Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

schetlar 
omonatchilarning 
birinchi talablari bilan olinadi. Joriy schetning egasi bankdan chek daftarchasini 
oladi. Bunda u pul olish bilan birga iqtisodiy munosabatlar vakillari bo’lgan korxona, 
tashkilot, muassalar hisob-kitob operatsiyalarini olib borishi mumkin.
Muddatli omonatlar - mijoz tomonidan bankka ma’lum muddatga qo’yiladigan 
qo’yilmalar bo’lib, ular orqali mijozlarga bank tomonidan yuqori foizlar to’lanadi. 
Bunda foiz stavkalari qo’yilmaning muddati va miqdorigi bog’liq bo’ladi.
Muddatli qo’yilmalarning turlaridan biri, bu mablag’larni jalb qilishning aniq 
qayd etilgan vaqtga mo’ljallangan depozit sertifikatlar hisoblanadi. Ular muomalaga 
1961 yili birinchi bo’lib «Ferst neshnl siti benk» kiritgan. Schet egalariga ularning 
nomlari yozilgan, to’lash muddati va foiz darajasi ko’rsatilgan maxsus guvohnomalar 
beriladi.
Yoozirgi vaqtda tijorat banklari bo’sh pul mablag’larini jalb qilishda depozit 
sertifikatlaridan foydalanmoqda. Sertifikatda ko’rsatilgan qo’yilma muddati 
tugagandan so’ng, uning egasi qo’yilma summasini va kelishilgan foizlarni olish 
huquqiga ega bo’ladi.
Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo’yilmalari muhim rol. Ular to’liq 
summada yoki bo’lib-bo’lib qo’yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi va bank 
o’rtasidagi mablag’ qo’yishi bilan bog’liq munosabat omonat daftarchasini berish 
bilan tasdiqlanadi. Banklar to’lovchilik asosida turli hil maqsadli qo’yilmalarni, 
muddatli yoki talab qilish hamda olish mumkin bo’lgan jamg’armalar qabul qiladilar. 
Shuningdek, ba’zi mamlakatlarda «Yangi yil qo’yilmalari» deb nomlangan turi ham 
mavjud. Bunda bank yil davomida, yangi yilni nishonlash uchun, katta bo’lmagan 
qo’yilmalarni qabul qilib boradi va yil oxirida omonatchilarga pullarni qaytaradi,
223


xohlovchilar pul jamg’arishni keyingi yangi yilgacha davom ettirishlari ham mumkin. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu qo’yilmalar oddiy fuqarolar orasida keng 
qo’llaniladi.
Banklar uchun muddatli qo’yilmalar juda qulay hisoblanadi.
Bank resurslarining muhim manbasi banklararo kreditlardir, ya’ni boshqa 
banklardan olinadigan ssudalar.
Ushbu resurslardan foydalanish sezilarli darajada rivojlangan. Pul-kredit 
bozorida qisqa muddatli bank.lararo kreditlar, shuningdek, «qisqa pullar» salmog’i 
ko’pchilikni tashkil etadi.
224 



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin