Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

3-§. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari
Mobilizatsiyalashgan pul mablag’larini banklar mijozlarni kreditlash uchun va 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni qo’llab-quvvatlash uchun foydalaniladi. 
Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan 
operatsiyalar 
banklarning 
aktiv 
operatsiyalari 
deyiladi. 
Bankning 
aktiv 
operatsiyalarida asosiy o’rinni ularning kredit yoki ssuda operatsiyalari egallaydi.
Ssudalar berilishining ta’minotidan kelib chiqib kreditlar moddiy boyliklar, 
tovarlar va boshqalar bilan ta’minlangan kreditlarga beriladi.
Banklarning mijozlarga beradigan ssudalari yoki kreditlarning muddatidan 
kelib chikib, ular muddatli va onkol kreditlar (inglizchadan 
on call 
-talab bo’yicha)ga 
bo’linadi.
Ssudalar berilishining ta’minotidan kelib chiqib kreditlar moddiy boyliklar, 
tovarlar, veksellar, fondlar (qimmatli qog’ozlar) va boshqalar bilan ta’minlangan 
kreditlarga bo’linadi.
Veksel operatsiyalari veksellarni qayd yoki hisobga olish bo’yicha 
operatsiyalar va veksellar bo’yicha ssudalar berish operatsiyalariga bo’linadi.
Veksellarni qayd qilish deganda bank tomonidan ularni to’lash muddati 
tugagunga qadar veksellarni sotib olishni tushuniladi. O’z navbatida bank, agarda 
mablag’lar bilan ta’minlanganlikda qiyinchilik sezayotgan bo’lsa, Markaziy bankning 
hududiy boshqarmalarida berilgan veksellarni qayta hisobdan o’tkazishi mumkin. 
Vekselni hisobga olib. bank uning vaqtinchalik egasi bo’ladi va vekselni emitent 
qilgan yoki uni hisobga olish uchun taqdim qilgan shaxsga ma’lum miqdorda pul 
to’laydi. Bu operatsiya uchun bank mijozdan qayd etish foizi yoki diskont deb 
ataluvchi ma’lum foiz undiradi. Diskont - bu vekselda ko’rsatilgan summa bilan 
veksel egasiga to’lanadigan summa o’rtasidagi farqdir. Ba’zi davlatlarda banklar 
o’zlarida alohida mijozlarning kreditlash qobiliyatini o’rganuvchi ayrim korxona va 
shaxslar veksel hisobi limitini o’rnatuvchi hisob bo’yicha qo’mitalarni tashkil 
etadilar.
225 


Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, tijorat, moliyaviy va «do’stona» (bronza) 
veksellarini farqlash kerak.
Tijorat veksellari tovar munosabatlari asosida vujudga keladi. Ular boshqa 
veksellarga nisbatan ishonchlidir.
Ko’pgina veksellar moliyaviy xarakterga ega, ya’ni ular broker yoki makler 
tomonidan hisob foizini olish uchun muomalaga chiqariladi. Bular faqat bankdan 
mablag’lar olish uchun mo’ljallangan «shishirilgan veksellardir».
«Do’stona veksellar» - bu ikki shaxsning har qanday tovar 
harakat
isiz 
bankdan mablag’ olish uchun bir-birlariga beradigan veksellardir.
Tadbirkorlar tomonidan chiqarilgan veksellarni «bronza» veksellari deb ham 
atashadi.
Bankning aktiv veksel operatsiyalariga aktsept va aval operatsiyalar kiradi.
Aktseptli operatsiyada bank o’zi aktseptlashtirayotgan vekselni ishonchli 
mijozga chiqarish huquqini beradi. Ya’ni berilgan veksel bo’yicha o’z hisobidan 
to’lovini kafolatlaydi. Shunday aktsept kreditdan foydalanayotgan mijoz veksel 
haqini to’lash uchun tegishli summani bankka to’lash majburiyatini oladi.
Xalqaro miqyosda veksellar bilan bog’liq bo’lgan hamma operatsiyalar 1930 
yilda qabul qilingan Jenevada tuzilgan konventsiya bilan qat’iy belgilanadi.
Veksel bo’yicha beriladigan kreditdan foydalanishning muhim shakli aval 
hisoblanadi. Bunda veksel bo’yicha haq to’lash bevosita veksel beruvchi bilan 
amalga oshirilladi. Aval esa haq to’lashni kafolatlaydi. Aktsept - aval 
operatsiyalarining o’ziga xos xususiyati shundaki, ular bir vaqtning o’zida ham aktiv, 
ham passiv operatsiyalarga tegishli bo’ladi.
Bank aval veksel munosabatlarini hamda ularning boshqa banklardagi hisob-
kitobini engillashtiradi. Chunki yirik avalda hisob va qayta hisoblashda mutlaq 
tartibda amalga oshiriladi. Bir bank tomonidan avallashgan veksellar boshqa bank 
tomonidan ham hisobga olinadi.
«Veksel bo’yicha ssuda» operatsiyasida veksel egasi bo’lib avvalgi veksel 
oluvchi qoladi, bank esa uning ta’minoti ostida mijozga veksel qiymatining 50-70% 
miqdorida ssuda beradi.
226


Banklar aktiv operatsiyalarining muhim turi tovarlar bo’yicha ssudalar, ya’ni 
tovarlarni garovga qo’yib ssuda olish hisoblanadi. Hujjatlar, variantlar (tovarlarni 
omborda saqlash javobgarligi bilan qilinganligi to’g’risidagi guvohnoma), temir yo’l 
hujjatlari, konosamentlar (yukni kemaga qabul qilinganligi to’g’risidagi paroxod 
jamiyatlari guvohnomasi), yuklarni tashishi to’g’risidagp hujjat bo’yicha ssudalar 
olish hisoblanadi.
Tovarlar bo’yicha ssudalar bank tomonidan tovarning to’liq bozor qiymatida 
emas balki uning bir qismi (odatda, 50-60% dan yuqori bo’lmaydi) beriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy muammo bu tovarlar realizatsiyasi, chunki 
ishlab chiqarilgan va jo’natilgan tovar o’z haridorini topmasligi ham mumkin. Bozor 
sharoitida kredit munosabatlarining ma’muriy buyruqbozlik tizimidan farqi ham 
shudir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar mo’l-ko’lchiligida oddiy talab emas, 
balki to’lovga qobiliyatli talab zarurdir.
Bozor sharoitida tovar ta’minoti bo’yicha ssuda berayotgan kredit muassasalari 
risk qiladilar. Agar ssuda o’z muddatida qaytarilmasa, bank tovarlarni xat qilib o’z 
ixtiyoriga oladi, ularni sotishdan tushgan tushum hisobidan mijozning qarzini 
qoplaydi.
Tovarlar bo’yicha ssudalar ko’pincha chayqovchilik maqsadlarida ishlatiladi.
Ko’tarilish davrida, tovarlarga bo’lgan talab o’sganda, tadbirkorlar -
baholarning o’sishini hisobga olib tovarlar realizatsiyasini ataylab to’xtatib, tovar 
zahiralarini to’playdilar. Bu xususan, xom ashyo tovarlariga ham tegishlidir. Bu 
holatda ssuda tovarlarnipg haqiqiy realizatsiyasini tezlatmasdan, balki sekinlashtiradi 
hamda chayqovchilik va tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarilishining rivojlanishiga olib 
keladi.
Tijorat 
banklarining 
aktiv 
operatsiyalarining 
yana 
bir 
turi 
fond 
operatsiyalaridir.
Turli qimmatli qog’ozlar uning ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Banklarning 
qimmatli qog’ozlar bo’yicha operatsiyalarining 2 turi ko’proq qo’llaniladi. Bular 
qimmatli qog’ozlarni kreditning ta’minlanganligi uchun qabul qilish yo’li bilan
227


ssudalar berish va ularni bank tomonidan o’z hisobiga sotib olish yo’li bilan 
operatsiyalar o’tkazish.
O’immatli qog’ozlar ta’minoti bo’yicha ssudalar ularning to’liq bozor kursi 
qiymati bo’yicha emas, balki ularning ma’lum bir qismi (60-80%) bo’yicha beriladi.
O’immatli qog’ozlar soxta kapitalni ifodalasada, ular bo’yicha ssudalar haqiqiy 
tovar ishlab chiqarish bilan bog’langan jarayonga xizmat qiladi.
Undan tashqari qimmatli qog’ozlardagi bank investitsiyalari ham mavjud 
bo’lib, bu holda bank turli emitentlardan qimmatli qog’ozlarni sotib oladi bank 
qimmatli qog’ozlar portfeli vujudga keladi.
Bank tomonidan qimmatli qog’ozlarning xarid qilinishidan maqsad - bu 
qimmatli qog’ozlarni keyinchalik qayta sotish yoki kapitalning uzoq muddatga 
qo’yilishi yo’li bilan foyda olishdan iborat.
Oxirgi yillarda respublikaning ko’pgina tijorat banklari yuqori foyda olish 
maqsadida, davlatning xazina majburiyatlarini ko’p miqdorda sotib olishdi. Chunki 
qimmatli qog’ozlarning bu turi bankka kafolatlangan daromad keltiradi. Yoozirgi 
kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ta’minoti sifatida 
ko’chmas mulk, boshqa bank yoki sug’urta tashkilotining sug’urta kafolati ham qabul 
qilinishi mumkin. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kreditlash jarayoni 
asosiy o’rinni egallaydi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini ko’rib chiqish;
- qarz oluvchining to’lovga va kreditga layoqatliligini bank tomonidan 
o’rganib chiqilishi;
-
kredit qo’mitasining qarori; 
-
kredit bitimini rasmiylashtirish; 
-
kredit berilishi; 
-
ssuda va u bo’yicha foiz to’lashni bank tomonidan nazorat qilinishi. 
Kredit va uni to’lash jarayoni kredit shartnomasida ko’rsatilgan bo’lib, kredit 
va qarz oluvchi o’rtasidagi majburiyat va huquqlarni belgilab beradi. Unda 
kreditlashning maqsadi va ob’ekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to’lash 
muddati, kredit ta’minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar
228


ko’rsatiladi. Ssudani to’lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini muntazam 
tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi.
Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning krdit portfelida 
o’z ifodasini topadi.
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o’rni va 
manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin... Tijorat 
banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba’zi hollarda qayta 
moliyalashtirish va o’z mablag’lari hisobidan beriladigan kreditlar, masalan, Milliy 
bank va shunga o’xshash banklarda qattiq valyutada ham ifodalanishi mumkin...
Yoozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar davlatning qarorlariga asosan 
ustivor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada beriladi O’ayta 
moliyalashtirish va bankning o’z mablag’lari hisobidan beriladigan kreditlar mijoz 
kreditga layoqatli bo’lganda milliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasida berilishi 
mumkin.
Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi, lekin ularning 
faoliyatiga ko’proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi ta’sir qiladi. Tijorat 
banklar faoliyatining asosii qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga 
yo’naltirilgan bo’lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog’i ham yuqori 
bo’ladi.
Tasniflangan kreditlarning qaysi guruhga kirish darajasi tez sotiladigan aktivlar 
va yuqori likvid mablag’larning mavjudligi bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 9 noyabrda 
tasdiqlangan 242-sonli "Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bo’lgan yo’qotishlar 
bo’yicha tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va undan foydalanish 
qoidasi"ga asosan tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yuqorida keltirilgan 
mezonlar bo’yicha "yaxshi", "standart", "substandart", "shuxbali", "umidsiz" yoki 
"ishonchsiz" kreditlarga tasniflanadi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin