Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Balans to‘g‘ri tuzilganligini tekshirisb



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə66/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Balans to‘g‘ri tuzilganligini tekshirisb

Auditor korxona moliyaviy-xojalik faoliyati tekshiruvini amalga oshirishda xojalik yurituvchi subyektning barcha mol- mulki va ular vujudga kelish manbalari to‘g‘risida hisob va hi- sobot ma’lumotlari to'liq va ishonchli ekanligi nuqtayi nazari- dan o‘z vaqtida amalga oshirilganligi, tahliliy hisoh holatini oTganishga jiddiy diqqat-e'tiborini qaratish lozim.
Buxgalteriya hisobi nazariyasi va turli xil faoliyatlami amalga oshirayotgan korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha nazariy adabiyotlar, o'quv qo'llanmalar va boshqa tadqiqotlarda shu vaqtgacha buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy asoslari. tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy ta'minlashda tahliliy hisobga yetarli e'tibor berilmagan va buning natijasida, auditorlik xulosasi ishonchli tayyorlanishining ta’minlanishi mu- rakkablashadi.
Odatda, tahliliy hisobni qo'llash korxona mablag‘lari, ulam- ing hosil bo‘iish manbalari, moliyaviy va xojalik jarayonlari hi- sobini batafsillashtirishdan kelib chiqadi. Lekin, buxgalteriya hi- sobining amaliyotida tahliliy schyotlar bo‘yicha iqtisodiy turdosh guruhlarning har biri nafaqat korxonaning umumiy mab1ag‘]ari, ulaming manbalari va moliyaviy-xojalik jarayonlarini aniq bir buxgalteriya schyotida hisobga olingan pul va miqdoriy ko‘rinishda ifolashdan tashqari, buxgalteriya hisobotini tayyor- !ash, korxona faoliyatini tahlil qilish va audit o‘tkazish uchun asosiy negiz hisoblanib, umuman buxgalteriya hisobi holatini tavsiflaydi.
Tahliliy hisob buxgalteriya hisobining tahliliy imkoniyatlarini chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida ma'lumotni umum- lashtirish quroli hisoblanadi.
Tahliliy schyotlarning tarkibi va mazmuni xojalik operatsiya- larining aniq tavsiflari, korxona moliyaviy-xojalik faoliyatini na- zorat va tahlil qilish vazifalari bilan belgilanadi. Buxgalteriya hi- sobi bilan jamlanadigan xojalik operatsiyalaming yig'indisi alo- hida tahliliy schyotlarda batafsiilashtiriiadi. Ular hisohot davrida amalga oshirilgan xojalik operatsiyalar, xojalik holatlari va op- eratsiyalar to‘g‘risidagi ma'lumotlami joriy hisobda aks etish usullari, huxgalteriya hisobi bilan jamlangan ma'lumotlami umumlashtirish va guruhlash bo'yicha batafsillashtirilgan ma'lumotlaming guruhlangan belgilari sifatida nazarda tutish lozim.
Tahliliy schyotlar tizimi korxona tomonidan xojalik operat- siyalarini nafaqat pul oflchamlarida, balki sintetik huxgalteriya hisobining umumlashtirilgan ko'rsatkichlariga nishatan tahliliy hisobning batafsillashtiriigan ko‘rsatkichlari ma'lumotlilik dara- jasini oshiruvchi natural yoki mehnat o‘lchamlarida aks etish imkonini beradi.
Agar korxonada tahliliy hisob yuritilmasa, unda amalda bux- galteriya hisobi yuritilmagani va hisob ma’lumotlari umuman mavjud emasiigini amaliyotchi buxgalterlar yaxshi bilishadi. Le- kin, bir qator holatlarda, ayniqsa, tijorat tizimlarida, xususiy komputerlami qo'llash sharoitlarida, ushbu ish umuman olib borilmaydi yoki nihoyatda past darajada yuritiladi. Bu esa, o‘z navbatida, faoliyat ko'rsatayotgan korxonada tahliliy buxgal- teriya hisobini yuritish talablariga javob beradigan tegishli chop etilgan hujjatlar yo‘qligi sababli, sintetik buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlarining haqqoniyligi va balans moddalarining is- honchliligini aniqlash imkonini bermaydi.
Tahliliy hisobning haqiqiy vazifasi sintetik buxgalteriya hi- sobi tizimida aks etilgan moliyaviy-xojalik operatsiyalami to'liq aks etishdan iboratdir. Busiz tahliliy hisobning umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarini buxgalteriya hisoboti hisohot shakllarining asosi hisoblangan va faqat tahliiiy hisob tizimida barcha ishlar ya- kunlanganidan keyingina tayyorlanishi mumkin bo'lgan balansning tegishli schyotlar ko'rsatkichlari va alohida moddalari bilan solishtirish yo‘li orqali huxgalteriya hisobining tahliliy va sinletik ko'rsatkichlari bir-biriga mos kelishini tekshirish imkoni bo'lmaydi Bu joriy oyning yoki hisobot davrining har bir sana- siga bir vaqtning o‘zida tahliliy hisob tizimi bo‘yicha batafsil- lashtirilgan ko'rsatkichlar bilan bir qatorda, sintetik buxgalteriya hisobida joy olgan umumlashtirilgan ko'rsatkichlarga ham ega bo'lish maqsadida, sintetik hisobni yuritish bilan bir vaqtning o‘zida tahliliy hisobni ham yuritishni taqozo etadi.
Auditor korxona moliyaviy-xojalik faoliyatining tekshiruvida, uni amalga oshirishning dastlabki hosqichlarida, tahliliy hisob ko‘rsatkichlari Bosh kitobda umumlashtirilgan sintetik hisob ko‘rsatkichlariga, uning ko'rsatkichlari esa, korxonada qo‘llaniladigan tahliliy hisob tizimida batafsilllashtirilganligini hisobga olgan holda, balans aktiv va passivining tegishli mod- dalarining ko‘rsatkichlari bilan muvofiqligini tekshirishi lozim.
Ushbu ko‘rsatkichlaming bir-biriga mos kelmasligi, korxonada moliyaviy-xojalik faoliyatining buxgalteriya hisobini yuritish amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartibi jiddiy ravishda buzilganligi to'g'risida dalolat beradi. bu esa, auditorlik tekshiruvi dasturi va kelajakda tuziladigan auditorlik xulosasi tuzilishiga tegishli xususiyatlami kiritishni taqozo etadi. Auditor- lik tekshiruvi jarayonida korxonada tahliliy hisob yuritilmasligi aniqlansa, bu to'g'risida tegishli dalolatnoma tuzgan holda, tek- shiruvni to‘xtatish maqsadga muvofiqdir, korxona bilan esa, agar u mustaqil ravishda tahliliy hisobni tashkil eta ohnasa, auditorlik tashkiloti kuehi bilan tahliliy hisobni tiklash to‘g‘risida shart- noma tuzilishi lozim.
Moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatish turiari. Auditorlik tek- shiruvi jarayonida auditor moliyaviy hisobot mijozning moli- yaviy holatini to‘g‘ri aks etishiga kafolat olish maqsadida, muay- yan muolajalanu amalga oshiradi. Shuning bilan bir qatorda, hi- sobotda bir qator buzib ko'rsalishlar aniqlanmasdan qolib ketish xafvi borligini inkor qilib bo'lmaydi.
Auditoming moliyaviy hisobotda ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatishlar mavjud bo'lishi mumkinligi to‘g‘risidagi har bir shubhasi, o‘z shubhalaridan kechish yoki ulami tasdiqlash uchun, undan muolajalami kengaytirishni talab qiladi. Moli- yaviy hisobotdagi buzib ko'rsatishlar. ya'ni buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya qihnaslik natijasida buxgalteriya ma'lumotlarini noto‘g‘ri aks et- tirish va taqdim etishni ikki turi mavjud: ataylab qilingan va bilmasdan sodir etilgan.
Moliyaviy hisobotda ataylab qilingan buzib ko‘rsatishlami sodir etish tekshirilayotgan iqtisodiy subyekt xodimlarining old- indan bilgan holda harakat qilishi (yoki harakat qilmasligi) nati- jasidir. Ular moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg'itish uchun g‘arazgo‘yiik maqsadida amalga oshiriladi. Shuning bilan bir qatorda, auditor moliyaviy hisobot ma'lumotlarida buzib ko'rsatishlarga olib keladigan iqtisodiy subyektining xodimi to- monidan oldindan bilgan holda qilgan harakatlari (yoki harakat qilmasligi) to‘g‘risida xulosa faqat bunga vakolatga ega bo'lgan idora tomonidan chiqarilishi mumkinligini unutmasligi lozim.
Moliyaviy hisobotda bilmagan holda buzib ko'rsatishlar tek- shirilayotgan subyekt xodimlari tomonidan bilmasdan turib harakat qilishi (yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular hisoh yozuvlari va hisob-kitoblardagi xatolar, hisob to'liqligi yuzasidan nazorat yetarli bo‘lmaganligi. hisobda xojalik faoliyatiga oid vo- qealar, mol-mulkning mavjudligi va holati noto'g'ri aks etilishi natijasida hosil bo'lishi mumkin.
Moliyaviy hisobotni ataylab va bilmagan holda buzib ko‘rsatish ahamiyatli (ya'ni, ular moliyaviy hisobot ishonchlili- giga shunday darajada ta'sir etadiki, natijada yuqori malakali foydalanuvchi uning asosida noto‘g‘ri xulosalarga kelishi yoki noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishi mumkin) yoki ahamiyatsiz bo'lishi mumkin.
Moliyaviy hisobotni buzib ko'rsatish tavakkalchiligini oshirishga ta'sir etuvchi omillar. Audit o'tkazish jarayonida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni buzib ko'rsatish tavak- kalchiligini baholashi lozim. Bunda ataylab va bilmagan holda ham buzib ko'rsatish paydo bo'lishiga ta'sir etuvchi muayyan omillar mavjudligini nazarda tutish kerak.
Buzib ko'rsatishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan iqtisodiy subyektning ichki xojalik yuritish faoliyatiga mansub omillar quyidagilardir;

  • iqtisodning inqiroziy tarmoqlariga katta miqdorda moli- yaviy qo'yilmalami amalga oshirish;

  • iqtisodiy subyekt sotuvlari (ishlab chiqarish) hajmining tez o'sishiga yoki foydaning ko‘p miqdorda kamayishiga aylanma mablag‘larning nomuvofiqligi;

  • ma'lum bir vaqt mobaynida iqtisodiy subyektning bir yoki bir nechta buyurtmachilar yoki mol yetkazib beruvchilarga qaram bo'lishligi;

  • foydaning katta miqdorda o'zgartirishga olib keluvchi shartnomaviy munosabatlar amaliyotida yoki hisob siyosatida o'zgarishlar;

  • iqtisodiy subyeki tomonidan, ayniqsa, yil oxirida, moli- yaviy natijalar miqdoriga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatuvchi odatdan tashqari kelushuvlami amalga oshirish;

  • bajarilgan xizmatlarga ochiqdan-ochiq nomuvofiq to'lovlar mavjudligi;

  • iqtisodiy subyekt tashkiliy-boshqaruv tizimi xususiyatlari, ushbu tizimda kamchiliklar mavjudligi;

  • kapital tarkibi va foydani tasdiqlash xususiyatlari;

  • buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashda belgilangan qoidalardan chetga chiqish.

Buzib ko'rsatishlar hosil bo'lishiga sabab bo‘luvchi iqtisodiy subyekt moliyaviy-xojalik faoliyatini amalga oshiruvchi aniq bir tarmoq va umuman mamlakat iqtisodiyotini xususiyatlari holatini aks etuvchi omillar quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiyot tarmog‘i va umuman mamlakat iqtisodiyoti holati, inqiroz, depressiya yoki yuksalish;

  • tarmoq inqiroz holatida bo‘lishi munosabati bilan iqtisodiy subyekt inqiroz holatiga tushib qolish ehtimolining oshishi;

  • iqtisodiy subyektning ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarish texnologik xususiyatlari.


Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin