Ishlab chiqarishning mavsum davomida bir tekisda davom etmasligi hamda boshqa holatlar (ko'pchilik ishlovchilar yoz oy- larida ta’tilga ketadi) munosabati bilan ishchilarga mehnat ta'tili bir maromda berilmaydi. Auditor ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash uchun yil davomida ta'tillaiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlami bir maromda kiritib borishni ta'minlash zarurligiga alohida e'tibor berishi кегак. Mehnat ta'tili vaqtiga to'lanadigan ish haqi xarajatlarini har oyda mahsulot tannarxiga belgilangan miqdorda kiritib borish zarur. Buning uchun mehnat ta'tiliga to'lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yil davomida bir ma- romda o'tkazilishini ta'minlash uchun har oyda ma'lum miqdordagi mablag' korxona tomonidan zaxira qilib borilishi kerak. Jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minotiga o'tkazmalar bo'yicha quyidagicha (7.6-jadval) buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. 7.6-jadval Jamg'arib boriladigan pensiya hisobraqamiga o‘tkazmalar
bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari
Jismoniy shaxslar daromadiga soliq hisoblab yozilgan
6710
6410
3.
Jamg'arib boriladigan hisobvaraqqa 1 % aks ettirildi
6410
6530
4.
Jamg‘arib boriladigan pensiya badalini Xalq banki hisobraqamlariga o‘tkazish aks ettirildi
6530
5110
5.
Jismoniy shaxslar daromadiga solinadi- gan soliq summasi budjetga o'tkazildi
6410
5110
Ishbay ishchilaming ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat qilish hamda ish haqini hisoblash bo'yicha audit o'tkazganda auditor dastlabki hujjatlar, ya'ni: naryadlar, mar- shrut haritalar, yo‘l varaqalar. ish mahsuliga oid qaydnomalar, bajarilgan ishlar bo'yicha dalolatnomalar va boshqalami, korxonada ish mahsullari va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastiabki hujjatlarda barcha tegishli rekvizitlar mayjud ekanligini tekshirishi lozim. Vaqtbay mchnatga haq to'lashda tarif stavkalar va kon- traktlar sharti to‘g‘ri qo'llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to‘g‘risidagi tabellar. naryadlar va ish haqini hisoblash bo‘yicha boshqa hujjatlami tekshirganda ularga uy- dirma (soxta) shaxslar kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi ho'yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar fa- miliyalarini xodimlar bo'limidagi shaxsiy tarkibni hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo'yicha awal to‘langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaxslar familiyalari bir necha marolaha lurli hisob-kitob- to'lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi. Korxona xodimlarining shaxsiy tarkihida bo‘lmagan va qisqa muddat ishlagan shaxslarga yozilgan naryadlar hamda sifatsiz ishlarni. yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo‘yicha naryadlar alo- hida diqqat bilan tekshiriladi Dastlabki huiiatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik hisoblar to‘g‘riligiga katta e'tibor qaratiladi. Auditorlik tekshiruvi vaqtida xodimlami rag‘batlantirishga qaratilgan turli to'Iovlar, ya'ni: ma'lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko‘ra mukofotlar. tovon tavsifldagi ish vaqtidan tash- qari yoki tunda ishlaganligi uchun qo'shimcha to‘lov va ustama haqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta'tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun to'lovlar hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashlirilganiga alohida e'tiborni qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korxonada ichki moddiy rag'batlantirish va turli qo'shimcha to'lovlar va mukofotlami hisoblash to'g'risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo'lishi kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug'i bilan rasmiylashtinlishi va mukofotlash to'g'risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo'lishi lozim. O'rtacha ish haqiga asoslangan hisoblar to'g‘riligini tekshir- ganda o'rtacha ish haqi to‘g‘ri belgilanganligini aniqlash, undan keyin esa, turli to'lovlar to‘g‘ri hisoblanganligini tekshirish kerak. Aniqlangan kamchilik va xatolar bo'yicha buxgalter te- gishli tuzatishlami kiritishi lozim. Takrorlash ucbun savollar Mehnatga haq to'lash bo‘yicha hisob-kitoblar auditida qanday me’yoriy hujjatlarga asoslaniladi?
Mehnatga haq to‘lash bo'yicha eng ko‘p uchraydigan xa- tolar nimalardan iborat?
Ish beruvchi va xodim o'rtasidagi mehnat munosabatlari qanday tekshiriladi?
Hisoblangan mehnat haqi va undan ushlanma va to‘lovlar to‘g‘riligini qanday tekshiriladi?
Xodimlar mehnatiga haq to'lash hisobini to‘g‘ri rasmiy- lashtirilishini tekshirish qanday ketma-ketlikda amalga oshiri- ladi?
Asosiy ishlab chiqarishdagi xodimga mehnat haqi hisoblanganda qanday buxgalteriya o‘tkazmalari bilan aks ettiri- ladi?
Xodimning daromadidan soliq summasi qanday tartibda hisoblanadi?
Korxonaning asosiy shtatida bo‘Jmagan ishchilar to- monidan bajarilgan ish, xizmatlar hajmi qanday tekshiriladi?
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xatoliklar aniqlangan- ganda auditorning hatti-harakatlari qanday bo‘ladi?
Boshqaruv xodimlarining maoshlariga sarflangan mab- lag'lar qaysi xarajatlar tarkibiga olib boriladi?