Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzilishdan voz ke-
chish to‘g‘risidagi arizasi Men (biz) (auditorlik tashkilotining nomi va rekviztlari)
aud itог (audiI orlar) (auditorlaming nasabi, ismi-sharfi) tomonidan ning (xojalik yurituvchi subyeki nomi) 200 -yil 1 -yanvardan 31 -dekabargacha bo'lgan davr uchun moliyaviy hisoboti tekshiruvdan o'tkazildi. Xojalik yurituvchi subyekt (xojalik yurituvchi subyekt nomi) Xorijiy mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni to'liq taqdim qilmadi. Bu biz boshlagan auditorlik tekshiruvini, audi- torlik xulosasi tayyorlash uchun zarur hajmda o'tkazishga imkon bermaydi deb hisoblaymiz. Yuqorida keltirilgan auditorlik tekshiruvining hajmini chek- iash faktiga asosan auditorlik tashkiioti (auditorlik tashkilotining nomi va rekvizitlari) xojalik yurituvchi subyekt (xojalik yurituvchi subyekt nomi) moliyaviy hisoboti to‘g‘risida fikr bildirishdan voz kechadi. Auditoriik tashkiloti rahbari (imzo) Auditorlar(imzolar) « »200 y. M.O‘. Agar salbiy xulosa tuzilsa yoki xulosa tuzilmasa, auditor ta'kidlovchi qismda tekshiruv natijalarini. aniqlangan amaldagi qonunchilik buzilishi faktlarini va korxona faoliyatidagi boshqa kamchilklami batafsil bayon qiladi. Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada auditoriik tekshiruvi buyurtmachisi, ya'ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi. Xojalik yurituvchi subyektlar auditorlik tekshiruvi yakunlan- ganidan so‘ng 15 kun ichida auditorlik xulosasining bir nusx- asini o'zlari joylashgan hududdagt soliq organiga taqdim qiladi- lar. Auditoriik xulosasi moliyaviy hisobotda foydalanuvchilar uchun tushunarli bo'lib, unda auditoming ikkilanish va (yoki) noroziligidan kelib chiqqan cheklashlar aniq ko'rsatilishi lozim. Auditoriik xulosasi barcha moliyaviy hisobotdan foydalanu- vchilar olish imkoniga ega bo‘lgan ochiq axborot hisoblanadi. 218 Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xojaJik yurituvchi subyekt tomonidan chop ettirilishi mumkin. Agar ko'rsatilgan kamchiliklar buxgalteriya hisobotining haqqoniyligiga ta’sir qilmaydigan bo'lsa, auditor xulosa tuzishga kirishadi. Aks holda auditor buxgalteriya hisobining yuritilishi va korxona tomonidan taqdim qilingan hisobotlar to‘g‘riligini tas- diqlashdan bosh tortishi lozim. Faqat ko‘rsatilgan kamchiliklar tugatilgandan so'nggina tekshiruvlarni yakunlashi va ularning natijalari bo'yicha xulosa tuzish mumkin. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishdagi kamchiliklami tugatish uchun korxonaga berilgan vaqt, odatda, agar bunday ishlarning jiddi- yligi va sermehnatligi real baholansa. ikki-uch oydan oshmasligi lozim. Auditorga barcha zarur ma'lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan yoki buzib ko'rsatilgan holda taqdim etilganligini u hilmagan ho‘tsa, bunga auditor javobgar hisoblanmaydi. Bu hol- larda barcha javobgarlik zarur ma'lumotlami auditorga taqdim etishi lozim bo'lgan, tekshirilayotgan korxona ma'muriyati va uning ma'sul xodimlariga yuklatiladi. Shu hoisdan, korxona rahbari va moliya-hisob xizmati xodimlari oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar tanishib chiqishlari, agarda ularda ayrim holat- larga nisbatan norozilik, mulohaza yoki qandaydir takliflan bo'lsa, ushbu hildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki e'tiborga olinib, xulosanmg oxirgi tahririda inobatga olinishi lozim. Korxona bir oy ham o'tmasdan, qayta tekshirish natijasida ijobiy xulosa olsa, hu hol auditorlarga ishonchsizlik bildirishga olib kelishi mumkin. Bu xuddi oylab darsga qatnashmagan, qo- biliyatsiz talabaning imtihonda mutlaqo savodsizligini namoyon qilib, «qoniqarsiz» baho olganidan so'ng. ertasiga ba'zi bir sa- hablarga ko'ra «a’lo» hahoga qayta topshirgani kabi noreal hodisadir. Shuningdek, agar tekshiruvda hech qanday kriminalga oid holat aniqlanmagan bo‘lsada, xulosalarni ochiqdan ochiq yoki niqoblangan ishoralar bilan shakllantirish mumkin emas. Ammo, shunga qaramasdan korxona ishida suiiste'mol hollari uchrasa, sudlov-tergov organlari tomonidan chuqur tekshirilib, ular ochib tashlanadi. Yana bir marta shuni ta’kidlash lozimki, auditor xulosada faqat qo‘l ostidagi hujjatlar yoki aniq formula- lar, retsepturalar, normalar, iimitlar va boshqa ma'lumotlarga asoslangan, benuqson, aniq hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan faktlarni keltirishi lozim.