Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə409/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

 
Bilimlarni boshqarish
– 
bu bilimni identifikatsiya qilish, bilimni 
boshqarish, bilimni rivojlantirish va undan foydalanishdir. U bilimlarni qanday 
olish, uni tarqatish, o‘zgartirish, undan foydalanish hamda firma uchun zarur 
amaliy ustunliklarni uzluksiz topish bilan shug‘ullanadi. 
Bilimlar kapitali
– 
bu kompaniyaning bilimlarni egallash, ishlab 
chiqish va ulardan foydalanish uchun sarflagan sarmoyalaridir. Bilimlar 
kapitalining muhim tarkibiy qismi kompaniyaning intellektual mulki 
hisoblanadi. 
Bilimlar korporatsiyasi
– 
bu bilimlarni raqobatbardosh ustunliklar 
uchun asos bo‘lib hizmat qilishini, uning eng qadrli aktivlar sifatida 
muhimligini tan oluvchi firma. 
Bloger
 – 
internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-
sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu 
jumladan, axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama 
qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs. 
Bitkoin kriptovalyutasi
– 
bu o’zaro ishonchga emas, balki kriptografik 
kodlash tizimiga asoslangan, o’zaro hech qanday vositachilarsiz (
bank yoki 
boshqacha moliyaviy uskunalarsiz
) to’lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida 
amalga oshirilishini ta’minlovchi to’lov tizimi valyutasining bir turidir.
Bitkoin pitstsa kuni (Bitcoin Pizza Day
) – 
2010 yilda aynan shu kuni 
chexiyalik dasturchi Lazlo Xanesh bitkoinga dastlabki haqiqiy sav doni 
amalga oshirgan, ya’ni, o’z o’rtog’iga 10 ming bitkoin o’tkazib bergan va 
o’rtog’i o’z navbatida unga 
Papa John's
restoranidan ikkita pitstsa buyurtma 
qilgan. O’sha vaqtda bir bitkoin 0,003 AQSH dollariga teng bo’lgan va ikkita 
pitstsaning narxi esa 30 dollar bo’lgan.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin