Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Auditorlik xulosasi va uni tuzista lartibi



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə69/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Auditorlik xulosasi va uni tuzista lartibi

Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi bo'lib. undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonch- liligi axborot manbayi bo'Iib xizmat qiladi. Buxgalteriya hiso- botidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan ftkrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng awalo. auditor tomonidan ba- jarilgan ishning sifati bilan qo‘lga kiritiladi va oqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyali to‘g‘risida» gi qonunning 19-moddasiga muvofiq, «Auditorlik xulosasi moli- yaviy hisobotning to'g'riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatiarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalan- gan. xojalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanu- vchilar uchun ochiq bo'lgan hujjat». Auditorlik xulosasi auditor- lik hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik xulosasi auditor (auditor- lar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditor- lik xulosasini tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish za- rur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan 70-son AFMS dan foydalaniladi.
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xojalik faoiiyati natijalarini tashkil etish va hisobga olishni xolisona aks ettirishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar obyektiv bo'lib, uning xulosasi ma’lum ma'noda xojalik yurituvchi subyekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm» hisoblanadi.
Shuningdek, davlat organlari topshirig'iga binoan o'tkazilgan tekshiruv natijalari bo'yicha tuzilgan auditorlik xu- losasi 0‘zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga mu- vofiq tayinlangan ekspertiza xulosasiga tenglashtiriladi.
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta'kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat bo‘iishi lozim.

  1. Kirish qismida quyidagilar ko'rsatiladi:

  • auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar;

  • litsenziyasining tartib raqami;

  • auditorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi va berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati;

  • auditorlik tashkilotini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnomasining raqami;

  • auditoriik tashkilotining hisob-kitoh schyoti;

  • tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda audi- torlik tashkiloti rahbarining nasabi, ismi-sharifi.

  • auditorlik tekshiruvi o'tkazish uchun asos va xojalik yuri- tuvchi subyektning umumiy tavsifi.

Shu bilan birga, auditorlik xulosasining kirish qismida tek- shiruvdan o'tkazilgan moliyaviy hisobotlar ro'yxati, sanasi va hi- sobot davri ko'rsatilgan holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek, kirish qismida, auditorlik tekshiruvidan o'tkaziladigan hisobot- ning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun mas'uliyat xojalik yuri- tuvchi subyekt rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hi- sobot bo'yicha berilgan auditorlik xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi ko‘rsatilishi lozim.

  1. Auditorlik xulosasining ta kidlovchi qismida auditorlik xulosasi AFMS ga muvofiq o'tkazilganligi ta'kidlanishi lozim.

Ta'kidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlaming ishonchliligini va qonunchilikka hamda xojalik yurituvchi subyekt moiiya-xojalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko'rsatishi lozim. Shuningdek, ta'kidlovchi qismda o'tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr hildirish
uchun yetarli asos herishi to‘g‘risida auditoriik lashklotining tas- dig‘i aks ettirilishi lozim.

  1. Auditoriik xulosasining yakunlovchi qismida xojalik yuri- tuvchi subyektning moliyaviy hisohoti ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligini tasdiqlash to‘g‘risida yozuv yozi- ladi.

Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilganda, auditoriik tashkilotining rahhari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan tasdiqlaydi.
Xojalik yurituvchi subyekt faqai auditoriik xulosasining ya- kuniy qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat bilan auditorlik xuiosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va muhrlanishi mumkin. Auditoriik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditoriik xulosasi; b) salbiy auditoriik xulosasi.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tas- diqlanadi. qoidaga ko‘ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xojalik yurituvchi suhyektning moliyaviy hisoboti un- ing moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xojalik muomala- larining O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga mu- vofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim. Misol tariqasida ijobiy auditorlik xulosasining namunaviy shaklini keltiramiz.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli to'g'risida ishonarii ma'lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xojalik faoliyati hisobi amaldagi me'yoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o‘z vaqtida tuzatilmasa moiiyaviy hisobotdan foydalanuvchilami chalg'itishi mumkin.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditoriik amaliyotida kam- dan-kam uchraydigan holat bo‘lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo'lishi mumkin:

  • auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi xato-kamchiliklar jiddiy va salmoqli bo'lgan holatlar; ayrim mi- joz-korxonalarda bunday holatlar ulaming iqtisodiy nochorligi bilan birgalikda yuzaga, hatto amal qilayotgan korxona prinsip- ining buzilishiga yetib boradi;

  • moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun zarur bo'lgan dast- lahki hujjatlar, buxgalteriya hisobi ma'lumotlari va hisob reg- istrlari hamda boshqa hujjatJaming katta qismi korxona ma'muriyati tomonidan taqdim etilganda; hunda auditorlik tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda 70- sonli AFMS ga muvofiq, auditorlik xulosasi tuzishdan voz ke- chishi ham mumkin;

  • ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to'sqinlik qiladigan boshqa obyektiv vaziyatlar ham. xususan, vaziyat taqozosi vu- judga keladigan cheklashlar;

mijoz-korxona ma'muriyati moliyaviy hisobot ma'lumotlarini asosan to‘g‘ri deb, auditorhk xato va noaniqliklar to‘g‘risidagi asosiy xulosalari bilan rozi bo‘1masdan, tegishli hi- sob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari va ho- kazo.
Salhiy auditorlik xulosasi xojalik yurituvchi subyekt to- monidan sodir etilgan moliyaviy va xojalik muomalalari moli- yaviy hisobotda ishonarli aks ettirilgan, ammo qonunchilikka mos kelmaydigan hollarda ham tuziladi.
Salbiy auditoriik xulosasini tuzishga, qoidaga ко‘та. xojalik yurituvchi subyektning auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlan- gan xato-kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida moliyaviy hi- sobotga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida bildirilgan fikrga noro- ziligi sabab bo'ladi.
Masalan.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin