Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə42/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar nafaqat milliy valutadan, balki O‘zbekiston qonunchiligiga mu- vofiq, chet el valutasidagi pul mablag‘laridan ham foydalanish- lari mumkin.
Xojalik subyektlari O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining qarori’ bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank schyotlari to'g'risida» yo‘riqnomaga muvofiq xorijiy valutada talab qilib olinguncha depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozit schyotlaming xorijiy va milliy valutadagi turlarini ochishi mumkin.
Mijozlar tomonidan xorijiy valutada talab qilib olinguncha depozit schyotlarini hamda ikkilamchi lalab qilib olinguncha, jamg'arma. muddatli va depozit schyotiaming xorijiy va boshqa milliy valutadagi turlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjat- lar taqdim qilinadi:

  1. tadhirkorlik subyektlari tomonidan:

  1. schyot ochish to‘g‘risida ariza;

  2. davlat ro'yxatidan o'tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

  1. imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha.

  1. tadbirkorlik subyekti bo'lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan, budjet tashkilotlari tomonidan:

  1. schyot ochish to‘g‘risida ariza;

  2. soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifi- katsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

  1. imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqcha.

  1. norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) to- monidan:

  1. schyot ochish to'g'risida ariza;

  2. agar qonunchilikda hoshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa. soliq organlari tomonidan soliq to'lovchining identifi- katsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

  1. imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha;

  1. rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan:

  1. schyot ochish to‘g‘risida ariza;

  2. shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) taqdim qilinadi.

Hujjatdagi ma'jumotlar schyot ochish to‘g‘risidagi arizaga yoziladi.
Mazkur bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan schyot mayjud bo'lsa, faqat schyot ochish to‘g‘risida (belgilangan shak- Ida) ariza taqdim qilinadi.
Sotilgan mahsulot (ish. xizmat) lar to'lovi uchun quyidagi xorijiy vaiutalar qabul qilinishi mumkin:

  • AQSh dollari;

  • Ingliz funt sterlingi;

  • YEVRO;

  • Shveytsariya franki;

  • Yapon ienasi.

«Xojalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotish- dan tushumni xorijiy valutada oladilar. Chet eldan mahsulotni sotib olish ham xorijiy valutada amalga oshiriladi. Ushbu ope- ratsiyalami amalga oshirish uchun ular O‘zbekiston va chet el banklarida valuta schyotlarini ochadilar. Xorijiy valuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalami aks ettirish O‘zbekiston Res- publikasi Moliya vazirligi, DavJat Soliq qo'mitasi va Markaziy bank qarori biian tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 16 -noyabrda 1085-son bilan ro‘yxatga olingan «Chet el valutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom» bilan tartibga solinadi.
Valuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi chet el valuta- sining har bir turi (AQSh dollari, funt sterling. nemis markasi va boshqalar) bo'yicha alohida olib boriladi va xojalik operatsiyalari amalga oshirilgan sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki belgilagan kurs bo'yicha «Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» va «Chet eldagi valula schyotlari» schyotlarida so'm ekvivalentida aks ettiriladi».22
Bankdagi valuta schyotlari bo‘yicha muomalalami tekshirish mobaynida auditor quyidagilaiga alohida e'tibor qaratishi lozim (8.3-jadval).
8.3-jadval

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin