Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan n‘tkazish tartibi, sifati va toMiqligini tekshirish



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə31/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan n‘tkazish
tartibi, sifati va toMiqligini tekshirish


Tovar-moddiy zaxiralarini inventarizatsiyadan o'tkazish tartibi J9-son BHMS] da belgilab berilgan Unga ko'ra, inven- tarizatsiyaning asosiy maqsadi mol-mulkning haqiqatda mayjud- ligini aniqlash, haqiqatda inavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan qiyoslash. majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirishdir.
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyat- laridan qat'iy nazar, xojalik yurituvchi subyektning barcha mol- mulki inventarlanishi kerak.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xojalik yurituvchi suhyektga qarasltli bo'lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd eiilgan (mas'uliyatli saqlanishda bo'lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol- mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarlanishi kerak.
Mol-mulkning inventarizatsiyasi uning joyiashgan yeri va moddiy javobgar shaxs bo'yicha o'tkaziladi.
Quyidagi hoilarda inventarizatsiya o'tkazilishi shart:

  • mol-mulk ijaraga herilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat subyekti o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog'da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;

  • yillik moiiyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarizatsiya hisobot yilining I- oktabridan kechiktirmay o'tkaziladigan mol- mulkdan tashqari.

4-son BHMS10 11 ga binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Pul mablag'lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat'iy hisobdagi blanklar oyda bir marta, yonilg'i-moylash materiaJlari. oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, qimmatbaho metallar - tarmoq yo‘riqnomalariga mu- vofiq inventarizatsiya qiiinadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan subyektlarda ishlab chiqarish zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda qu- yidagi hollarda inventarizatsiya qilinadi:

  • asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholan- ganda;

  • moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlami qabul qilish - topshirish kunida);

  • 0‘g‘irlik yoki suiiste'mo], shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda;

  • tabiiy ofatlar, yong'inlar falokatlar yoki g'ayritabiiy sharoitiar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;

  • xojalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etil- ganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonun- chilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a'zolari chiqib ketganda, shuningdek, jamoaning bitta yoki bir nechta a'zosi talabi bilan o‘tkaziladi.
Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar miqdori, ulami o'tkazish sanasi, mol-mulk va moliyaviy majburiyatlar ro‘yxati xojalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi.
Inventarizatsiyani o'tkazish uchun xojaJik yurituvchi subyektlar tarkibida:

  • xojalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o'rinbosari (komissiya raisi);

  • bosh buxgalter;

  • boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) bo'lgan doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi.

Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xojalik yurituvchi subyektning ichki audit vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo'lganda mol-muik va moliyaviy majburiyatlami inventarizatsiyani bir vaqtda o‘tkazish uchun tarkibida:

  • inventarizatsiyani tayinlagan xojalik yurituvchi suhyekt rahbanning vakili (komissiya raisi);

  • mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi. buxgalteriya xodimi va boshqalar bo‘lgan ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi.

Komissiya larkibiga inventarizatsiya qilinayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash ta’qiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalari- ning shaxsiy tarkibini xojalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiq- laydi.
Invcntarizatsiyani o'tkazish chog'ida komissiyaning aqalli bitta a'zosi yo‘q bo'lsa, bu hol inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo'lib xizmat qiladi
Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari:

  • hoyliklar saqlanishini ta'minlashga doir profilaktika ishlarini o'tkazadi, zarurat bo'lganda o‘z majlislarida boyiiklar- ning saqlanishi masalalari bo'yicha sex, bo'lim, sho'ba rahbar- larining axborotlarini tinglaydi;

  • inventarizatsiya o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari a’zolariga yo‘l-yo‘riq beradi;

  • inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdek. inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarizatsiyadan o‘tkazadi;

  • inventarizatsiya natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida boylikJarni qayta navlarga ajratish bo'yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;

  • zarur hollarda (inventarizatsiyani o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xojalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirig'iga binoan takroriy yalpi inventarizatsiyalami o‘tkazadi;

  • boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo‘l qo'ygan shaxslardan olingan tushunti- rishlami ko'rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko'rilgan talafollami bir izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar.

Ishchi inventarizatsiya komissiyalari:

  • saqlash va ishlab chiqarish joylarida boyliklar va pul mab- lag'lari inventarizatsiyani amalga oshiradi;

  • xojalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamo- madlar hamda qayta navlarga ajratish chog‘idagi ortiqcha chi- qishlarni hisobga olish hamda tabiiy yo'qolish me'yorlari doirasida kamomadlarni hisobdan o'chirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • tovar-moddiy boyliklami qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olishni yaxshilash va uiar saqlanishini nazorat qilishni tartibga solish masalalari, shuningdek, me'yor- dan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy boyliklarni sotish bo'yicha takliflar kiritadi;

quyidagi hollarda:

  1. xojalik yurituvchi suhyekt rahbarining buyrug'iga muvofiq inventarizatsiyani o‘z vaqtida o'tkazish va uni o'tkazish tartibiga rioya qilish uchun;

  2. hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar- moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va vositalarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun;

v) tovar-moddiy boyliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yi- cha tartib raqami, artikuli va h.k ) ro‘yxatda to'g'ri ko‘rsatilishi uchun;
g) helgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari to‘g‘ri va o‘z vaqtda rasmiyiashtirilishi uchun javob beradi.
Inventarizatsiya komissiyalari a'zolari tovarlar, materiallar va boshqa boyliklar kamomadi va ishlatih yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro‘yxatga boyliklaming haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risida ataylah noto‘g‘ri ma'lumotlami kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya paytidagi eng so'nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlami olishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim huijatlariga "inventarizatsiyagacha ...da (sana)" deb ko‘rsatgan holda viza qo'yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma'lumotlari bo‘yicha inventarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qilishi kerak.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin