Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
qancha sohalar bunga misol bo’lishi mumkin.Foydalaniladigan texnologiyalar
vaalgoritmlar mohiyatiga kirishib o‘tirmasdan, quyida blokcheyntexnologiyasining
boshqalaridan ajralib turadigan asosiy xusuyatlarini sanab o‘tamiz:
ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib,
barcha qatnashchilar
tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda
saqlanadi, bu esa uni buzishni yoki o’zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib
qo‘yadi;
har bir qayd qilingan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib
chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirishga imkon beradi;
ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki
g‘ayriqonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi.
Blokcheyntexnologiyasining sanab o‘tilgan xususiyatlarikriptovalyutalarning
asosiy xususiyati–ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni:
1. qalbakilashtirish imkonsizligi;
2. o‘g‘irlash imkonsizligi.
3. umumiy emissiya markazi yo‘qligi;
4. ochiq dasturiykod mavjudligi;
5. tashqi tartibga solish yo‘qligi (dasturiy kodga kiritilganidan tashqari);
6. transchegaraviylik mavjudligi.
Ishonchlilikdan tashqari, kriptovalyutalar foydalanuvchilarni
foydalanish
qulayligi va tranzaksiya harajatlari minimalligi bilan ham o’ziga jalb qiladi.
Bitkoin (
yoki boshqa har qanday kriptovalyuta
) qiymati maxsus birjalarda
(
kriptobirjayoki virtual valyutalar birjasida
)bozor
talab va taklifi asosida
belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab virtual valyutalar moddiy
ta’minotga ega emas, balki ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi.Ta’kidlash joizki,
valyutalar,
obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar va boshqa shu kabimoliyaviy
vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va
to‘liq moddiy ta’mniotga ega bo‘lmaydi. Biroq, agar
klassik valyuta qiymati
asosan uni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy
tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat foydalanuvchilar
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
kutadgan natijalar bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: