Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Tadbirkorlar blokcheyn vositasida ko‘p
mablag sarf qilmasdan turib, kam
miqdordagi mijozlar bilan ham startap (
yangi loyiha
)larni qo‘rqmasdan
boshlashlari mumkin. Blokcheyn oddiy ob’ekt ham, maxsulot ham, tendensiya
ham yoki qandaydir imkoniyat ham emas. Balki u
bir necha qismlardan iborat
bo‘lib, ularning ba’zilari birgalikda ishlaydilar, boshqalari esa mustaqil va bir-
biriga bog’liq bo‘lmagan xolda faoliyat ko‘rsatadilar. Xuddi shuning uchun ham,
ya’ni, modullilik tufayli blokcheyn texnologiyasi juda ko‘p yo‘nalishlarda va
sohalarda ishlatilishi mumkin.
Umuman aytganda, blokcheyn texnologiyasining
rivojlanishi juda katta novatorlik potensialiga ega. Xuddi internet iqtisodiyoti
singari, blokcheyn texnologiyasi ham yangi turdagi
iqtisod yaratadi va xuddi
shuning uchun ham biz ushbu imkoniyatdan foydalanish imkoniyatlarini nazardan
qochirishimiz kerak emas. Kriptotexnologik raqamli iqtisodiyot siyosiy nuqtai-
nazardan ham, raqamli arxitektura nuqtai-nazaridan ham,
markazlashmagan
ishonchga asoslangan iqtisodiyot bo‘ladi. Blokcheyn barchaga bir xildagi imkon
berib, ishtirokchilarning imkoniyatlarini qandaydir ma’noda tenglashtiradi. Avval
boshdanoq internetning asosiy vazifasi ma’lumotlarni
tarqatish va uning
almashinuvini ta’minlash bo‘lsa, blokcheynning funksiyasi qandaydir qiymatga
ega bo‘lgan ma’lumotlarni uzatishdir. Shunday qilib, blokcheyn, perspektiv hamda
kelajak innovatsion texnologiyasidir. Masalan, 2015 yil oktyabr oyida
Dostları ilə paylaş: