Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

«Goroskop tuzib beramiz» 
Internetda istalgan inson uchun shaxsiy goroskop tuzib berishni taklif 
qiluvchi e’lonlar to’lib-toshib yotibdi. Mualliflar bunday goroskoplarni tezda va 
tekinga jo’natishni va’da qiladilar. Buning uchun foydalanuvchiga standart 
anketani to’ldirish va elektron manzini ko’rsatish taklif qilinadi. Astrologiyaga 
qiziquvchi inson bu ma’lumotalarni junatganidan so’ng, unga goroskopni olish 
uchun ko’rsatilgan nomerga u yoki bu raqamlar bilan birgalikda SMS-ma’lumot 
jo’natish taklif etiladi. Agar ushbu ko’rsatilgan ishlar qilinsa, ishonuvchan 
insonning mobil telefoni hisobidan bir necha dollar kamayib qoladi. Goroskopni 
sizga yuborishlari yoki yubormasliklari mumkin.
«Bolalarga yordam bering» 
Bu eng uchchiga chiqqan internet-firibgarlarning ishidir, chunki bunda kasal 
bolalarning nomidan ularning xaqqiga xuruj qilinadi. Og’ir kasallikka chalingan 
bolaga yordam berish xaqidagi ko’pchilik insonlarning raxmini keltiradigan 
ma’lumotlar uning rasmi bilan birgalikda elektron pochta, tirik jurnal va 
forumlarda tarqatiladi. Bu bolaga yordam bermoqchi bo’lganlarga ko’rsatilgan 
bank hisobraqamiga, elektron xamyonga yoki 
Western Union
ga pul junatish taklif 
qilinadi. Jo’natgan pulingiz esa firibgarlar tomonidan osonlikcha o’zlashtiriladi. 
Shuning uchun agar biror bir kasal bolaga yordam puli junatmoqchi bo’lsangiz, 
avvalo bolaning ota-onasi bilan aloqaga chiqing va ularga pulni adresli ko’rinishda 
yoki bevosita qo’ldan qo’lga bering. 
«Boshqalarning telefonda yoki elektron pochtada o’zaro nimalar xaqida 
so’zlashishlarini bilishga yordam beramiz» 
Bu firibgarlak rashkchi er-xotinlardan pul undirish usuli bo’lib, unda kerakli 
insonga noma’lum foydalanuvchi tomonidan mobil telefondagi suzlashishlarni
SMS-xabarlarni yoki elektron pochta orqali amalga oshirilgan yozishmalarni bilib 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
berish taklif etiladi. Ular sizni to’liq ishontirish uchun bir necha kun davomida siz 
bilan dustona yozishma olib boradilar va ishonchga kirgandan so’ng, ma’lum 
miqdordagi avans jo’natishni taklif qiladilar. Avans olgandan so’ng, ular siz bilan 
aloqa qilishni bas qiladilar, chunki ular maqsadlariga erishdilar va internetdagi 
boshqa laqma odamlarni chuv tushirishni davom ettiradilar. Pulni oldindan to’lash 
taklifi bor yoki yo’qligi rostdan xam ma’lumot bermoqchi bo’lganlarni 
soxtalaridan farqlashga imkon beradi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin