8.3. Bankdagi schyotlarga doir nuuimalalar auditi Yuridik va jismoniy shaxslar o'zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko'rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va xorijiy valutadagi talab qilib olinguncha depozit schyotlar hamda de- pozit schyotlaming boshqa turlarini ochish huquqiga egalar. Banklarda schyotni ochish O'zbckiston Rcspuhlikasi Markaziy Banki boshqaruvining 2001 - yil 6 -oktabrdagi 25G‘4- son (1-son) qarori bilan tasdiqlangan «O'zhekiston Respublikasi banklarida ochiladigan hank schyotiari to'g'risida yo'riqnomaga (O‘zR AV 29.09 2003 y 1080-1-son biJan ro'yxatga olingan O‘zR MBBoshqaruvi qaroriga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan) asosan amalga oshiriladi. Ushhu yo‘riqnomaga muvofiq, bank (schyoti) schyoti de- ganda, bank schyoti shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (schyot egasi) schyotiga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritih qo'yish, mijozning schyotidagi tegishli mab- lag'lami o'tkazish va berish hamda schyot ho‘yicha boshqa op- eratsiyalarni amalga oshirish to'g'risidagi farmoyishlarni bajarish vazifasini o‘z zimmasiga olishi natijasida bank bilan mijoz o'rtasida vujudga keladigan munosabatlar tushuniladi. Bank schyotlari quyidagi turlarga bo'linadi: talab qilih olinguncha (asosiy va ikkilamchi) depozit schyotlar;
jamg'arma depozit schyotlar;
v) muddatli depozit schyotlar; g) depozil schyotlaming boshqa turlari (akkreditivlar bo‘yicha muddatsiz foizsiz depozitlar va shu kabilar); d) ssuda schyotlari Mijoz tomonidan har qanday schyot ochilayotganda bank schyotiga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuziladi. Bank schyoti shartnomasi bo‘yicha yuzaga keladigan munosaballar Fuqarolik kodeksi va hoshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xojalik yurituvchi subyektning birinchi marta milliy valutada ochgan talab qilib olinguncha depozit schyoti uning asosiy schyoti hisoblanadi. Mijozlar qonunchilik asosida bir yoki bir necha banklarda ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit schyotlari ochishlari mumkin. Mijozlar tomonidan schyotlar ochish uchun bankka ushbu Yo'riqnomada ko‘zda tutilgan zaruriy hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab, banklar ikki bank ish kuni mobaynida ularga schyotlar ochishi shart (O‘zR AV 29.09.2003 y. 1080-1-son bi- lan ro'yxatga olingan O‘zR MB Boshqaruvi qarori tahriridagi xatboshi). «Auditor bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditini bankdagi milliy va chet el valutasidagi pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumot!ami hamda ularga ilova qilingan soliq hi- sobotini tekshirishdan boshlaydi. Bunda dastavval bankda ochil- gan schyotlar soni va raqami hamda qaysi bankda ochilganligi aniqlanadi. Bu ma'lumotlar auditorga barcha schyotlar bo'yicha bank ko'chirmalarini va har bir schyot bo‘yicha hisob registr- larini tekshirish uchun кегак bo‘ladi. So‘ngra auditor korxona va bank o'rtasidagi o‘zaro munosa- batlaming yuridik asoslarini aniqlaydi, bank xizmati ko'rsatish to g'risidagi shartnomaning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi normalariga muvofiqligini tekshiradi. Bankdagi schyotlar bo'yicha pul mablag‘lari kirimi va chiqimiga doir muomalalar bankda tegishli dastlabki hujjatlar bi- lan rasmiylashtiriladi. Ushbu dastlabki hujjatlaming shakllari va to‘ldirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki yo‘riqnomalarida belgilangan. Bunday hujjatlarga quyidagilar kiradi:
bank ko'chirmalari (bank tomonidan tasdiqlanib ilova qil- ingan hisob-kitob to‘lov hujjatlarining shakllari bilan);
rezidentning sotib olingan valutani so'mga aylantirish to‘g‘risidagi farmoyishi va boshqalar;
bank hisob-kitob hujiatlariga ilova qilinadigan va amalga oshirilgan muomalalaming qonuniyligini asoslovchi dastlabki hujjatlar».2021
Yuqoridagilarga asoslanib, auditor hujjatlaming to‘g‘ri ras- miylashtirilishini tekshiradi, hujjatlarni arifmetik tekshiruv va bankdagi schyotlar bo'yicha amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini tekshiruvdan o‘tkazadi. «Bank operatsiyalarini tekshirishda auditor banklarda hisob- kitob va boshqa schyotlar mavjudligi va bank operatsiyalarini amalga oshirishda amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini tek- shiradi. Tekshiruv korxona tomonidan banklarda ochilgan bar- cha schyotlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Tegishli schyotlar bo‘yicha ko‘chirmalarda qayd etilgan mablag‘lar qoldig‘i hi- sobda mavjud bo‘lgan mablag‘lar qoldig‘1 bilan solishtiriladi. Ko'chirmalami rasmiylashtirilishida suiiste'molchiliklami ya- shirish maqsadida schyotning debeti va krediti bo‘yicha oborot atayin bir xil summaga kamaytirilishi mumkin. Shuning uchun, auditor bank ko'chirmalariga muvofiq schyotning debeti va krediti bo'yicha oborot hisob registrlaridagi ko'rsatkichlar bilan muvofiqligini tekshirishi lozim».2 Hisob-kitob schyotiga doir muomalalami tekshirish mo- baynida aniqlangan kamchiliklarni auditor ish hujjatlarida qayd qilib boradi va auditorlik tekshiruvining mazkur bo‘limi bo'yicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi hamda auditorlik hisobotida aks ettiradi.