Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə67/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Takrorlash uchun savollar

  1. Moliyaviy hisobot auditining maqsadi nimadan iborat?

  2. Moliyaviy hisobot auditining manbalari sifatida qanday hujjatlardan foydalaniladi?

  3. Moliyaviy hisohot auditida sodir etiladigan xatolar qan- day?

  4. Moliyaviy hisobotdagi ko'rsatkichlar qanday tekshiriladi?

  5. Moliyaviy hisobot auditining vazifalari nimalardan iborat?

  6. Hisob registrlari to‘g‘ri tuzilganligi qanday tekshiriladi?

  7. Moliyaviy hisobot topshirish muddatlari qanday?

XII mavzu. AUDITORLIK TEKSHIRUVI NATIJALARI
BO YICHA AUDITORLIK HISOBOTI VA XULOSASINI
TAYYORLASH


    1. Audit natijalarini umumlashtirish

Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining barcha bo‘limlari bo'yicha o'tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida vu- judga keladi.
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlami tayyorlash;

  • aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;

  • auditorlik dalillaming yetarliligini baholash;

  • faoliyat ko'rsatayotgan korxona prinsipi bilan bog'liq omil- lami baholash;

  • buxgalteriya hisobotidagi axborotlami taqdim qilish va bayon qilish;

  • hisobot tuzilganidan so‘ng sodir bo'lgan hodisalami baho- lash;

  • tekshiruv natijalari bo'yicha auditoming mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;

  • auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.

Auditorlik tekshiruvi o'tkazish mobaynida asosan tekshirila- yotgan xojalik yurituvchi subyektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar tax- rmn va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlami baho- laydilar.
Ta'kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xojalik yurituvchi subyekt mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda audi- torlar ma'lum darajada professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko'rsatuvchi holatlami obyektiv baholashi zarur:

  • xojalik yurituvchi subyekt xodimlariga ma'lum bo'lgan, ammo auditor tomonidan ochilmagan xatolami aniqlash faktlari;

  • tekshiruv uchun zarur bo‘lgan, auditorga o‘z vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki hujjatlar yoki ma'lumotlarga doir xojalik muomalalari;

  • mutaxassislaming hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;

  • inventarizatsiya natijasida aniqlanib dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin yetarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar;

  • katta tafovutlaming tasdiqlanmaganligi va auditor so'rovlariga kutilgan javobgar olinmaganligi;

  • tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki huijatlar yoki tegishli ruxsat etuvchi ko'rsatmalar taqdim qiiinmagan xojalik muomalalari.

Auditor to‘plangan daiillar yetarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit o'tkazish) hi- sobga olishi kerak. Shuningdek, katta xatolar xatarini dastlabki baholash va tekshirish rejalari ham e'tiborga olinishi lozim.
Agar bunday holatlar rejalashtirish hosqichida aniqlangan va hisobga olingan bo‘lsa, unda auditor to'plangan dalillaming yetarliligiga va rejalashtirilgan hamda qo‘shimcha auditorlik amallarini bajarishning maqsadga muvofiqligiga baho berishi za- rur.
Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o‘tkazish nati- jalari audit o‘tkazishdan qo'yilgan maqsadga erishilganlik dara- jasini baholagan holda auditoming ishchi hujjatlarida qayd qilin- ishi lozim. Masalan, audit o'tkazish dasturining «Debitor va kreditor qarzlami tekshirish» bo‘limi bo‘yicha o'tkazilgan audit natijalarini baholashda quyidagi auditorlik amallarini tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiq:
Keyingi pul kirimlari va tegishli schyotlar qoldiqlaridan to'langan to'lovlarga doir dastlabki hujjatlami tekshirish. Audi- torlar, odatda, buxgalteriya balansi tuzilgandan keyingi to audit o'tkazilgan oxirgi kunga qadar amalga oshirilgan to‘lovlami ham tekshiradi. Bu tekshiruv natijalari hisob ma'lumotlarining is- honchliligini joriy majburiyatlarni balansda aks ettirishning to‘liqligi va haqqoniyligi nuqtayi nazaridan baholashga imkon beradi. Ushbu amallami hajarish natijasida joriy majburiyatlar to'liq va haqqoniy aks ettirilganligi to‘g‘risida olingan dalillar, buxgalteriya hisoboti tuzilganidan so‘ng to‘langan qarzlarga nis- batan yetarli darajada deb baholanishi mumkin. Shundan so‘ng auditor to'lovi tasdiqlanmagan qarzlar summalarining katta- kichikligini baholaydi.
Schyotlami buxgalteriya hisoboti tuzilganidan so‘ng tayyor- langan moddiy javobgar shaxslar hisobotlari hilan, hisob ma'lumotlari bo'yicha qoldiqlar bilan solishtirish. Buxgalteriya hisoboti tuzilgan kundan oldin olingan barcha schyotlar (yet- kazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun) joriy davrdagi hisobda va shu davr uchun tuzilgan hi- sobotda aks ettirilishi kerak. Shuning uchun buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan so'ng tayyorlangan materiallar harakati to'g'risidagi hisobotlar va schyotlardagi sanalar, mulklar va ma- jburiyatlaming balansda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish maqsadida taqqoslanishi maqsadga muvotiq.
Mayjud qoldiqlarni schyot-fakturalar ma'lumotlari, moddiy javobgar shaxslar hisobotlari va to‘lov hujjatlari bilan solishtirish. Agar debitor va kreditor qarzlaming miqdori xojalik yurituvchi subyekt moliyaviy ahvoli uchun sezilarli darajada bo'lsa, audi- torlar hisobga olishning to‘g‘riligi va aniqligini tekshirishi, shun- ingdek, hisob ma'lumotlari bo‘yicha majburiyatlaming oshirib ko'rsatilmaganligini aniqlashlari lozim. Bu holda dastlabki hu- jjatlar ma'lumotlari analitik hisob registrlari (jurnallar, oborot yoki saldo vedomostlari) da aks ettirilgan axborotlar bilan, oldin eng katta qoldiqlilaridan boshlab (chunki ular bo‘yicha oshirib ko'rsatish ehtimoli ko'proq) solishtiriladi. Olingan ma'lumotlar bo'yicha hisob yozuvlarida (masalan, bitta schyotni hisob regis- trida ikki marta aks ettirish va shunga o‘xshash) majburiyatlar debitor va kreditor qarzlar) oshirib ko'rsatilish holatlarining katta-kichikligini baholash zarur.
Mol yetkazib beruvchilar va boshqa kontragentlar bilan hi- sob-kitoblarni tasdiqlash. Audit o'tkazish mobaynida bunday tasdiqni olish majburiy emas. Lekin. ushhu amal ko'pchilik hol- larda katta naf keltirishi mumkin. Masalan, mol yetkazib beru- vchilardan olingan javoblar quyidagilami tasdiqlash uchun ishla- tilishi mumkin:

  • mol yetkazib beruvchilar bo‘yicha debitor qarzlar ulaming asosli da'vosi hisoblanadi;

  • buxgalteriya hisobi ma'lumotlari mol yetkazib beru- vchilarga barcha mavjud qarzlami o‘zida aks ettiradi;

  • sotib olingan moddiy resurslar, ko'rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar tegishli hisobot davrida aks ettirilgan. Bunda audit o'tkazish mobaynida kontragentlardan tasdig'ini olish za- rurligi to‘g‘risida guvohlik beradigan omillami belgilab qo'yish kerak: haridlami ichki nazorat tizimining bo'shligi: moliyaviy muammolar; tovar-moddiy qiymatliklar bo'yicha qoldiqlar chiqarishda yoki qarzdorlami tekshirishda yo‘! qo'yilgan xatolar to‘g‘risidagi faktlar; bir necha mol yetkazib beruvchilardan qi- lingan katta haridlar; haridlar to‘g‘risidagi hisobot buxgalteriya balansini tuzish sanasiga tayyorlanmagan. Tasdiqlash ishlarining natijalarini umumlashtirib, eng awaio, ulaming ishonchliligini baholash zarur. Bunda qarzlaming yozma va og'zaki shaklda tasdiqlangan miqdori va ahamiyatliligi baholanadi.

Yozma shaklda olingan dalil-isbotlami eng ishonchli deb tan olish qabul qilingan. Yozma tasdiqlaming ishonchliligi ulaming to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga hog‘liq. Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib chiqib tasdiqlangan va tasdiqlanmagan summa- laming katta-kichikligi. shuningdck, majburiyatlaming is- honchliligi to‘g‘risida auditor fikriru shakllantirish uchun olin- gan dalillar yetarliligi baholanadi.
Debitor va kreditor qarzlar analitik hisobi ma lumotlarining tengligini tekshirish. Dastlabki hujiatlami tekshirib chiqish yoki debitor va kreditor qarzlar lasdighni olish munosabati bilan auditorlar hisob-kitoblami hisobga oladigan analitik hisob reg- istrlarini tekshirib chiqishi, hamda ulami Bosh daftar ma'lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Hisob-kitob tnuomalalari hisobga olinadigan schyotlami tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin:

  • mol yetkazib beruvchilar schyotlari bo‘yicha debet qoldiqlar;

  • mansabdor shaxslar, direktorlar, raislar, sho'ba va tobe korxonalarga va boshqa o'zaro bog'liq tomonlardan qarzlar summalari;

  • mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga doir had- dan tashqari katta tuzatishlar;

  • da'vo muddati o‘tib ketgan yoki o‘tayotgan to'lanmay qol- gan schyot-fakturalar.

Barcha belgi qo'yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda tahlil qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlaming natijalarini boshqa olingan dalillar hilan taqqoslash maqsadga muvofiq. Masalan, da’vo muddati o‘tib ketayotgan to'lanmay qolgan schyotlar va mol yetkazib beruvchilar bilan hi- sob-kitoblar bo'yicha debet qoldiqlarining aniqlangan summa- lariga ma'lumotlar muvofiqligi to‘g‘risida tasdiq olinishi mum- kin. Bu holda auditor analitik hisob ma'lumotlarining ishonch- liligi haqida yetarli dalillarga ega bo‘ladi. Agarda olingan tas- diqlar natijalariga ko'ra kontragentda bunday qarzdorlikning yo'qligi aniqlansa, u holda auditor analitik hisob ma'lumotlarini ishonchsiz deb haholashi mumkin.
Analitik hisob registrlari ma'lumotlarini bosh daftar bilan taqqoslash mijoz tomonidan vaqti-vaqti bilan o'tkaziladigan na- zorat tartibi bo'lib hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, auditorlar qilin- gan taqqoslashlami, aniqlangan g'ayri oddiy summalami tahlil qiladi, jami summalami qayta jamlab chiqadi.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin