Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Kassadagi pul mahlag'lari hisobiga oid muomalalarni audit obyektlari



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə40/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Kassadagi pul mahlag'lari hisobiga oid muomalalarni audit
obyektlari


Ko‘rsatkichlar nomi

Schyotlar raqami

Moliyaviy hisnbot skakllaridagi ko'rsat- Idchlar

1-ehakl

4-shakl

Satr raqami

Satr raqa- mi

Kassadagi pul mabiag'lari

5000

330

010-240

Hisob-kitob schyotidagi pui mab- lag'lari

5100

340

010-240

Chet el valutasidagi pul mablag'iari

5200

350

250-280

Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag'lari

5500

360




Pul ekvivaientlari

5600

360




Yo'ldagi puJ mabaJag' (o‘tkazma)lari

5700

360





Xulosa qilib aytganda, auditor (auditorlar guruhi) kassadagi pul mablag'lari va kassa muomalalarini hujjatli tekshirishni hoshlashdan oldin, odatda, kassadagi naqd pullar, qimmatli qog'ozlar va qat'iy hisobot blanklarini inventarizatsiyadan o'tkazishlari shart. Bunda pul mablag'larini hisobga olishga doir respuhlikamizdagi qonunlar va me'yoriy hujjatlarga asoslanish zarur.

    1. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi

Kassa muomalalari, odatda, kassir, bosh buxgalter yoki unga vakolatli shaxs ishtirokida kassadagi pul mablag'larini inventari- zatsiya qilishdan boshlanadi Korxonada bir nechta kassa mavjud bo'lgan hollarda pul qoldig‘ining kamomadi bo‘lgan taqdirda, uni boshqa kassa hisobidan qoplanishi, kassa dafta- ridagi qoldiqnj o'zgartirish mumkinligini oldini olish maqsadida auditor boshqa kassa eshiklarini muhrlab qo‘yadi.
Auditor kassirdan inventarizatsiya o'tkazish vaqtigacha bo‘lgan kassa muomalalari bo‘yicha kassa hisobotini talab qiladi. Shuningdek, barcha kirim va chiqim huijatlari uning tomonidan hisobotga kiritilganligi va inventarizatsiya vaqtiga kelib kassaga kirim qilinmagan va hisobdan chiqarilmagan pul mahlag'lari yo‘qligi to‘g‘risida tilxat berishi lozim.
Shundan keyin kassir, pul kupyuralarini guruhlashtirishni boshlaydi hamda auditor va bosh buxgalter ishtirokida ulami to‘la hisob-kitobini o'tkazadi, bank muassasasidan olingan muhrlangan pul mablag‘lari ham sanovdan o'tkazilishi kerak.
Auditor shunga ahamiyat berishi kerakki, kassa chiqim orderida yoki uning o‘mini bosadigan boshqa hujjatda pul oluvchining tilxati bilan tasdiqlanmagan kassa pullarini berish, kassadagi naqd pul qoldig'ini qoplashga qabul qilinmaydi. Kassa kirim orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar ortiqcha pul sifatida kirim qilinadi. Xojalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalteri imzosi bilan tasdiqlanmagan kassa chiqim hujjatlari, kassadan vaqtinchalik pul olinganligini bildiruvchi tilxat va shunga o‘xshash boshqa hujjatlar inobatga olinmaydi va kamomad deb hisoblanadi.
Auditor to‘g‘ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va unda tekshiruv paytida bo'lgan qoldiqni ko‘rsatish uchun beradi. Tekshiruv paytida kassada ish haqi to‘liq tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo‘lsa, auditor bosh buxgalter va kassirga vcdomostlami belgilangan tartibda hisobotga qo'shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to‘g‘ri kelib, ko‘p xodimlarga ish haqi tarqatilmagan vedomostlar bo'lsa, bunday vedomostlar kassir
hisobotiga qo'shilmasdan. dalolatnomada kassa hisobotiga kiritilmagan, qisman to'langan chiqim hujjatlari (to'lov vedo- mostiari) sifatida yozib qo'yilishi mumkin. Bu holda har bir to'lov vedomostida qaysi tartib raqami bo'yicha ish haqi herilganligi va uning jami summasi ko‘rsati1adi. Ushbu yozuv kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog'ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatiar va hoshqalar), qat'iy hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo‘llanmalari, aviachiptalar va boshqa qimmatli qog'ozlar ham tekshirilib. ularning mavjudligi dalolatnomada ko'rsatiladi.
Auditor kassadagi pul mablag'larini tekshirish bilan birga ayni paytda, seyflar (yonmaydigan shkaflar), kassaning jihoz- lanishi, ish kunining oxirida kassa eshiklariga seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o‘rnatilganligi va uning ishlashi, kassani qo‘riqlishning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to'landi» degan shtamplar bilan ta'minlanganhgi ham tekshiriladi.
Auditor bankdagi hisob-kitob schyotidan olingan pullami to'liq va o‘z vaqtida kirim qilinganligini tekshirishda muoma- lalami o‘zaro taqqosiash usulini qollaydi. Bunda, I-sonli jumal orderining vedomost tomonida 5010 - «Milliy valutadagi pul mablag'lari» schyotining debeti bo'yicha aks ettirilgan summa- lami 22-sonli jurnal orderda aks ettirilgan 5110 - «Hisob-kitob schyoti» ning kredit oborotlari bilan solishtiriladi ular bir-hiriga to‘g‘ri kelishi shart. To'g'ri kelmaslik hollari uchraganda summalar kassa kirim orderlari, hank ko‘chirmalari, kassir hisobotlari, cheklar koreshoklari bilan solishtiriladi, zarur hollarda esa bevosita bank muassasasida tekshiriladi.
Agar bank ko'chirmalarida o'chirilgan, to‘g‘rilangan, shuningdek, qoldiqlar to‘g‘ri kelmasa, bankdagi hisob-kitob schyotidan ishonchli ko'chirmani olish zarur.
Kassa muomalalarini tekshirishda kassa hisobotiga ilova qilingan hujjatlarning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: KO-3 yoki КО-За shakl. «Kirim va chiqim kassa huijatlarini ro‘yxatga olish jurnali», ordersiz rasmiylashtiriladigan pul kirimi hujjatlari, KO-4 shakl «Kassa daftari», KO-5 shakl «Kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullami hisobga olish daftari», 5010 - «Milliy valutadagi pul mablag'lari», 5020 - «Xorijiy valutadagi pul mablag'lari», 5520 - «Chek daftarchalari», 5610 *1411 ekvi- valentlari», 5710-«Yo‘ldagi pul mablag'lari» va 58I0-«qimmatli qog'ozlar» schyotlari yuritiladigan hisob registriari (Jurnal- orderlar. vedomostlar. daftarlar, Bosh daftar, tegishli sanaga tuzilgan balanslar va boshqalar).
Bunda kassa huuatlarini rasmiylashtirishga ham e'tihor berish zarur, xususan. har bir hujjatda oluvchilar imzosi horligi; kirim hujjatlariga «olindi» degan, chiqim hujjatlariga esa «to‘landi» degan shtamplar bosilganligi hamda ulaming sanasi ko'rsatilganligi, shuningdek, ularda o'chirilgan va tuzatilgan izlar yo'qligi aniqlanishi lozim.
«Kassa opcratsiyalarini tekshirayotganda auditor kassa ope- ratsiyalari tartibiga qanday rioya qilinayotganini. kassa intizo- mini, naqd pul bilan amalga oshirilgan operatsiyalar qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim.
Naqd pullarni olish va berishda amalga oshirilgan operatsi- yalar bilan bog'liq bo‘lgan hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtiril- ganligini tekshirish, barcha kirim va chiqim kassa orderlari, to'lov qaydnomalari va boshqa hujjatlar aniq, o‘chirilmasdan va to‘g‘rilanmasdan to'ldirilganligi. barcha orderlar va ulaming ilovalari operatsiya sodir etilgan sana va kassiming imzosi qayd etilgan holda, «olingan» yoki «to'langan» degan tamg'alar bilan tasdiqlanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Chiqim orderlarida (qaydnomalarida) «to'langan» degan tamg'a bosilmaganligi ayrim holatlarda ulardan qayta foydalanishga olib keladi»1.
Amaliyotda kassa muomalalariga doir suiiste'mol qilishlar asosan ish haqi va hisobdor summalar bo‘yicha ko‘p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o‘lik jonlar» ni kiritish, herilishi lozim bo‘lgan jami summani oshirib ko'rsatish. kassa hisobotiga qayta qo'shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib olib, sanasini o'zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi.
Auditor bulardan tashqari kassa muomalalarini tekshirish jarayonida quyidagilarga ham alohida e'tihor berishi lozim: 18 19

  • kassani har oyda to‘satdan tekshirilishi;

  • kassiming kassa hisobotlarini o‘z vaqtida buxgalteriyaga topshirishi;

  • kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlami hamda unga ilova qilingan hujiatfami tekshirishga qabul qilinganligi to‘g‘risida bosh buxgalter yoki bosh buxgalter o‘rinbosarining imzosi borligi;

  • mehnatga haq to‘lash. xizmat safari, xojalik sarflari va hoshqa maqsadlar uchun bankdan olingan naqd pullaming maqsadga muvofiq ishlatilishi;

  • kassadagi naqd pul qoldiqlarining korxona uchun bank tomonidan belgilangan limitga to'g'ri kelishi;

  • deponent qilingan mehnat haqi summalari va realizatsi- yadan tushgan naqd pul mablag'larining bankka o‘z vaqtida top- shirilishi;

  • kassadan naqd pullami begona shaxslarga berish hollari va shunga o'xshashlar;

  • naqd pul olish uchun to'ldirilmagan cheklarga rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzo qo‘yilishi va cheklami kassirga bankdan pul olish mobaynida mustaqil to‘ldirish uchun berish hollari;

  • naqd pul olish uchun chek daftarchasi bosh buxgalter sey- fida saqlanishi holati;

  • korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-Z shakl) va «Kassa daftari» (KO-4 shakl) ning mavjudligi, daftarlaming barcha varaqlari raqamlanib, oxiigi betida varaqlar soni ko‘rsatilganligi, ip o‘tkazib bog‘langanligi hamda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanib, muhr- langanligi;

  • kassa chiqim orderlari, to'lov vedomostlari va boshqa chiqim pul hujjatlarida tegishli mansabdor shaxslar va pul olu- vchilar imzolarining mavjudligi va ulaming haqiqiyligi;

  • kassa hujjatlariga maxsus «so'ndinlgan» (pogasheno) shtamp bosilishi;

  • pul mablag'lari, xarajatlar va boshqa balans schyotlariga olib borilib hisobot taqdim etilmaydigan muomalalaming qon- uniyligi;

  • kassa muomalalariga oid schyotlar bog'lanishlari (korre- spondentsiyalari) ning to‘g‘riligi;

  • to'lanmagan summalarning o‘z vaqtida deponentga o'tkazilishi va h.k.

Auditor yuqoridagi faktlarga rioya qilinmaganligi to‘g‘risida buzilish hollari mayjud bo‘lganda bu muomalalarning sababini, ular kimnning farmoyishi bilan amalga oshirilganligi va buning orqasida suiiste'mol, tovlamachilik holatlari herkitilmaganligini ham aniqlashi lozim.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin