Davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi «... xarajat- lar tarkibi to'g'risidagi Nizom» ga muvofiq aniqlanadi. Auditor davr xarajatlarini hisobga olishni va moliyaviy nati- jalar to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning to‘g‘riligini nazorat qilish maqsadida quyidagilami tekshirishi lozim: 9410 - «Sotish xarajatlari»; 9420 - «Ma'muriy xarajatlar»; 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar»; 9440 - «Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladi- gan hisobot davri xarajatlari» bo‘yicha o‘z vaqtida. ishonarli va to'liq aks ettirilishining ta'minlanishi; - ma'muriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to'lash va mukofotlash haqidagi Nizom, lavozim maoshlarining belgilan- gan xarajatlar smetasiga rioya qilinishi ustidan nazoratning ta'minlanishi. Shuningdek, audit jarayonida quyidagi xarajatlami davr xarajatlariga kiritishning asoslanganligi va o‘z vaqtidaligi tekshiriladi:
reklama xarajatlari (nashriyotda e’lon qilish, radiodan eshittirish va televideniye orqali ko‘rsatish. reklama mahsulot- larini ishlab chiqish va chop etish, stendlar va shitlar tayyorlash, video va diafilmlar namoyish etish va boshqalar);
subyektning O'zbekiston Respublikasi hududida va xori- jdagi yarmarkalar va ko'rgazmalarda ishtirok etishiga doir xara- jatlar (eksponatlami tayyorlash va yetkazib bcrish, modellar va maketlar tayyorlash. adabiyotlar va texnik hujjatlarni nashr qil- ish);
mahsulot (ish, xizmat)lami eksport qilish bilan bog'liq xarajatlar;
bojxona tadbirlari uchun to'lovlar;
-import muomalalarini amalga oshirishda vositachilik qiladi- gan tashkilotlarga to‘lanadigan komission to'lovlar summalari; -bojxona to‘lovlari, shuningdck, tovarlar va boshqa mulk- larni import qilish bilan bog'liq ho'lgan bojxonada amalga oshiriladigan rasmiylashtirish o'tkazish uchun to‘lovlar; -material qiymatliklarni sotib olish va tashib keltirish xara- jatlari; belgilangan me'yorlar va boshqaruv tomonidan tasdiqlan- gan smetalar doirasidagi subyekt faoliyati bilan bog'liq vakillik xarajatlari (shtatda turmaydigan tarjimonlar xizmatiga haq to'lash, ish yuzasidan muzokaralar vaqtida chet ellik vakillarning rasmiy qahulini o'tkazishga doir xarajatlar). Bunda qilingan xarajatlaming asoslanganligi va tasdiqlovchi hujjatlar (schyotlar, do'konlar va restoranlarning cheklari va boshqalar) ning mavjudligiga alohida e'tibor berish zarur.