Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


I mavzu. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MOLIYAVIY NAZORAT TIZIMI VA UNDA AUDITNING TUTGAN O‘RN1



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə3/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

I mavzu. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
MOLIYAVIY NAZORAT TIZIMI VA UNDA AUDITNING
TUTGAN O‘RN1


    1. 0‘zbekbton Respublikasida moliyaviy nazoratning
      tashkiliy asoslari


Davlatni boshqarishning muhim funksiyalaridan bin bo‘lgan moliyaviy nazorat davlat tuzilmasining ajralmas qismi hisoblanadi. Bozor iqtisodyotiga o‘tish sharoitida moliyaviy nazoratning roli yanada oshadi. Bir tomondan, moliyaviy na- zorat moliyani boshqarishning yakuniy bosqichi hisoblanadi, boshqa tomondan esa, uni samarali boshqarishning zarur sharti bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat moliyaviy ге- surslar harakatining hamma jarayonlarini o‘z ichiga oladi. mablag'larni tashkil topish jarayonidan boshlab, har qan- day faoliyatni boshlashdan to uning moliyaviy natijalarini aniqlashgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, davlat mulkini xususiylashtirish natijasida moliyaviy mexanizm va moliyaviy tizimni tashkil etish talabini qo‘yadi. Natijada ushbu sharoitda moliyaning o‘zi kabi moliyaviy nazoratning ham maqsad va vazifalari. shakllari tubdan o‘zgardi. Endi u faqatgina jazolovchi organ sifatida emas. balki davlatning o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan mablag'larning to‘liq to‘planishi. budjet mab- lag‘laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat qilishni na- zorat qilish, maslahat va ko'rsatmalar berish kabi vazifalami bajarmoqda. Iqtisodiyotning markazlashmagan tizimga o‘ti- shi, O'zbekiston Respublikasi mulklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish natijasida moliyaviy nazorat- ning roli yanada oshadi.
O‘zbekiston Respubfikasi rahbariyati tomonidan davlat nazoratini tashkil etish muammosiga qayta qurish jarayo- nida juda katta e'tibor berilmoqda va quyidagi me'yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilindi: O'zbekiston Respublikasi- ning 1992-yil 13-yanvar №504-XII «O'zbekiston Rcspubli- kasi Prezidenti huzuridagi O'zbekiston Respublikasi dav- lat nazorati qo'mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonu- ni, O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabr № 734- XII «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, mazkur Qonurming yangi tahriri O'zbekiston Respublikasi 2000-yil 26- maydagi 78-П sonli Qonuniga muvofiq tasdiqlangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-fev- raldagi «O‘zhekiston Respublikasida davlat nazorati tizimini takomillashtirishning ayrim choralari to‘g‘risida»gi Farmoni, 1996-yil 8-avgustdagi «Tekshirishlarni tartibga solish va na- zorat qiluvchi organlaming faoliyatini muvofiqlashtirishni akomillashtirish to‘g‘risida» kabi hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Ushbu ishlar yana davom ettirilib, 2000-yildan xozirgi davrgacha O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ko‘plab qonunchilik aktlari qabul qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi «Budjet tizimi to‘g‘risidagi», «Davlat budjetining g'aznachilik ijrosi to‘g‘risida»gi Qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 13-dekabrdagi №PQ-3161 Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi Qarori va boshqalar) .
Amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni quyida- gicha guruhlash mumkin:
Xo‘jalik subyektlarining faoliyatini davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabr №717-1 «Xo‘- jalik subyektlari faoliyatini davlat nazorati to‘g‘risida»gi Qonuni asosida tartibga solinadi;
Davlat nazoratini prokuror nazorati tomonidan amalga oshirilishi tegishli qonunchilik asosida tartibga solinadi;
Davlat nazoratini soliq tekshiruvlari yo‘li bilan amalga oshirish tegishli soliq qonunchiligi tomonidan belgilanadi. Lekin O‘zbekistonda moliyaviy nazoratni tashkil etishga alo- hida e'tibor qaratilganligi bilan umumiy qabul qilingan ja-

hon amaliyotiga to‘liq mos keltirish bo‘yicha tegishli ish- larni amalga oshirish lozim.
Moliyaviy nazorat tizimi o‘z tarkibida — subyektlar (nazo- rat qiluvchilar), obyektlar (nazorat qilinuvchilar), nazorat- ning usul va vositalarini birgalikda jamlaydi.
Moliyaviy nazoratning maxsus uslublari: doimiy monitor- ing-kuzatuv. markazlashgan topshiriqlar bo‘yicha tekshirish, xarajatlar smetasining ijrosi yuzasidan hujjatli taftish, xo‘jalik faoliyati tahlili singari birmuncha xususiy uslublarga bo'linadi Oraliq vazifalami bajarish uchun hujjatlarni muqo- bil tekshirish, pul mablag‘lari va moddiy boyliklami ro*yxat- ga olish, miqdor hisobni tiklash va boshqalardan foydalaniladi.
Moliyaviy nazorat, shuningdek. majburiy va o‘z ta- shabbusiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Nazorat samaradorligiga rasmiy va mantiqiy, hujjatlar va faktlar asosidagi tekshirishlar kabi xilma-xil usullami qo'shib foydalanish orqali erishiladi.
Bundan tashqari, budjet ijrosining nazorati to‘liq yoki qisman. kompleks yoki mavzuli, yoppasiga yoki tanlab o'tkaziladigan nazorat turlariga bo'lish tekshirish hajmi, yoki tekshirilayotgan obyektning to'liq qamrab olinishiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi ham moliyaviy nazorat sohasida jahondagi rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, ularda mavjud bo'lgan moliyaviy nazorat tizimiga o‘tish borasida muhim bo'lgan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har to- monlama xolis bo'lgan, ijroiya hukumatiga emas, balki qonun chiqaruvchi davlat organiga bo'ysunuvchi O‘zbekiston Respub- likasi hisoh palatasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093 sonli «O'zbekiston Respublikasi hisob palatasini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoniga asosan tashkil etildi.
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to‘g‘ri belgilash muhim hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo'lish maqsadga muvofiq hisoblanadi: hudjet-moliyaviy nazorati. moliyaviy xo‘jalik (tadbirkorlik. tijorat) nazorati, mustaqil audit. (1-chizma)
Moliyaviy budjet nazoratining subyektlari bo‘lib, birinchi navbatda. nazorat huquqiga ega bo'lgan davlat organlari, qonun-
chilik va ijro oiganlari va boshqaruv hisoblanadi. O‘zbekistonda bunga Oliy Majlisning Senat va qonunchilik palatasi, Prezident Devoni. Vazirlar Mahkamasi, moliya vazirligi, Markaziy bank va boshqalar kiradi.

Moliyaviy nazorat funksiyasi bo'limi

Moliyaviy nazoiatga kiruvchi mustaqil audit- ning maxsus funksiyasi boTimi

Budjet- moliyaviy nazorati

moliyaviy-xo‘jalik (ladbirkorlik, tijoral) nazorati

Mustaqil audit

Budjet daromad va xarajat mod- dalarini lek- shirish

Moliyaviy xo‘jalik faoli- yatini va moliyaviy hi- sobotlaming lo‘g‘riligini lekshiiish

Moliyaviy hisobotlar- ning lo'g'riligini las- diqlash

Mavzu bo'yicha tekshirish yoki operatsion audit




Baholash dasturi, aniq natijalar olishga moTjallash, «sanset» metodi




Taftish va tekshirish natijalarini kamomad hamda o‘g‘irliklar sodir bo‘lganda yuqori tashkilolga taqdim etish

