Takrorlash ucbun savollar O'tkazilgan audit natijalari qanday umumlashtiriladi?
Auditorlik hisoboti nima va u qanday tuziladi?
Auditorlik xulosasi nima va u nima asosida tuziladi?
Auditorlik xulosasi necha xildan iborat?
Auditorlik hisoboti va xulosasi to‘g‘risida tushuncha AFMS ning qaysi standartida berilgan?
Qanday holatlarda salbiy auditorlik xulosasi beriladi?
Qanday holatlarda ijobiy auditoriik xulosasi beriladi?
Auditorlik hisoboti va xulosasi to‘g‘risida tushuncha «Audilorlar faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning qaysi moddalarida berilagan?
Qanday auditorlik hisoboti va xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisobot va xulosa deyiladi?
Auditorlik xulosasi kimlarga taqdim etiladi?
XIII mavzu. OPERATSION AUDIT ASOSLARI Operatsion audit haqida tushuncha va uni tashkil etishning huquqiy hamda nazariy jihatlari
Har qanday tushuncha, ayniqsa, ilmiy atama o'zining mohi- yatini ifodalovchi ta'rifiga ega bo‘lishi lozim. Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta'rifi O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida quyidagicha keltirilgan: — auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va ushbu qonunning 17- moddasida nazarda tulilgan professional xizmatlar ko'rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. Birinchi ta'rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan ho‘lsa, so'ngisida auditorlik faoliyati tekshiruv o‘tkazish jarayoni bo'lishidan tashqari professional xizmat ko'rsatish bilan bog'liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta'kidlangan. CVzbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish qonun bilan ta'qiqlangan. Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa hatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjat- lariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo‘ladi Shuningdek, Qonunning 4-moddasiga muvofiq «auditor yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo'lmagan va audi- torlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert xu- losasida hamda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog'liq bo'lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo'lmagan tarzda auditorning topshirig‘iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir». Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjat- larida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi. Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma'lu- motlami oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tatbiq etiladi. Auditoming yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qo'shiladi. O'zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs hu- quqiga ega auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko‘ra auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo'lgan yuridik shaxsdir. Buxgalteriya hisoboliari buxgalteriya apparati, boshqa iqtiso- diy xizmatlar va korxona bo'limlari hamda ishlab chiqarish bo'linmalaridagi ko‘p sonli xodimlaming uzoq davom etgan va mashaqqatli mehnatlari natijasi hisoblanadi. Hisob axborotlari va ular asosida tuziladigan hisobotlaming ishonchliligi va sifati dastlabki hisobning qanday tashkil etilganligiga. hujjatlashtirish intizomining qanchalik mustahkamligiga va umuman korxona hisob siyosatining qay darajada malakali tuzilganligiga ko‘p ji- hatdan bog‘liq Buxgalterlik amaliyotini o‘rganish shuni ko'rsatmoqdaki, ay- rim korxonalarda buxgalterlar malakasi yetishmasligi oqibatida dastlabki hujjatlarga ishlov berish, guruhlash va buxgalteriya hi- sobi schyotlarida to‘g‘ri (yoki butunlay) aks ettirmasdan (asosan pul va hisob-kitob muomalalari), ulami devonxona papkalarida saqlab qo'yish hilan cheklaniladi. Natijada. hisobotlami tuzishda ko'plab chalkashliklar, noaniqliklar, joriy hisob ma'lumotlari va hisobot ko‘isatkichlaridagi nomuvofiqliklar yuzaga keladi. Agar buxgalterlik hisobim lashkil etish va yuritishga talab darajasida e'tibor qilinganida, bunday chalkashliklar paydo bo‘lmas edi. Shuning uchun buxgalterlik hisobining qay darajada tashkil etilganligi va yuritilayotganligini, buxgalteriaming malakasi va intizomini, dastlabki hujjatlarga ishlov berilish sifati va korxona moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalarini aks ettiruvchi buxgalterlik yozuvlarining to‘g‘riligini aniqlamasdan, yuqorida qayd etilgan asosiy vazifani hal etish mumkin emas. Operatsion audit bilan moliyaviy hisobot auditi o'rtasida uchta asosiy farq mavjud. Buni quyidagi 1-chizmada ko'rish mumkin: