Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Davlat moliyaviy naznrati turlari



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə5/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Davlat moliyaviy naznrati turlari
Davlat moliyaviy nazorati organlari o‘zining vakolati doirasida quyidagi nazorat turlarini amalga oshiradi:

  1. kompleks nazorat — aniq davr ho'yicha hamma masalalar bo‘yicha nazorat obyektlarini tekshirish va faoli- yatini baholash;

  2. tematik nazorat aniq davr bo‘yicha ayrim ma- salalar bo‘yicha nazorat obyektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;

  3. muqobil nazorat uchinchi shaxs nazorati. tek- shirilayotgan savol doirasida asosiy nazorat obyekti bilan bog'liq faqat o'zaro munosabatlar savollari qarab chiqiladi;

  4. qo‘shma nazorat davlat moliyaviy nazorati organlari boshqa davlat organlari hilan hamkorlikda o'tkazadigan na- zorat.

    1. Davlat sektorida ichki nazorat xizmati faoliyatining taj-
      rihasi va ichki auditni yanada rivojlanishining nazariy asoslari


«Davlat moliyasini boshqarish islohotlarining stragi- yasining yakuniy maqsadi — O'zbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimi ustidan nazoratni yaxshilash hisoblanadi». Haqiqatda ham yangi qoida va yangi sistema davlat moliyasini hoshqarish jarayonlarini amalga oshirish hilan kuchga kiradi yoki ishlab chiqiladi. Ular ichki na- zoratning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Moliya xo‘jalik faoliyatining taftishi-nazorat faoliyatini yuqori xarajatli va ko‘p mehnat talab qiluvchi instrumenti hisoblanadi, so'zsiz tashkilotlaming moliyaviy xo‘jalik faoli- yatidagi kamchilikiar va qoidabuzarliklami aniqlash imkonini beradi. Lekin jahon tajribasida yangi kam xarajatli nazorat faoliyatining metod, shakl va usullari paydo bo‘lmoqda.
Nazorat usullarini yangi shakllaridan foydalanishning zaruriyati shundaki, nazorat organlari budjet mablag‘lari xarajatlarining to'g'riligi va maqsadga muvofiqligini, tash- kilot asosiy faoliyati xarajatlarini samarali foydalanish nu- qtayi nazardan ko‘rib chiqiladi. Ushbu vazifalami yechish uchun har bir tashkilot yoki tashkilotlarda ichki nazorat va ichki auditni yo‘lga qo‘yilgan mexanizmi ishlashi lozim.
Ichki nazorat tushunchasi yangi emas. u XVIII asming boshlarida paydo bo'lgan va XX asming boshlarida to'liq shakllangan hamda unda quyidagi majburiy elementlar bo'lishligi belgilangan: vakolatlami bo'lish, xodimlaming ro- tatsiyasi, hisob yozuvlaridan foydalanish va tahlil qilish. XX asming oxirlarida ichki nazoral risklami nazorat qilish vositasiga aylandi va uning funksiyasi menejment riski bi- lan bevosita bog'liq bo'ladi. Bunda ichki nazorat ichki audit bilan juda bog'liq bo'ladi
Hozirgi amaliyotda ichki nazorat va ichki audit bo'yicha quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
«Ichki nazorat — bu jarayon, kompaniya direktorlar ken- gashi, menejment va boshqa xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan, quyidagi vazifa va maqsadlarga erishish uchun yo‘naltirilgan:
- kompaniya operatsiyalarining samaradorligi va natijaviy- ligi; - moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi;
Tcgishli qonunchilik, qonun osti akt va reglamcntla- riga rioya qilinishi» (Commiltee of Sponsoring Organi- zations of the Treadway Commission. «Internal Control — Integrated Framework», 1992).
«Ichki audit-bu faoliyat bo'yicha mustaqil va obyektiv tasdiqlash va maslahat berish, aksioner qiymatni oshirish yo'nalishi va tashkilot xojalik faoliyatni takomillashtirish kabi tushuniladi. Ichki audit tashkilotni qo‘yilgan maqsad- ga erishishi uchun, haholashga tizimli va ketma-ket yon- dashuv va risklarni boshqarish jarayonlari samarasini oshirish, ichki nazorat va korporativ boshqarishga yordam heradi.» (The Institute of Internal Auditors, «The Professional Ргас- tices Framework», June 2002).
Ichki nazorat —budjet tashkiloti rahhariyati va boshqa xodimlari tomonidan amalga oshiradigan jarayon va davlat funksiyasini bajarish bo‘yicha operatsiyalar natijasi va davlat xizmatini taqdim qilish, ishonchli hisohotlar bilan ta'minlash va qonunchilik hamda boshqa normativ-huquqiy akt va reg- lamentlarga rioya qilishdan iborat.
Ichki audit-obyektiv faoliyat bo‘lib, ichki nazoratni samarali amalga oshirishga yo'naltirilgan, tuzilayotgan hi- sobotlarni va budjet tashkiloti faoliyati samarasini hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim qilishga yo'naltirilgan.
Bunda shuni ta'kidlash kerakki. ichki nazorat tash- kiliy birlik hisoblanmaydi, balki ko‘proq yoki kamroq dara- jada unda ishtirok etayotgan hamma xodimlar faoliyatiga bog'liq bo'ladi.
Agar ichki nazorat va audit masalasi g‘aznachilik tizi- mida qarab chiqiladigan bo‘lsa, hozirgi vaqtgacha ushbu yo‘nalishda ma'lum bir ishlar amalga oshirilgan.
Hozirgi vaqtgacha yagona qonunchilik bazasi va te- gishli qonun osti aktlari, tartibga soluvchi jarayonlar va dav- lat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi prinsiplar (davlat sektorida nazorat faoliyati bilan bog'liq asosiy normativ aktlar 1.1. punktda keltirilgan).
А) Awalo nazariv asoslarini ko'rib chiaamiz:
Ichki nazorat tashqi taftish organi tomonidan amalga oshiriladigan nazoratdan farq qiladi. Bu nazoratning inte- grallashgan tizimi bo'lib tashkilotga moslashtirilmagan. Natijada, ichki nazorat, ko'pincha, boshqaruv nazorati sifa- tida tushuniladi.
Ichki nazorat faqat moliyaviy boshqaruvga taalluqli bo‘l- masdan, davlat boshqaruvi tadbirlarining operatsion aspekti hisoblanadi.
Rahbariyatning istagi bo'yicha zamonaviy nazorat tizi- mini qo‘llab-quwatlash, uni qo'llash, egalik qilish konsepsi- yasini muvaffaqiyatli amalga oshirish asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Boshqaruvning ierarxiyasida hamma muassasalarda ichki nazorat jarayoni amalga oshiriladi. Ichki nazoratning markaziy elementi tashkilotning barcha xodimlari o'zining qarorlari va harakatlariga javobgar ekanligi hisoblanadi.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin