Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə23/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Oddiy aksiyalarga subyektning bir yillik faoliyati natijasi bo'yicha dividend to'lash mo'ljallanadi. Ular boshqarishga ta’sir ko'rsatish huquqi bo'yicha farqlanadi: ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan va bir yoki bir nechta ovozga ega bo‘lgan aksiyalar. Imtiyozli aksiya ovoz berish huquqiga ega emas, lekin doimo dividendlar bilan ta'minlanadi va subyekt bekor qilinganda birinchi navbatda qoplanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida qo'llanilish turi bo‘yicha nomli va taqdim etiluvchi aksiyalar farqlanadi.
Obligatsiya — bu uning egasi ma'lum miqdorda pul to‘laga- nini va unda belgilangan muddatda nominal qiymatini va aniq belgilangan foizini so‘ndirish ho‘yicha majburiyatlar ko'rsatilgan qimmatli qog‘oz (agarda chiqarish shartlarida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo'lsa).
Obligatsiyalarni subyektlarning nizom jamg‘armasini shakllantirish va to‘ldirish uchun, shuningdek, xojalik faoliyati hilan bog‘liq zarami qoplash uchun chiqarish mumkin emas.
Aksionerlik jamiyatlari hamma chiqarilgan aksiyalami to‘liq to‘langanidan keyingina nizom sarmoyasi hajmining 20 %dan oshmagan miqdorda obligatsiyalar chiqarish huquqiga ega. Boshqa mulkchilik shakliga ega bo'lgan subyektlarga obligatsiyalar chiqarish summasining miqdori respublika fond bozorini tartihga soluvchi organ tomonidan belgilanadi.
G‘azna majburiyatlari taqdim etiladigan qimmatli qog'ozlar bo‘lib, ularning egalari budjetga pul mablag‘lari o'tkazganini va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish muddati davomida aniq belgilangan daromad olish huquqini beruvchi ko'rsatuvchi egalik qiladigan davlat qimmatli qog‘ozlaridir.
G‘azna majburiyatlari quyidagi turlarda chiqariladi: uzoq muddatli — 5 yil va undan uzoq bo'lgan muddatga, o‘rta mud- datli 1 yildan 5 yilgacha, qisqa muddatli 1 yilgacha ho‘lgan muddatga. Uzoq va o'rta muddatli g‘azna majburiyatlarini chiqarish bo'yicha qaror O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Qisqa muddatli g‘azna majburiyatlarini chiqarish bo'yicha qarorni 0‘zbckiston Respublikasi Moliya vazirligi qabul qiladi. G‘azna majburiyat- larini chiqarish to‘g‘risidagi qarorda daromad to'lash va majburiyatlami bajarish shartlari belgilanadi.
Depozit sertifikati pul mahlag‘lari omonatga qo'yilganligi to‘g‘risida, omonatchiga belgilangan muddat tugaganidan keyin depozit summasi va unga tegishli foizlami olish huquqini beruvchi kredit muassasasining guvohnomasidir.
0‘zbekistonda sertifikatlar ikki turda chiqariladi: depozit sertifikatlari (yuridik shaxslar uchun, 1 yilgacha muddatga); depozit (jamg'arma) sertifikatlari (jismoniy shaxslar uchun, 3 yilgacha muddatga).
Veksel deb shunday qimmatli qog'ozga aytiladiki, unda veksel chiqaruvchi yoki vekselda ko‘rsatilgan to'iovchini belgi- langan muddat kelganda helgilangan mablag'ni veksel egasiga so'zsiz to'lanish majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin