Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Charli Li
tomonidan ixtiro qilingan laytkoin eng 
muvaffaqiyatlilaridan biri sifatida tanilgan. Laytkoin muvaffaqiyatining siri 
maynerlar tomonidan tranzaksiyalarni bitkoinga kiritish uchun foydalaniladigan 
xeshirlash jarayonining boshqaroq amalga oshirilishdan iborat. Bundan tashqari, Li 
tizimi maynerlar orasidagi raqobatni ko‘rib chiqadi, lekin uning algoritm sifatida 
ma’lum bo‘lgan xeshlashtirish usuli maynerlarga bitkoin bilan taqqoslaganda, 
xeshing maqsadlariga erishishni biroz yengillashtiradi.Laytkoinning asosiy 
kamchligi - agar tarmoqda bir vaqtning o‘zida yetarli sondagi maynerlar 
bo‘lsmasa, «
51%hujum
» riskiortishi mumkin. Ayrim mutaxassislarni esa bu 
algoritm asosidagi valyuta mayningi kamroq himoya qilinganligi, «
ishning 
isbotlari
» unchalik ishonchli emasligi va nazariy jihatdan bu blokcheynga noto‘g‘ri 
tasdiqlangan soxta tranzaksiyalar kirishi ehtimoliga yo‘l qo‘yishi imkoniyatlari 
mavjudligi 
xavotirga 
soladi. 
Biroq 
hozirgi 
paytgacha 
laytkoin 
yirik 
omadsizliklardan qochib qolishga erishgan. Vaqt o‘tishi bilan u ekologik jihatdan 
havfsizroq bo’lishi va bitkoinning demokratik raqobatchisiga aylanishi 
mumkin.Algoritm asosidagi mayning bu – «
51% hujum
»ning oldini olish va 
bitkoin mayningini nomarkazlashtirish uchun yagona yechim emas. Ayrim 
muqobil kriptovalyutalar, jumladan, nextkoin va pirkoinlar resurslar sig‘imi va 
harajatlar katta bo‘lishini talab qiladigan «
ish isbotlari – Proof of Work - 
PoW
»ning o‘rniga «
ulush isboti – Proof of Steak - 
PoS
»dan foydalanadilar. 
Shunday qilib, maynerning avtomatlashtirilgan tarzda mukofot olishga imkoniyati 
ordadi. Agar «
ulush isboti
»ga to‘liq asoslanadigan nextkoin haqida gapiradigan 
bo‘lsak, u yerda tangalar topilmaydi, balki komissiyalar tufaylikriptovalyutalar 
«
ishlab 
olinadi
». 
Nextkoin 
iqtisodiyotidahar 
kungi 
tranzaksiyalarda 
foydalaniladigan kiptotangalar soni chegaralanadi. Ular oxirgi blokni chiqargan 
tugunga o‘tkaziladigan tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun komission to‘lovlar 
hosil qiladilar. Bitkoin bilan bog‘liq bo‘lgan holatdagi kabi, tranzaksiyalar blokini 
«
muhrlash
» uchun to‘g‘ri xesh tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi, biroq 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
bitkoindan farqli ravishda bu lotoreyani yutib olish imkoni hisoblash resursiga 
emas, balki hisobraqamidagi tasdiqlangan kriptotangalar soniga bog‘liq bo‘ladi. 
G‘oya shundan iboratki, bu ekologik jihatdan havfsiz va iqtisodiy jihatdan 
harajatli hisoblash resursini oshirishga o’lgan stimullarni yo‘qqa chiqaradi. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin