2-jadval
Real sektor tarmoqlarining jozibadorlik ko’rsatkichlari
20
Ta
rmo
q
lar
Da
stl
abki
sa
rmoya
,
so’mda
B
it
ta
ishchiga
to’g’
ri
ke
ladiga
n
foyda
,
mi
ng
so’mda
R
enta
be
ll
ik
Xa
ra
jat
lar
qim
-matlashuviga
se
zgir
-
lik
bo’yic
ha
ra
ng
Na
rx
pa
sa
yi
-shiga
se
zgir
-lik
bo’yic
ha
r
angi
O’
rta
ch
a
za
ra
r-
sizlik
da
ra
jasi
O’
rta
-c
ha
ma
r-
ji
na
l
foyda
Savdo
57188,6
265
0,043
4
4
0,31
0,014
Ishlab
chiqarish
27258,3
560
0,27
3
3
0,52
0,327
Kurilish
17245,4
326
0,25
2
2
0,61
0,363
Maishiy
xizmat
5255,4
122
0,1
1
1
0,25
0,377
20
Муаллиф ҳисоб-китоблари асосида тузилди
54
Tahlillarimizga ko’ra, jozibadorlik bo’yicha maishiy xizmat birinchi, qurilish
ikkinchi, ishlab chiqarish uchinchi, savdo to’rtinchi o’rinlarni egalladi. Demak,
kichik biznesni maishiy xizmat sohasida amalga oshirish imkoniyatlari katta.
Shuningdek, nisbatan qurilish va ishlab chiqarishda ham tadbirkorlikni amalga
oshirish imkoniyatlari boshqa tarmoqlarga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi.
3.3. Biznesni rivojlantirishning optimizatsion modellari
Iqtisodiyotning har qanday tarmog’ida kichik biznes muammolarini o’rganish,
avvalo asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar doirasini kengaytirish, ular orasidagi o’zaro
bog’liqliklarni o’rnatish va o’rganishni dolzarb qilib qo’yadi. Bu esa, o’z
navbatida, iqtisodiyotda iqtisodiy-matematik usullarni qo’llashni, KB ni
rivojlanishining optimal boshqarish maqsadida iqtiso-diy-matematik modellarini,
ekonometrik modellarini tuzishni talab etadi.
Kichik biznesning milliy iqtisodiyotimiz doirasidagi faoliyati iqtisodiyotning
boshqa tarmoq va sektorlariga nisbatan murakkkab va ser-qirradir. Chunki, kichik
biznes sub’ektlari iqtisodiyotning barcha tarmoq-larida bevosita mahsulot ishlab
chiqarish, xizmat ko’rsatish va hokazolar jarayonida qatnashadi, bu esa ularni
yagona tizimga keltirib modellashti-rish masalasini yanada chigallashtiradi. Shu
sababli, kichik biznesni model-lashtirishda modelga real tus berish uchun ba’zi
omillarni hisobga olish, boshqalarini esa o’zgarmas deb faraz qilib, model
e’tiboridan chetda qoldi-rish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, barcha omillarni tom
ma’noda to’la qamrab oluvchi modelning o’zini tuzish biroz noreal bo’lar edi. Shu
bilan birga, kata sonlar qonuniga ko’ra bir tarmoq doirasida ham nisbatan ko’plab
KBXT sub’ektlarining borligi statistik bazani kengaytiradi va bunday tadqiqot
o’tkazishga imkoniyat yaratadi.
Milliy iqtisodiyot doirasida kichik biznes faoliyatini mikro va makro darajada
chiziqli, nochiziqli, dinamik rivojlanish va optimizatsion usullaridan foydalanib
model yaratiladi.
KB ning milliy iqtisodiyot doirasidagi optimal rivojlanishi va ra-
qobatbardoshligi yaratilgan huquqiy-iqtisodiy, ijtimoiy zaminga va boshqa
55
omillarga bevosita bog’liqdir: qonunlar, me’yoriy- huquqiy xujjat-lar, jamiyat
tomonidan tadbirkorlikni e’tirof etilishi, tadbirkorlik faoliyati daxlsizligi,
subsidiya, dotatsiya, har xil imtiyozli kreditlar, diversifikatsiya, integratsiya,
soliqlar, atrof muhit, siyosiy barqarorlik va hokazo omillar
21
. Bu omillar etarli
darajada KBXT rivojlanishi va bashoratlash modelida o’z ifodasini topishi lozim.
Ammo, biz ushbu nazariy muammolarni keyingi bobda ko’rib o’tilishi
sababli, biz ushbu bo’limda bevosita har qanday iqtisodiy faoliyatning asosiy
maqsadi bo’lgan optimal rivojlanish va raqobatbardoshlikning «barometri» bo’lgan
KB sub’ektlarining asosiy ko’rsatkichi foydaga to’xtalamiz.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, biror bir viloyat kichik biznes sub’ektlari
foydasining modeli quyidagicha bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: |