Auditorlik firmasining mashhat xizmatlari

1 1-chizma Moliyaviy nazoralni har bir tor funksiyasi bo‘yicba ho‘limi


    1. Davlat moliyaviy nazoratining turlari va uning umumiy
      asosiy faoliyati


Davlat moliyaviy nazoratining obyekti bo‘lib, 0‘zbekiston Respublikasi budjeti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tekshirish orqali uning buzilishiga yo‘l qo'ymaslik. buzilish holati sodir bo'lsa, aniqlash va kamchilik- lami bartaraf etish hisoblanadi.
Davlat moliyaviy nazorati quyidagicha guruhlashtiriladi:

  1. Nazoratni amalga oshiruvchi organning bog‘liqligiga qarab, ichki va tashqi davlat moliyaviy nazoratiga bo‘linadi;

  2. Budjetning tegishli darajasiga bog‘liq holda, davlat bosh- qaruvi darajasiga ko'ra Respublika va mahalliy darajada amalga oshiriladi.

Davlat moliyaviy nazorati organlari tizimiga quyidagilar kiradi:

  1. O'zbekiston Respublikasi hisob palatasi;

  2. 0‘zbekiston Respublikasi moliya vaziiligi nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari;

  3. Davlat boshqaruvi respublika va mahalliy organlarining ichki nazorat xizmati.

Rejadan tashqari nazorat O'zbekiston Respublikasi Preziden- ti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, shunga vakil davlat or- ganlari va deputatlik so'rovlari asosida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining subyektlari:
Davlat moliyaviy nazoratining subyektlari bo'lib, nazorat qilishga vakolati bo‘lgan Davlat hokimiyati organlari, birinchi navbatda, qonunchilik, hukumat ijro va boshqaruv organlari hisoblanadi. O‘zbekistonda ularga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama- si, Moliya vazirligi va 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa davlat boshqaruv organlari kiradi.

  1. O'zbekiston Respublikasi hisob palatasi

Davlat moliyaviy nazoratining yuqori organi O'zbekiston Respublikasi hisob palatasi hisoblanib, uning tomonidan Davlat budjeti ijrosi, Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari fondlar budjetining tashqi nazoratini amalga oshiradi hamda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga bevosita bo'ysu- nadi va hisobdor hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasi davlat budjeti baja- rilishi nazoratini amalga oshiradi:

  • Davlat budjeti, davlatning maqsadli va boshqa budjetdan tashqari fondlarining ijrosi natijalari bo'yicha hisobotni ko'rib chiqadi, ma'qullanganda u ho‘yicha tegishli xulosa beradi;

  • Davlat budjeti, davlatning maqsadli va boshqa budjetdan tashqari fondlarining bajarilishini, shu bilan birga, soliq va boj- xona organlarini, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi or- ganlar faoliyatining monitoringini amalga oshiradi;

  • Budjet mablag'larining harakati to‘g‘risida qonunchilik doirasida bankdan ma'Jumot oladi;

  • Moliya organlari. g‘aznachilik bo'limlari. budjetdan mab- lag‘ oluvchilar va xo‘jalik subyektlari moliya-xo'jalik faoliyatini tekshiradi hamda taftish o'tkazadi;

  • Qonunchilikda ko'zda tutilgan boshqa vakolati doirasida faoliyat ko'rsatadi

0‘zbekiston Respublikasi hisob palatasi yilning har cho- ragida Davlat budjeti, davlatning maqsadli va boshqa budjetdan tashqari fondlarining bajarilishi natijalarini ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.

  1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi taqdim qilgan Davlat budjeti ijros- ini yilning har choragida ko‘rib chiqadi.
v) O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjetining ijrosi nazoratini amalga oshiradi:

  • turli darajadagi budjet ijrosi natijalarini ko‘rib chiqadi;

  • soliq va bojxona organlari, davlat maqsadli fondlari taq- simlovchi organlardan turli darajadagi budjetlar mablag'larining kelib tushishi to‘g‘risida axborotiar oladi;

  • davlat budjeti mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan budjet mablag‘lari oluvchilari yuridik majburiyatlarini ro'yxatdan o'tkazish orqali (G‘aznachilik) dastlabki nazoratni amalga oshiradi;

  • budjetdan mablag' oluvchilar moliyaviy majburiyatlarining hisobini yuritish orqali (G‘aznachilik) va ulaming nomidan mol yetkazib beruvchilar tovar (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun ulaming schyotiga bevosita pul o'tkazish orqali yoki boshqa ko'zda tutilgan maqsadlar uchun (ish haqi, majburiy to'lovlarni to‘lash va boshqalar) to‘lovni amalga oshirish orqali joriy nazoratni amalga oshiradi;

  • qonunchilikka ko‘ra bankdan budjet mablag‘larining hara- kati to‘g‘risida ma'lumot oladi;

  • o'zining vakolati doirasida taftish o'tkazadi va budjetdan mablag‘ oluvchilar moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshiradi;

  • keyingi davlat moliyaviy nazoratini (O‘zbekiston Respub- likasi Moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo'linmaiari) respublika va mahalliy darajada amalga oshiradi.

g) ichki nazorat xizmati
Respublika va mahalliy davlat hoshqaruvining ichki nazorat xizmati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda nazorat funksiyasini amalga oshiradi.
Ichki nazorat xizmati:

  1. davlat organlarining faoliyati yo‘nalishi bo'yicha uning ishining unumdorligi va sifatini oshirish maqsadida amalga oshiradi;

  2. davlat organlari, uning hududiy bo‘linmalari va bo'ysinuvchi tashkilotlar faoliyatining yo'nalishi bo'yicha baho- lashni amalga oshiradi hamda davlat organlarining birinchi ra- hbariga uning faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi;

  3. O‘zbekiston Respublikasi budjet va boshqa qonunchilikla- rini davlat organlari rioya qilishini tekshirishni amalga oshiradi;

  4. Davlat organlarining strategik va operatsion rejalarini amalga oshirishni va natijalarini baholashni tekshirishni amalga oshiradi;

  5. Davlat organlari tomonidan hisob va hisobotni to‘g‘ri va ishonchli yuritilishi nazoratini amalga oshiradi;

  6. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq respub- lika va mahalliy budjet mablag'laridan foydalanishda buzilish- larni aniqlaydi, oldini oladi va yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tadbir- lami amalga oshiradi;

  7. Nazorat natijalrining jami bo'yicha qaror qabul qi- lish, nazorat obyektlarining yo'nalishi va ijrosining nazoratini amalga oshiradi;

  8. Nazorat obyektlaridan belgilangan muddatlarda na- zorat o‘tkazish bilan hog'liq zarur hujjatlar, spravka. og‘zaki va yozma tushuntirish xatlari so'rashi va olishi mumkin;

  9. nazorat tadbirlarining savollari bilan bog'liq, te- gishli sir saqlash rejimiga rioya qilishi, xizmat, tijorat yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan simi saqlagan holda na- zorat obyekti hujjatlari bilan hech qanday to'siqsiz tanishishi;

  10. davlat organi rahbari belgilagan vakolat doirasida boshqa ishlami amalga oshirishi mumkin.

Ichki nazorat xizmati davlat organi rahbariga nazorat natijalari to'g'risida hisobotlar va davlat organi ishining samaradorligini oshirish maqsadida. uning faoliyati bo‘yicha to‘g‘ri va yakuniy natijalarga erishish uchun ichki jarayon- lar, qoidalar. protsesslarni yaxshilash bo'yicha tavsiyalar heradi.
Ichki nazorat xizmati tashkiliy jihatdan boshqa tarkibiy bo'linmalarga bog'liq emas, faqat davlat organining birin- chi rahbariga bo‘ysinadi va unga hisohot beradi.
Ichki nazorat xizmati ijro organi ho‘lib. viloyat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi, ijro organlarida ichki davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi, viloyat budjeti hiso- hidan moliyalashtiriladi va tegishli ijro organlari tuman (viloyal ahamiyatga ega shahar) budjeti hisobidan moliya- lashtiradi.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin