Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə62/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Zaxira kapitali auditi

Zaxira kapitali, agar Nizomda ko'zda tutilgan bo‘lsa, sof foydani zaxira qilish yo‘li bilan xususiy kapitalni to‘ldirib borish uchun tashkil etiladi. O'zhekiston Respublikasi amaldagi qonunchilikka muvoftq aksiyadorlik jamiyatlari jamiyat Nizomi bilan belgilangan. lekin Nizom kapitalidan 15% kam bo'lmagan miqdorda zaxira kapitali tashkil etish huquqiga ega.
21-son BHMS ga ko‘ra, «Korxona ta'sis huiiallariga asosan foyda hisobidan shakllanliriladigan zaxira kapitali, mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyatsiya rezervlari, pul mab- lag‘laridan tashqari tekinga olingan mulklar to‘g‘risidagi ax- borotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiri- ladi:
8510 - «Mulkni qayla haholash bo‘yicha tuzatishlar»;
8520 - «Rezerv kapitali»;
8530 - «Tekinga olingan mulk».
Auditor zaxira kapitali hisobi bo'yicha buxgalteriya 0‘tkazmalari to‘g‘ri ekanligini tekshirishi lozim.
Korxona Nizom kapitalini xorijiy kapital ishtirokida shakllantirishda qo‘shilgan kapital deb ko'rsatiladigan kurs farqi hosil bo'lishi mumkin.
Nizom kapitaliga ulush sifatida haqiqatda kiritilgan, moddiy qiymatliklar, nomoddiy va moliyaviy aktivlami baholash ularni ta'sis huijatlarida va dastlabki kelishuvlarda baholashdan farq qilishi mumkin.
Auditor, shuningdek, zaxira kapitali to‘g‘ri tashkil etilganligi va to‘ldirilganligi, ya’ni: foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilgan zaxira kapitali Nizom kapitalining 15% dan kam emas- ligi, mol-mulkni (asosiy vositaiami) qayta baholashdan hosil bo'lgan barcha inflyatsiya zaxiralari zaxira kapitali ko‘payishiga o'tkazilganligi, bepul kelib tushgan mol-mulkning barchasi zaxira kapitalning ko'payishiga ohkazilganligini tekshiradi. Tek- shirish manbasi bo‘lib korxona Nizomi, O'zbekiston Respub- likasi hukumatining qayta baholash to‘g‘risidagi qarori, qayla baholash bo'yicha hisob-kitoblar, mol-mulkni bepul olish to‘g‘risida shartnomalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, bildirishnomalar (avizo) va boshqalar hisoblanadi.
Zaxira kapitali ishiab chiqarishni rivojlantirish, korxona faoliyati tugatilganda ish haqi va soliqlami budjetga to'lash, in- flyatsiya bo'yicha zararlami qoplash, aksiyadorlik jamiyati hay ati qaroriga muvofiq Nizom kapitalini to'ldirish, qayta ba- holash summalarini qoplash va aksiyadorlik jamiyatining boshqa yo'nalishlari uchun foydalaniladi. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarida foyda yo'qligi yoki u yetarli emasligida zaxira kapitali imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlami to'lash uchun yo‘llanishi mumkin.
Auditor zaxira kapitali mablag‘lari korxona xodimlariga moddiy yordam ko‘rsatishga. mehnatga haq to'lashga yoki mu- kofotlar to‘lashga ishlatilganligi holatlari bilan to‘qnash kelishi mumkin. Shu bois, auditor zaxira kapitali ishlatilishini zaxira kapitali schyotidagi yozuvlami tahlil qilish yo‘li orqali ta'sischilar bilan hisob-kitoblar hisobi va taqsimlanmagan foyda schyotlari bilan korrespondentlanishini sinchkovlik bilan tek- shirishi lozim.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin