Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobol (2-son shakl)
3.
Asosiy vositalar harakali 1o‘g‘risida hisobol (3-son shakl)
4.
Pul oqimlari to'g'risida hisobot (4-son shakl)
5.
Xususiy kapilal lo'g'risida hisobot (5-son shakl)
6.
Debilorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risida ma'lumotnoma (2a-shakl)
7.
Jumal-orderlar va hisob-kitob schyotlari bo‘yicha hisob qaydnomalari
Auditor (lar) O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002 -yil 27 -dekabrdagi 140-son buyrug'i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini to'ldirish bo'yicha qoida» ga mu- vofiq moliyaviy hisobotni mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar (bundan sug'urta tashkilotlari va banklar mustasno), shuningdek. mulkida, xojalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo'lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek, mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo'lgan, soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to'lovchi hisoblanadigan alohida bo‘linmalar taqdim etish kerak- ligini bilishi кегак. Agar asosiy fondlami qayta baholash hisobot yilining bir- inchi sanasi holatiga o‘tkazilsa, qayta baholash natijalarining ko'rsatkichlari hisobot yilining boshiga shakllanadigan moliyaviy hisobotga qabul qilinadi. Bunda o‘tgan yilning oxiridagi ko'rsatkich hisobot yilining boshidagi ko‘rsatkichga mos kelmas- ligi, asosiy vositalami hisobot yilining birinchi sanasiga o'tkazilgan qayta baholashning natijasi deb tushuniladi va joriy davming moliyaviy hisobotidagi tushuntirish xatida bayon etiladi (O‘zR AV 12.11.2003 y. 1209-1-son bilan ro'yxatga olingan O‘zR MV Buyrug'i taxriridagi xat boshi). O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» qonunning 10-moddasida ko'rsatilgan yuridik shaxslar soliq ог- ganlariga auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan ke- chiktirmay, moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi to‘g‘risida auditor- lik xulosasi nusxasini taqdim etadilar. Tashabbusli auditorlik tekshiruvi o'tkazilgan taqdirda korxona moliyaviy hisobotining to'g'riligi to‘g‘risida auditorlik xulosasining nusxasi soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o'tkazilganidan keyin 15 kun davomida taqdim etiladi. Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi kerak. Korxonada tegishli ak- tivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to'ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga chizib qo'yiladi. Auditor moliyaviy hisobot shakllarining manzil qismi quyi- dagi tarlibda to ldirilishiga e’tibor berishi kerak: «Korxona, tashkilot» rekviziti - korxonaning to'liq nomi (belgilangan tartibda ro‘yxatdan o'tkazilgan ta'sis hujjatlariga muvofiq) va KTUT ga ко‘га uning kodi ko‘rsatiladi;
«Tarmoq» rekviziti - korxona tarmog‘i va XXTUTga koTa tarmoq kodi ko'rsatiladi;
v) «Tashkiliy-huquqiy shakl» rekviziti - korxonaning tash- kiliy-huquqiy shakli va THTga ko'ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko'rsatiladi; g) «Mulkchilik shakli» rekviziti - korxonaning mulkchilik shakli va MSHTga ko‘ra mulkchilik shaklining kodi ko'rsatiladi; «Vazirliklar, idoralar va boshqalar» rckviziti - ixtiyorida korxona turgan (agar u mavjud bo'lsa) va unga moliyaviy hi- sobot yo'naltiriladigan organning nomi hamda DBPBTga ko‘ra ushbu organning kodi ko'rsatiladi;
«Soliq to'lovchining identifikatsiya raqami» rekviziti - STIR bo'yicha korxonaning identifikatsiya raqami ko rsatiladi;
j) «Hudud» rekviziti - MHOBT bo‘yicha kod ko‘rsatiladi; z) «Manzil» rekviziti - korxonaning to'liq yuridik manzili ko‘rsatiladi. Moliyaviy hisobotni tuzish chog‘ida O‘zbekiston Respub- likasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, shuningdek, buxgalteriya hisobini yuiitish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo‘yicha boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim. Korxona va tashkilotlar barcha alohida mustaqil balansga ajratilmagan bo'linmalarining faoliyat ko'rsatkichlari moliyaviy hisobol shakllarining koTsatkichlariga kiritilishi kerak. Korxona balansining moddalari aktivlar va majburiyatlaming puxta o‘tkazilgan inventarizatsiyasi bilan asoslangan bo‘lishi кегак. Inventarizatsiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 -yil 19 -oktabrda EGG’17-19-2075-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi 19-son «Inventarizat- siyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) (ro'yxat raqami 833, 1999 -yil 2 -noyabr) da belgilagan tartibda o‘tkaziladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy ishlab turgan inventarizatsiya ko- missiyalari tomonidan inventarizatsiya davomida aniqlangan, boyliklar haqiqiy mavjudligining buxgalteriya hisobi ma'lumot- lariga qaraganda tafovutlari tartibga solinishi kerak. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyalashlar ham o‘lkazilishi кегак, ular o'zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan sol- ishtirish dalolatnomalari yoki xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O'tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek, ularni o‘tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qil- inadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi kerak. Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi. imzolar muhr bilan tasdiqlanadi. Moliyaviy hisobotda o'chirish va ustiga yozishlar bo'lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ulami moliyaviy hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko'rsatadilar. Joriy hamda o'tgan yil hisobot ma'Iumotlaridagi (ular tas- diqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma'lumotlarini buzishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuziJgan hisohotda amalga oshiriladi. bunda tuzatishJar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun ma'lumotlarga kiritiladi. Yillik moliyaviy hisobotni telcshiirish chog'ida daromadlarni yashirish yoki ular bilan bog'liq bo‘lmagan xarajatlami davr xarajatlariga (yoki muomala chiqimJariga) kiritish natijasida moliyaviy natijalami kamaytirib ko‘rsatish aniqlangan holda buxgalteriya hisobi va o'tgan yil uchun moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balld joriy yilda hisohot davrida aniqlan- gan o‘tgan yillar foydasi sifatida aks ettiriladi.