Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


-BOB. ELEKTRON TIJORIY MUHITNI SHAKLLANTIRISHDA



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

9-BOB. ELEKTRON TIJORIY MUHITNI SHAKLLANTIRISHDA 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR 
9.1. Sun’iy intellekt (Artificial Intellect) texnologiyalari va kompyuterlar 
yordamida o’qitish 
Sun’iy intellect deb, komp’yuterlarning an’anaviy ravishda insonlar 
bajaradigan aqliy va ijodiy ishlarni bajara olish qobiliyatiga tushuniladi. Yana 
ushbu atama bilan intellectual mashinalar yaratish ilmi va texnologiyasini ham 
tushunadilar. Sun’iy intellektning bunday aniqlanuvu 1956 yilda amerikalik 
informatik Djon Makkarti tomonidan kiritilgan. Ingliz tilida 
artificial intelligence
so’z birikmasi bizda “
sun’iy intellect
” ma’nosini bildirsa, 
intelligence
so’zi 
inglizchada “
aqlli fikrlash qobiliyati
” deb tushuniladi. Shu sababli, sun’iy intellect 
information texnologiyalari qandaydir tizimning o’z-o’zini o’qitish evristik 
jarayonida qandaydir sinfga oid masalalarni yechish uchun dasturlar yaratish va bu 
dasturlar yordamida ushbu masalalarni yechishni anglatadi. Sun’iy intellektni 
aniqlashning empiric testini 1950 yilda Alan T’yuring taklif qilgan. Unga ko’ra, 
fikrlovchi mashina deb, inson u bilan so’zlashganda uni inson sifatida qabul 
qilinishi tushunilishi lozim. Sun’iy intellect tizimlarini yaratish bo’yicha bir qancha 
yondoshuvlar mavjud. Ular ichida eng ommabopi evristik yondoshuv bo’lib, bunda 
mashina o’zini o’rab turgan dunyoni sinab ko’rish va xatolar tahlili usuli bilan 
o’rganadi. “
O’qituvchisiz o’qish jarayoni
” deb nomlangan extimollik mashinasi 
g’oyasini ilk bora 1956 yilda Dartmund konferentsiyasida Rey Solomonoff aytib 
o’tgan. Hozirgi davrda sun’iy intellect bo’yicha juda ko’p sohalarda ilmiy 
izlanishlar olib borilayotganida qaramay, biror bir inson yoki ilmiy guruh 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
to’laqonli sun’iy intellect tizimini yarata olmagan. Hozirgi davrda sun’iy intellect 
tizimlari barcha sohalarda insonning ishonchli yordamchisiga aylangan, ammo 
ko’pchilikning quyidagi savoli hali-hanuz javobsiz qolmoqda: Agarda ertaga 
mashina insondan aqlli bo’lib ketsa, u xolda nima bo’ladi?
Agar masalaning mohiyatiga qarasak, bunga hali ancha vaqt bor, chunki 
hozircha mashinaning imkoniyatlari insonga nisbatan juda ham kichik miqdorda. 
Agar mashna algoritmlar asosida ishlasa, inson obrazlar bilan ishlaydi. Shuning 
uchun ham mashina resurslarini eng ko’p ishlatadigan ob’ekt – 
videoinformatsiyadir. Inson video ma’lumotlardan tashqari, ovozni, xidni, tasvirni, 
harakatlarning koordinatsiyasini ham onlayn rejimda yashin tezligida qayta ishlay 
oladi. Bu esa mashinaning insondan aqlliroq bo’lib ketishi hali-hanuz amalga 
oshmaydigan bir afsona deganidir.
Hozirgidavrdasun’iyintellectquyidagisohalardaqo’llaniladi:

So’zlar orqali ifodalangan matnlarni qayta ishlash;

Mashina yordamida ta’lim berish;

Ekspert tizimlar;

Virtual agentlar (
chat-botlar va virtual yordamchilar
);

Maslahat berish tizimlari. 
Britaniya olimi Stiven Xokingning fikriga ko’ra esa, agarda insonlar juda ham 
qudratli sun’iy intellect yarata olsalar, bunday sun’iy intellect insonlar uchun juda 
havfli bo’lib qolishi mumkin.Quyida sun’iy intellektning bir qancha sohalarda 
qo’llanilishi bo’yicha misollar ketiriladi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin