Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


lchki nazorat tizimini baholash, auditning reja va dasturini tuzLsh



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə65/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

11.2. lchki nazorat tizimini baholash, auditning reja va
dasturini tuzLsh

Moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruviga kirishayot- ganda, auditor moliyaviy Jusobot bo'yicha icliki nazorat tizimi hoJatini baholashi lozim. 11.3.-jadvalda testlami o‘tkazishda qo‘llaniladigan namunaviy savollar ro'yxati keltirilgan.
11.3.-jadval
Ichki nazorat tizimini baholash yuzasidan testlar
Korxona
Davr
Tuzdi (familiyasi, ismi, sharifi)
Sana (hujjat tayyorlangan sana)
Tekshirdi (familiyasi, ismi, sharifi)



Tekshirilayotgan savollar

Ha

Yo'q

Izoh

1

2

3

4

5

1. Tashkil etilisbi

1.1.

Amalga osliiriladigan faoliyat bo'yicha shaxsiy javohgarlik chegaralari belgilanganmi?













1.2.

Buxgaheriya hisobini yurilish uchun ishchi jad- vallar maviudmi?










1.3.

Ichki audit ho'limi mavjudmi (ushbu bo'lim xodimlarining malakasi va haqqoniyligini ko'rib chiqing)?










2. Nazorat

2.1.

Moliyaviy axborot va ichki nazorat muolajalarini xodimlarga yelkazish tizimi tashkil ctilganmi?










2.2.

Tashkilot taftish komissiyasining tavsifi:
a) majburiyatlari aniq belgilangan;
h) majburiyatlarini bajarish uchun zaxira va vako- latlar mavjudligi (kasbiy nazoratchilar va mutax- assislar)










3. Hisobot

3.1.

Oraliq moliyaviy hisobot: mimtazam ravishda tuziladi; vaqfi-vaqti bilan tuziladi;
yetarli darajada mufassal tuziladi










3.2.

Qaysidir bir xodim kassaligi. mehnat ta'tilida bo'lganligi yoki xodimlar yetishmasligi natijasida yo'qligida majhuriyatlar taqsimlanishiga rioya qil- inadimi?










3 3.

Hisobotlarni taqdim etish jadvaliga rioya qili- nadimi?










3.4.

Hisob siyosatiga oid buyniq qabul qilinganmi?











Testlar o'tkazilgandan keyin auditor moliyaviy hisobot ishonchliligi auditorlik tekshiruvining rejasini audit o'tkazishning umumiy rejasiga kiritishi lozim. Auditorlik tekshiruvi o‘tkazish- ning namunaviy rejasi 11.4.-jadvalda keltirilgan.
11.4-jadval
Auditorlik tekshinivining rejasi
Tekshiiilayotgan korxona
Audit o'tkazish davri 20 yil « »
Odam-soat miqdori
Auditorlik gumhi rahbari
Auditorlik guruhi tarkibi
Auditorlik tavakkalchiligi % Ahamiyatlilik darajasi %



Rejalashtirilgan ishlar turi

O'tka- zish davri

Ijrochi

Iznh

1.

Moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobi registrlar ko'rsatkichlari bir-biriga mu- vofiqligini tekshirish










2.

Buxgalteriya baiansi to‘g‘ri tuzilganligini tekshirish










3.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot to'g'ri tuziJganligini tekshirish










4.

Boshqa shakldagi hisobotlar to‘g‘ri tuzil- langanligini tekshirish











Audit rejasi tuzilgandan keyin moliyaviy hisobot ishonch- ligining tekshiruvi bo'yicha batafsil auditorlik dasturi tayyorla- nadi. Namunaviy dastur 11.5,-jadvalda keltirilgan.
11.5.-jadval
Auditning dasturi
Te kshi ri 1 ayotgan korxona
Audit o'tkazish davri 20 yil « »
Odam-soat miqdori
Auditorlik guruhi rahbari
Auditorlik guruhi tarkibi _ _
Auditorlik tavakkalchiligi %_ _
Ahamiyatlilik darajasi % _ _ _



Tekshiriladigan savollar ro‘yxati va (yoki) auditorlik muolajalari

Auditorlik muo- lajalarga: ya’ni testlar, uslubi- yotlar va bosh- qalarga asoslan- ganligi

O'tkazish davri

Ijrochi

Ishchi hujjatlar

1. Moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobi regis ko'rsatkichlari hir-hiriga muvofiqligining audit

rl»r i

1.1.

Moliyaviy hisobot ishonch- liligini la'minlovclii omil si- fatida buxgalteriya hisobi schyollaridagi yozuvlar
asoslanganligini tekshirish













1.2.

Hisob registrlari to‘g‘ri tuzilganligini lekshirish













1.3.

Когхопа moliyaviy hi- sobotini o‘rganish va u bel- gilangan muddatlarda
taqdim etilishini lekshirish













1.4.

Tahliliy hisob
ko‘rsatkichlami Bosh kitob va balans moddalaridagi ko'rsatkichlar bilan solishli- rish













2. Moliyaviy hisohot to‘g‘n

tayyorlanganligining auditi

2.1.

Balans to'g'ri tayyorlan- ganligini tekshirish













2.2.

Balansda asosiy vositalar va nomoddiy aklivlar to‘g‘ri aks etilganligini tekshirish













2.3.

Balans hisob-kitob operatsi- yalari to‘g‘ri aks etil- ganligini tekshirish













2.4.

Balansda pul mablag'lari to‘g‘ri aks etilganligini tek- shirish













2.5.

Balansda xusnsiy mablag‘lar manbalari to*g‘ri aks elil- ganligini tekshirish













2.6.

Moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot to‘g‘ri layyorlanganligini tekshirish













2.7.

Boshqa turdagi hisobot shakllari to‘g‘ri tayyorlan- ganligini lekshirish















    1. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlarni asoslan-
      ganligini tekshirish


Korxonada auditni o‘tkazish vaqtida buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlaming tekshiruvi eng mas'uliyatli vazifa-
i«>
lardan biri hisoblanadj, zero bu korxona moliyaviy-xojalik fao- liyati ko'rsatkichlarini tavsiflovchi asosiy ma'lumotlar olinadigan moliyaviy hisobot shakllaridagi kolrsatkichlarni ishonchliligini ta'minlash uchun xizmat qiluvchi asosiy omil hisoblanadi. Ush- hu ishni malakali hajarmasdan turib, haqqoniy auditorlik xulosa- sini tayyorlash uchun asosiy haza hisoblangan hisobot ko'rsat- kichlari ishonchliligiga to‘liq ishonch hosil qilib bo‘lmaydi.
Korxona moliyaviy-xojalik faoliyatining auditorlik tekshi- ruvini o'tkazishda hisobot shakllaridagi ko‘rsatkichlar, hisob rcgistrlari va dastlabki hujjatlar auditning ma'lumot bazasi sifatida qo'llaniladi.
Korxona faoliyatining ahvoli to'g'risida aksariyat ma'lumot hisobot davrida pul ifodasida korxona faoliyati natijalari va moliyaviy holatini tavsiflovchi moliyaviy hisobotda mavjuddir.
Hisobot davrida audit o‘tkazish uchun ma'lumot materiallari korxonaning hisoh registriari - Bosh kitob, jumal-orderlar yoki memorial orderlar, sintetik va tahliliy hisobning aylanma qaydnomalari, hisob-kitob-to'lov qaydnomalari, shaxsiy schyot- lar, tahliliy hisob varaqalari va boshqalardan olinadi. Bunda hi- sob rcgistriarida korxonaning moliyaviy va xojalik operatsiyalari bo‘yicha barcha buxgalteriya yozuvlari ikki yoqlama yozish usuli bilan jamlanadi, ya'ni, har bir xojalik operatsiya tegishli schyotlaming debcti va kreditida aks etildi.
Yoppasiga yoki tanlab olib tekshiruv o'tkazganda auditor hisob registrlarida buxgalteriya schyotlari, qayd etilgan registrlarda xojalik operatsiyalari iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib, to'g'ri korrespondentlanganligini baholashi va kelajakda to‘g‘rilash maqsadida, tasodifan sodir etilgan xatolami va tasodifiy noto'g'ri buxgalteriya yozuvlarini (o'tkazmalarini) antqlashi lozim. Shuning bilan bir qatorda, hisobot ma'lumotlari, ayniqsa, korxona moliyaviy faoliyati natijalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlami. uning asosiy aylanma aktivlar miqdorini, o'zining moliyaviy va mulkiy holatini yaxshi tomondan ko'rsatish uchun boshqa korxonalar va banklarga bo'lgan qarzlami yashirib ko'rsatish maqsadida ataylab sodir etilgan xatolar aniqlanadi va hular haqida korxona rahbariyatiga ma'lumot taqdim etiladi.
Bunday tekshiruv hozirgi vaqtda dolzarb hisoblanadi, chunki ayrim rahbarlar, soliq to'lovlarini kamaytirish, kelajakda kredit olinishini ta'miniash va tashqi foydalanuvchilarga noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etish maqsadida o'zlarining hozirgi kundagi haqiqiy moiiyaviy va mulkiy holatini ko'rsatishni istamaydilar, korxonaning hisobot ma'lumotlarini, shu jumladan, tegishli moliyaviy xojalik operatsiyalari bo'yicha aylanmalami noto‘g‘ri aks etish hisobiga, buzih ko‘rsatishga harakat qiladilar. Shulami hisobga olgan holda, xalqaro auditorlik andozalarida ham, korxonalarda tovlamachilik yoki xato tavakkalchiligini oshi- ruvchi imkoniyatlar vujudga kelishi nazarda tutiladi.
Buxgalteriya schyotlaridagi yozuvlar, buxgalteriya schyotlari korrespondentlanishi hamda pul ifodasida to'g'ri asoslangan- ligini aniqlash uchun tekshirilayotgan buxgalteriya yozuvlariga taalluqli bo‘lgan va amalda sodir etilgan xojalik operatsiyalarini yozma ravishda tasdiqlovchi, buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga huquqiy maqom beruvchi dastlahki hujjatlami diqqat bilan o'rganib chiqish lozim.
Ma'lumki, buxgalteriya hlsobida barcha yozuvlar dastlabki hujjatlar asosida yuritiladi. Bundan kcyin, undagi ma'lumotlar hisob registrlariga ko'chirib yoziladi, u yerda ular bir xil tizimga keltiriladi, ya'ni, buxgalteriya schyotlarida qayd etiladi.Hisobot davrining oxirida hisob registrlari ma'lumotlariga asosan korxona hisoboti to'ldiriladi.
Dastlabki hujiatlar hisob ma'lumotlari harakatini hoshlab beradi, korxona moliyaviy-xojalik faoliyatini yoppasiga va uzluksiz aks etishi uchun buxgalteriya hisohini kerakli ho‘lgan ma'lumotlar bilan ta'minlaydi.
Hisobga olish uchun faqat to‘g‘ri rasmiylashtirilgan, ya'ni, barcha rekvizitlari to'ldirilgan hujjat qabul qilinadi. Faqat shu holatda dastlabki hujjat huquqiy maqomga ega bo'ladi. Bunday rekvizitlar ho‘lib: hujjat nomi, kodi; tuzilgan sanasi, xojalik operatsiya mazmuni; xojalik operatsiya o‘lchamlari (natura va pul ifodasida); xojalik operatsiyalari sodir etilishi bo'yicha va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi yuzasidan mas'ul mansabdor shaxslar lavozimlari, shaxsiy imzolar va ulaming yoritishlari va hoshqalar hisohlanadi. Hozirgi vaqtda ayrim rekvizitlami kodlar bilan almashtirib yozishga ruxsat etilgan. Korxonada buxgalteriya
hisobi hisoblash texnikasi yordamida avtomatlashtirilgan bo'lsa bunday holatlar ko'proq uchraydi.
Dastlabki buxgaltcriya hujjatlarldagi yozuvlarni siyoh, kim- yoviy qalam, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinkalari, komputerning printeri va boshqalar bilan amalga oshirish mum- kin.Har bir korxonada rahbar bosh buxgalter bilan kelishgan holda dastlabki hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo'lgan shaxslar ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Buxgalteriyaga kelih tushgan barcha dastlabki hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim. Tekshiruv hujiatlarining shakllari (hujjatlar va uning rekvizitlari to'liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi) va mazmuni (operatsiyalar qonuniyligi, alohida ko‘rsatkichlarning logik jihatdan bog'langanligi) bo'yicha amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilikka zid holda sodir etilgan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni ijro etish va rasmiylashtirish ta’qiqlanadi. Bunday hujjatlar tegishli qapop qabul qilish uchun korxona rahbari va bosh huxgalteriga topshiriladi. Qayta ishlovdan o'tgan dastlabki hujjatlar. ulardan qaytadan foydalanish imkoniyatini bartaraf etish maqsadida, tegishli belgilar bilan tamg‘alanishi lozim.

    1. Subyektning moliyaviy hisobotini oTganish va uning belgi-
      langan rmiddatlarda topsbirilisbi ta'minlanishini tekshirish


Korxonaning asosiy vazifasi — mahsulot (ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko'rsatish) ishlab chiqarish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotilishidan istiqholda ko'zlangan natijalami olish - ishlab chiqarish va iste'molchilarga sotuv bozorida tovarlarni, nomoddiy xizmatlarni sotish (loyiha-tadqiqot ishlarni bajarish, transport va bank xizmatlarini ko'rsatish va boshqalar) va iste'molchilarga boshqa xizmatlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-xojalik faoliyati jarayonida korxona ishlab- chiqarish-xojalik jarayonining turli bosqichlarida vujudga keladigan schyotlar bo'yicha to'lovlarni amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Bu korxonani faollik bilan moliyaviy faoliyatini amalga oshirishga, investitsiya bozorlarida
faoliyat ko'rsatishga undaydi. Xodimlami boshqarish va ma'muriy faoiiyat ham ishlab chiqarishning bir qismi hisob- lanadi, chunki u ishlab chiqarish jarayonini qo‘llab-quwatlaydi va uning rivojlanishiga imkon yaratadi.
Korxona o'zining ishlab chiqarish faoliyati bilan yagona tizim hisoblangan jamiyatning bir qismi hisoblanadi. BU umumiy tizimning boshqa bo'g'inlaridan turli darajada qaram bo'lgan ochiq bo‘g‘indir, o‘z navbatida, ular ushbu bo'g'inga bog'liqdirlar. Korxona bilan o‘z manfaatlari va maqsadlari bilan hog'liq bo'lgan va, shu bois, unga qaram ho‘lgan shaxslar, guruhlar yoki uyushmalar korxonaning o'zaro bog‘liq guruhlari deb ataladi. Bular: xususiy mulkdorlar, xodimlar, moliyachilar, ta'minotchilar, xaridorlar va umuman jamiyatdir. O‘zaro bog'liq guruhlar korxonaga qo‘yilmalarni amalga oshiradilar va buning uchun turli ko‘rinishdagi ulush to'lovlarini oladilar. O‘zaro bog'liq guruhlar ichida korxona faoliyati va uning natijalariga muayyan ta'sir ko'rsatuvchi ayrim raqobatchilar ham bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonlari va pul aylanishi u yoki bu darajada vaqt bilan bog'liq. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo'lgan tarkibiy qismlami sotib olish va ishlab chiqarishni o‘zini tashkil etish ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan olingan daromadlardan oldin hosil bo‘lishi munosabati bilan korxona rahbariyati ishlab chiqarish jarayonini korxonaning moliyaviy imkoniyatlari bilan muvofiqligini ta'minlashi lozim. Bu korxonaning moliyaviy-xojalik faoliyati to‘g‘risida haqqoniy xulosalar shakllantirish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish uchun korxonada audit o'tkazishning eng muhim hosqichlaridan biri hisoblanadi.
Korxonaning moliyaviy-xojalik faoliyatini o'rganishda mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotilishining hajmi ko‘rib chiqiladi; ular hisobot davrida mo‘ljallangan ko'rsatkichlar bilan solishtiriladi; mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotilishi dinamikasi, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi va hisobga olinishi, sifatsiz mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishdan nobudgarchiliklar va sifatsiz hamda butlanmagan mahsulot yetkazib berilganligi uchun to‘lovlar, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bo'yicha xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo'yicha hisobot ma'lumotlari dastlabki hujjatlar va buxgalteriya hisobi ma'Iumotlariga muvofiqligi, korxonaning sanoat-ishlab chiqarish va barcha xodimlarining soni va korxonaning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari bilan bog'liq bofigan boshqa masalalar tahlii qilinadi.
Yuqorida qayd etilganidek, korxonaning moliyaviy-xojalik faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlaming asosiy hajmi korxona faoliyatining barcha jabhalarini pul ifodasida aks etuvchi va bir vaqtning o'zida hisobot davri bo'yicha hisob ishlarining yakuniy bosqichini ifodalovchi moliyaviy hisobotda mujassamlangan.
Moliyaviy hisobotlaming namunaviy shakllari, tayyorlash qoidalari, taqdim etish muddatlari, ulami ko'rib chiqish va tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni (keyingi kiritilgan qo‘shimchalar va o'zgartirishlar bilan) va korxonalaming chorak va yillik moliyaviy hisoboti shakllarini to‘ldirish to‘g‘risida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yo'riqnomalari bilan tartibga solinadi. Korxonalar tomonidan chorak va yillik moliyaviy hisobotlami tayyorlashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi lozim: hisobot davn bo'yicha barcha xojalik operatsiyalar va ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot va hisob-kitoblami inventarizatsiya natijalari to‘liq aks etilishi; sintetik va tahliliy hisob ma'lumotlari bir-biriga mos kelishi; hisobot va balans ko‘rsatkichlari sintetik va tahliliy hisob ko'rsatkichlari bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilgan asos bo'luvchi hujjatlar yoki ularga tenglashtirilgan ma'lumot texnikaviy saqlovchi manbalar asosida to'ldirilishi va bir-biriga to'liq muvofiqligi; balans moddalari to'g'ri baholanishi.
Balans ma'lumotlari yil boshi va oxiriga solishtirishligini ta'minlash uchun tasdiqlangan balansining yil boshiga moddalar nomenklaturasi balansning yil oxiriga belgilangan bo‘limlar va moddalar nomenklaturasi va guruhlanishi bilan muvofiq bo'lishini ta'minlanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002 - yil 27 -dekabrda «Moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash va ulami to‘ldirish qoidalari to‘g‘risida»gi 140-sonli buyrug‘i bilan yuridik shaxslar uchun (budjet muassasalari, sug'urta tashkilot- lari va banklar bundan istisno) yillik va chorak hisobotlari quyidagi shakl va hajmlarda tasdiqlagan:
yillik hisobot:
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»;
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»;
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha ma’lumotnoma»;
3-sonli shakJ «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot»;
4-sonli shakl «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»;
5-sonli shakl «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot».
yarim yiJlik va chorak hisobot:
1-sonii shakl «Buxgalteriya balansi»;
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot»;
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo'yicha ma'lumotnoma»;
Korxonaning yillik moliyaviy hisobotiga hisobot yili davrida korxona faoliyati natijalariga ta'sir etgan omillami yoritgan holda, korxonada yillik moliyaviy hisobot natijalari va sof foy- dani taqsimlash yuzasidan ko'rib chiqib qabul qilingan qaror- lami aks cttiruvchi tushuntirish xati va buxgalteriya hisoboti tek- shiruvi to‘g‘risida auditorlik xulosasi ilova qilinadi.
Agar yil boshiga kirish balansi o‘zgartirilgan bo‘lsa, hi- sobotga ilova qilingan tushuntirish xatida buning sabablari ko‘rsatiladi. Bunda, shuningdek, korxonada qabul qilingan hisob siyosati, kelgusi yil uchun hisob siyosati, agar u hisobot yilida qabul qilingandan farq qilsa, keltiriladi.
Chorak va yillik hisobotlami tayyorlashda korxona egalari va davlat manfaatlariga rioya qilish, investorlar, kreditorlar, aksi- yadorlar, soliq idoralari, ta'sischilar, hanklar, xalqaro andozalar talablarini hisobga olish va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Ko- deksi hamda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlami tayy- orlashga oid amaldagi barcha yo'riqnomalarga asoslanish lozim.
Moliyaviy hisobot tuzish uchun sana bo‘lib hisobot yilining oxirgi taqvimiy kuni hisoblanadi. Tugatilgan yoki hisobot yilida davlat tasarrufidagi mulkchiiikni jamoa mulkchiligiga aylantirib qayta tashkil etilgan korxona tomonidan yil hoshidan tugatilgan (qayta tashkil etilgan) vaqtgacha bo'lgan muddatga amaldagi yil- lik hisobot shakllari bo‘yicha hisobot taqdim etiladi.
Yangi tashkil etilgan korxonalar hisobotda o‘z mablag'lari va ulaming manbalarini (sotib olingan. qabul qilingan qiymati bo‘yicha) belgilangan tartibda ro'yxatga olingan oyning 1 sana- sidan hisobot yilining 31-dekabrigacha hisobotda ko'rsatadilar, hisobot yiling 1 -oktabridan keyin tashkil etilgan korxonalar esa - davlat ro'yxatidan o‘tgan sanadan boshlab keyingi yilning 31- dekabrigacha hisobot beradilar. Qayd etilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar, ulaming filiallari va tarkibiy bo‘linma)ariga taalluqli emas.
Korxona balansining bandlari aktivlar va passivlaming sinchkovlik hilan o'tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi lozim. Bunda yillik hisobot taqdim etilgunga qadar, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan in- ventarizatsiya vaqtida qiymatliklaming amaldagi mavjudligi bilan buxgalteriya hisobidagi ma'lumotlar o‘rtasidagi farqlar tartibga keltirilishi lozim. Shuningdek, solishtirma dalolatnomalari yoki o'zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qoldiqni tasdiqlovchi xatlar bilan rasmiylashtirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha in- ventarizatsiya amalga oshiriladi. O'tkazilgan inventarizatsiyaning soni va natijalari, shuningdek, ular o‘tkazilmaganligi sabahlari yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks etilishi кегак.
Moliyaviy. soliq idoralari va bank muassasalari bilan hisob- kitoblar bo'yicha balans moddalaridagi summalar ular bilan kelishgan va muvofiq bo'lishi lozim. Balansda ushbu hisob- kitoblar bo'yicha tartibga solinmagan summalami qoldirish mumkin emas.


    1. Yüklə 2,42 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin