Tovar-moddiy zaxiralari bilan bog‘liq
bosbqa muomalalar auditi
Ombor xo‘jaligining ahvoli va tovar-moddiy zaxiralar saqla- nishini tekshirish eng muhim auditorlik amallaridan biri bo'lib hisoblanadi. Subyekt faoliyatining ushbu sohasini har tomon- lama o'rganish uchun auditor omborlar, sexlar va ishlab chi- qarish zahiralari saqlanadigan boshqa joylarni tekshiradi. Bunda ishlab chiqarish zaxiralarini saqlash sharoitlari, yong'in xavfining oldini olish, omborlaming qurilmalar, texnikalar, asboblar bilan jihozlanganligi va ularning to‘g‘ri ishlatilishi, ombor binolarini qo'riqlash holati ham o'rganiladi. Ombor xo‘jaligining qoniqar- siz tashkil etilganiligi tovar-moddiy zaxiralar saqlanishi ustidan ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi. O'rganish jarayonida moddiy qiymatlikdami qabul qilish, saqlash va berishga aloqador xodimlaming moddiy javobgarlik- larini tashkil etishga maxsus e'tibor qaratiladi. Xodimlarning huquq va burchlari, ularning ish tartibi, qiymatliklami qabul qil- ish va berish, hamda ulami hujjatlashtirish tartibi, omborlarda natural o'lchovlarda hisobni yuritish, buxgalteriyaga hisobotlami taqdim etish muddatlari ko'rsatilgan standartlar yoki yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va moddiy javobgar shaxslarga taqdim qilish moddiy qiymatJiklami saqiashni ta'minlasJining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Tovar-moddiy zaxiralami saqlash joylarini ko‘zdan kechirish mohaynida moddiy javobgar shaxslardagi hujjatlar bo'yicha ular qiymatlildami qabul qilish va berishni rasmiylashtirish hamda omborxona hisobi daftari yoki kartochkalariga yozishni o‘z vaq- tida amaJga oshirilayotganligi tekshiriladi Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar va tayyor mahsulotlar quyidagi yoUlar bilan vujudga kelishi mumkin:
tayyor mahsulotlarni tayyoriash mobaynida xomashyolami almashtirish;
xomashyo va materiallami topshiruvchilaming og'iriikdan urib qolishi. namligini oshirib ko'rsatish va ularning navlarini pasaytirish;
tayyor mahsulotlami haridorlarga jo‘natish mobaynida o‘lchovdan, hisobdan va tarozidan urib qolishlar;
moddiy qiymatliklami yuklash. tashish, tushirish yoki saqlash mobaynida yo'qolgan deb asossiz dalolatnomalar tuzish va shunga o'xshash.
Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar. odatda, alohida saqlanadi. Ulami aniqlash uchun omborxona hisobi dattari yoki kartochkalari ma’lumotiaridan foydalaniladi. Agar hisobga olin- magan oshiqcha matcriailar bo‘Isa, aiohida turdagi materiallam- ing ma'lum davrlardagi chiqimi, qoidaga ko‘ra, ularning kirimi- dan oshib ketadi. Bunday oshiqcha sarilashlar shu nomdagi ma- terialiaming keyingi tushumlari va kirimlari hisobidan qopla- nadi. Ombor xo'jaligini ko‘zdan kechinsh va moddiy qiymatliklar saqlanishining nazoratini hujjatlar asosida tekshirish bilan izchil amalga oshirish tovar-moddiy zaxiralaming saqlanishi to‘g‘risida asoslangan xulosalar qilish va profilaktik tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi. Tovar-moddiy zaxiralarining to'liq kirim qilinishini tek- shirish mobaynida audilor mol yetkazib beruvchilar bilan hisob- kitoblaming shakllari va shartlarini. talangan baholash usulini, sotib olingan qiymatliklar bo'yicha QQS ni qoplash tartibini hi- sobga olishi zarur. Tovar-moddiy zaxiralarining tushumi va kirim qilinishi mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar (tovar-transport yuk xatlar, schyot-fakturalar. qadoqlash yorliqlari, sifat guvohnomasi, qabul kvitansiyasi va boshqalar) asosida tekshiriladi. Omborxona kirim hujjatlarini mol yetkazib beruvchilaming kuzatib boruvchi hujjatlari yoki materiallami chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari bilan solishtirish omborxonada sodir bo'lgan kirim muomalalarini tekshirishning umumiy usuli hisoblanadi. Tezkor va xizmat yuzasidan uzatiladigan axborotlar ham auditorlik tekshiruvning obyekti hisoblanadi. Masalan, kelgan yuklarni hisobga olish jurnalidan moddiy qiymatliklarning as- sortimenti va yetkazib bensh muddatlari to'g'risidagi ma’Jumotlarni mol yetkazib beruvchilar bo‘yicha olish mumkin. Auditor bunday hisobning mijoz-subyektda qanday tashkil etil- ganligini o'rganadi. Xususan, har bir mol yetkazib beruvchi bo‘yicha shartnomada materiallarning yetkazib berilish muddat- lari va assortimenti ko'rsatilayotganligi hamda haqiqatda olingan materiallarning assortimenti, olinish sanasi ko‘rsatilgan holda qabul qilinganligi tekshiriladi. Operativ hisobda keltirilgan ax- borotlarning ishonchliligini aniqlash uchun auditor ularni bux- galteriya hisobida aks ettirilgan ma'lumotlar hilan taqqoslaydi. Kelayotgan yuklami hisobga olish jurnali va mol yetkazib berish shartnomalarini hisobga olish kartochkalaridagi yozuvlar bo'yi- eha auditor tekshirilayotgan davr ichida qanday mol yetkazib berishlar amalga oshirilganligini aniqlashi mumkin. Agar moddiy qiymatliklar jismoniy shaxslardan yoki yuridik shaxs huquqiga ega bolmagan tadbirkorlardan naqd pulga sotib olingan bo‘lsa, auditor harid dalolatnomalarining mavjudligi va lo'g'ri rasmiylashtirilganligiga e'tibor qaratadi. Harid dalolatno- masida quyidagi majburiy rekvizitlar bo‘lishi lozim: sotuvchining pasport ma'lumotlari, moddiy qiymatliklarning nomi, miqdon va qiymati. Olingan moddiy qiymatliklarni rasmiylashtiradigan ichki hu- jjatlarga yukni qabul qilih oluvchi shtamp bosilgan mol yetkazih beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari, kirim dalolatnoma- lari, kirim orderlari va yukni qabul qilish tartibiga ко‘га ayrim boshqa hujjatlar kiradi. Sotib olingan moddiy qiymatliklarning to‘g‘ri baholanishi va to‘liq kirim qilinishini tekshirishni boshlashda auditor moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan vedomostlarda aks ettirilgan jami summalarning boshqa hisob registrlari ma'lumotlariga mos- ligini aniqlaydi. 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lana- digan schyotlar» (joriy qismi) va 7010 - «Mol yetkazib beruv- chilar va pudratchilarga to'lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) bo'yicha sintetik hisob registrlari ma'Iumotlari, hamda omborxonalaming kirim hujjatlari bo'yicha auditor olingan ma- teriallarning miqdorini va yuklami qabul qilishning to'g'ri ras- miylashtirilishini aniqlaydi. Buning uchun mol yetkazib beruv- chilarning puli to‘Iangan schyotlari va boshqa to‘lov huijatlarini kirim orderlari, qabul qilish dalolatnomalari hamda omborxona hisobi kartochkalaridagi yozuvlar bilan taqqoslaydi. Moddiy qiymatliklarning to‘liq kirim qilinganligini tek- shirishda auditor mol yetkazib bcruvchilaming hisobga olinma- gan schyotlarini aniqlash maqsadida. mol yetkazib beruvchilar- dan kreditor qarzlaming haqqoniyligiga e’tibor qaratadi. Buning uchun u buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlami taqdim qilingan schyotlar, shartnomalar va mol yetkazib beruvchilarga to'langanlik to‘g‘risidagi pul hujjatlari ma'lumotlari bilan sol- ishtiradi. Tovar-moddiy zaxiralarining kirimiga doir muomalalami hujjatlar bo‘yicha tekshirish mobaynida qabul qilishning miqdor va sifat qoidalariga rioya qilinishi; qabul qilish dalolatnomalari, tijorat dalolatnomalari, qabul qilishda aniqlangan tafovut dalolatnomalarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi; moddiy javobgar shaxsiar hisobotlari va isbotlovchi hujjatlar reestrlarining buxgal- teriyaga o‘z vaqtida taqdim qilinishi aniqlanadi. Tafovutlar aniqlanganida hujjatlami qarama-qarshi tekshiruvdan o‘tkazish zarur. Moddiy qiymatliklaming to'liq kirim qilinganligini tek- shirishda ichki hujjatlar mol yetkazib beruvchilaming kuzatib boruvchi hujjatlari bilan solishtiriladi. Auditor olingan moddiy qiymatliklar sifati va miqdoridagi tafovutlaming dalolatnomalar bilan to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va mol yetkazib beruvchilarga yoki transport tashkilotlariga (masalan, avtobaza, temir yo‘l kompamyasi) o‘z vaqtida da'vo qo‘zg‘atilganligini o'rganadi. Ayrim hollarda bunday tafovutlar moddiy qiymatliklami o'zlashtirish va kamomadni yashirish maqsadida qalbaki dalolat- nomalarni rasmiylashtirish oqibatida yuzaga kelishi mumkin.