi emas. Xulosa yasash va uni taqdim qilish. Operatsion audit bilan moliyaviy hisobot auditi o‘rtasidagi ikki asosiy farq operatsion audit bo'yicha xulosaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Birinchidan, op- eratsion auditda xulosa, odatda, faqat ma'muriyatga taqdim qil- insa, uning nusxasi qaysi tashkilot uchun audit o'tkazilgan bo'lsa, o‘sha tashkilotga yuhoriladi. Uchinchi tomonning, ya’ni foydalanuvchilaming yo‘qligi operatsion audit xulosalarida stan- dart sharhlar zaruriyatini chegaralaydi. Ikkinchidan, bu tipdagi auditda amaliy tekshirishlaming xilma-xilJigi xulosaning shunday tuzilishini talab qiladiJd, u o‘z ichiga audit sohasi to‘g‘risidagi ma'lumotni, topilgan kamchiliklar va tavsiyanomalarni olishi кегак. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqadiki, xulosa yozish ko‘p vaqt talab qiladi, chunki u o‘z ichida audit davomida aniqlangan haqiqat va tavsiyanomalarni ma'lum qilishi zarur.