Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə35/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Takrorlash uchun savollar

  1. Ishlab chiqarish xarajatlari deb nimaga aytiladi?

  2. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi nimadan iborat?

  3. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining ma'lumot manbalari bo‘lib qaysi me'yoriy hujjatlar hisoblanadi?

  4. Asosiy ishlah chiqarish xarajatlarini tekshirish ketma- ketligi qanday?

  5. Davr xarajatlarini tekshirish tartibi qanday?

  6. Mahsulot tannarxini aniqlash uchun xarajatlami guruh- lash qaysi me'yoriy hujjatda belgilangan?

VII mavzu. XODIMLAR BILAN MEHNATGA XAQ TO‘LASH BO‘YICHA MUOMALALARI AUDITINING USLUBI

    1. Auditning maqsadi, ma'lumot manbalari. Buxgalteriya hi-
      sobi va icbki nazorat tizimi holatini tekshirish


Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'iy nazar korxonalardagi mehnat jarayoni ishtirokchilari (xodimlar va ish beruvchilar) o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi respublika mehnat qonunchiligming asosiy hujjati 0‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi12 (O‘zR MK) hisoblanadi. Unda xodimlaming asosiy mehnat huquqlari belgilangan.
«Наг bir xodim:

  • o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo'lmagan miqdorda haq olish;

  • muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘matish. bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek, haq to‘lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta'minlanadigan dam ol- ish;

  • xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoit- larda mehnat qilish;

  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • ish bilan boqliq holda sog'ligiga yoki mol-mulkiga yetkazil- gan zaraming o'mini qoplash;

  • kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoa- larining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga bir- lashish;

  • qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda, boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish;

  • o'zining mehnat huquqiarini himoya qilish, shu jumladan, sud orqaJi himoya qiiish va malakali yuridik yordam olish;

  • jamoalarga doir mchnat nizolarida o'z manfaatlarini quwatlash huquqiga egadir».13

Audit jarayonida auditor. ayrim korxona darajasida ishga haq to'lash va ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi ijtimoiy- mehnat munosabatlarini tartibga solish unda qabul qilingan ichki me'yoriy huijallar-mehnat shartnomalari asosida amalga oshirilganligi, ular korxona rahbariyati tomonidan mehnat jamoasi vakillari ishtirokida ishlab chiqilganligiga alohida e'tibor berishi lozim.
Mehnat shartnomalari:2

  • ish beruvchi bilan mehnat jamoasi vakil qilgan shaxs o'rtasida (jamoa shartnomasi);

  • ish beruvchi va ayrim xodimlar o'rtasida (mehnat shartno- masti, to‘liq moliyaviy mas’uliyat haqidagi shartnoma) tuzilishi mumkin.

  • quyidagilar ish beruvchilar bo'lishi mumkin:

  • korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida;

  • mulkdorlarning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar;

  • o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.

  • Ish beruvchi:

  • korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;

  • qonun hujuatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat tuzish va bekor qilish;

  • mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talah qilish;

  • o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun boshqa ish beru- vchilar hilan jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashma- larga a’zo ho'lish huquqiga egadir.

*Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalaming xodimlar ahvolini mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hu- jjatlarda nazarda tutiiganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emasligi kafolatlangan»J. Ulami qo‘llash mehnat qonunchiligini buzish hisoblanadi. Masalan, *agar ish beruvchi xodimga ish vaqtidan tashqari ishlagani uchun qonunchilikda belgilangan ustama haqni»2 to'lamagan taqdirda xodim o‘z qilgan mehnati uchun ish beruvchidan O‘zR MK da belgilab qo'ygan tartibda va hajmda hisoblashishni talab qilishga haqli. Ish beruvchi haq to‘lashdan bosh tortsa xodim kasaba uyushmasi vakillik organi (yoki korxona xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa biror organ) yoki sudga murojaat qilish hu- quqiga ega.
Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o'rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy kasbga oid munosa- batlami tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatdir. Uning shart- lari mehnat jamoasi a'zolari uchun ham, xodimlar uchun ham majburiy hisoblanadi. Jamoa shartnomasining predmeti mehnat va unga haq to'lash shartlari, mehnat jamoasi a'zolariga ijtimoiy uy-joy-maishiy va tibbiy xizmat ko'rsatish, ish beruvchi to- monidan beriluvchi kafolatlar va imtiyozlar hisoblanadi.
Jamoa shartnomasi xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o'zlari vakolat bergan boshqa vakillik organ orqali, ikkinchi tarafdan - bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.
Tekshiruv o'tkazishni boshlashdan awal auditor korxonada mehnatga haq to'lashning qanday shakllari va tizimlari qo‘llanilishi, xodimlar jadvali, mehnatga haq to'lash va muko- fotlash to‘g‘risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to'lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hi- sob bo'limi komputerlashganligi va boshqalarni aniqlashi lozim. Test savolnomasini o‘tkazish bo'yicha namunaviy savollar ro'yxati 7.1-jadvalda keltirilgan. 14
7.1-jadval

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin