Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Takrorlash ucbun savollar



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə32/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Takrorlash ucbun savollar

  1. Tovar-moddiy zaxiralar auditining maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari nimalardan iborat?

  2. Tovar-moddiy zaxiralar auditining ketma-ketligi qanday?

  3. Tovar-moddiy zaxiralar mavjudligi va saqlanishi qanday tekshiriladi?

  4. Tovar-moddiy zaxiralar omborxona va boshqa saqlash joylaridagi hisobi qanday tekshiriladi?

  5. Tovar-moddiy zaxiralarii baholashning to‘g‘riligi qanday tekshiriladi?

  6. Tovar-moddiy zaxiralar sotilishi va boshqacha taizda hi- sobdan chiqarilishi qanday tekshiriladi?

  7. Tugallanmagan ishlab chiqarishlami tekshirishni xususi- yatlari nimalardan iborat?

  8. Tovar-moddiy zaxiralari inventarizatsiyasini o‘tkazish muddatlari va tartibi qanday?

  9. Inventarizatsiya materiallarini rasmiylashtirishda qaysi me'yoriy hujjatga asoslaniladi?

  10. Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha katta summada kamo- mad aniqlanganda, auditomi xatti-harakati qanday bo‘lishi kerak?

VI mavzu. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB
CHIQARISH, TANNARX HISOBLASH VA SOTISH BILAN
BOGLIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBIY
MUAMMOLARl


    1. Ishlab cbiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy asoslari va xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish

Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi — tovar-moddiy zaxiralarini (materiallar, mehnat va ustama xarajatlar) yakuniy mahsulotga aylantirishdir. Bu holatda auditning maqsadi ishlab chiqarish xarajatlarini asosli shakllanganligi va to‘g‘ri hisohga olinganligini tekshirishdan iborat, chunki, pirovard natijada, ishlab chiqarilgan mahsulot (sotib olingan tovar) Jaming sotishdan olingan yakuniy moliyaviy natijaning ishonchliligi ularga bog'liq. Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoJiyat bo'yicha xarajatlar auditining vazifaJari quyidagilardan iborat:

  1. dastlabki huijatlar va hisob registrlari ma'lumotlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlari, davr va moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlarning tarkibi va tizimini o'rganish;

  2. ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar bilan hog'liq bo'lgan muomalalar buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks etirilganiigini aniqlash;

v) ma'lumotlar to'plash uchun auditorlik muolajalarini amalga oshirish va h.k.
Ishlab chiqarish va boshqa xarajatlar bo‘yicha operatsiyalar to‘g‘risida ma'Iumot manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • yuk xatlari, talahnomalar, materiallarni chekJab olish hari- talari;

  • buyurtma-varaqalar (zakaz-naryad);

  • ish vaqtini hisobga olish tabellari;

  • hisob-kitob varaqalari;

-2010. 2310. 2510-sonli va boshqa schyotlar bo'yicha hisob regislrlari (jurnal-orderlar, qaydnomalar va h.k.);
Bosh kitob va boshqalar.
Tekshiruv obyektini tartibga soluvchi asosiy qonunchilikka oid va me'yoriy hujjatlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 2002-yil 30- avgust holatiga o‘zgartirishlar bilan. 1996-yil 29-avgustda 257-1- sonli O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan 1997-yil 1-martdan kuchga kirgan.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 2008-yil.

  3. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonuni. 1996-yil 30-avgustda tasdiqlangan.

  4. 0‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to'g'risida» gi qonuni (yangi tahriri). 2000-yil 26-mayda tasdiqlangan

  5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish. xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi Nizom».

  6. 21-sonli «Xojalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xojalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash haqida yo‘riqnoma». 2002-yil 9-sentabrda 103-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlan- gan va 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan Adliya vazirligi to- monidan ro‘yxatga olingan

  7. 4-sonli «Tovar moddiy zahiralari» O‘zbekiston Respub- likasi BHMS. 1998-yil 28-avgustda 486-son bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan.

  8. Umumdavlat soliqlarini hisoblash va budjetga to‘lash to‘g‘risida yo‘riqnomalar.

  9. Mahalliy soliqlar va yig'imlami hisoblash va budjetga to'lash to‘g‘risida yo'riqnomalar.

  10. 0‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari. -T.: O‘BAMA-2004.

  11. Moliyaviy hisobot shakllari, 2002-yil 27-dekabrda O‘zR Moliya vazirining 140-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Auditor ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar tizimini yoppasiga o‘rganib chiqadi. Lekin, auditning yuqorida qayd etilgan maqsadi - ish- lab chiqarish xarajatlari hisohi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar auditini bajarishga kirishishdan awal, ishlab chiqarish va xarajatlar jarayoni bo‘yicha ichki nazorat tizimining kuchli va zaif tomonlarini baholash maqsadida dast- labki sharhni tayyorlash lozim. Sharh natijalariga ko'ra subyekt ma'muriyatining ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlarga nisbatan bo'lgan mu- nosabati aniqlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy natijalar auditining obyekti quyidagi 6.2-jadvalda keltirilgan.
6.2-jadval

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin