O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1.
Bank faoliyatini tashkil qilishni iqtisodiy asoslari nimalardan iborat?
2.
Tijorat banklarning huquqiy asoslari deganda nimani tushunasiz?
3.
Dastlabki litsenziya tijorat banklarida qanday shartlar asosida beriladi?
4.
Asosiy litsenziya tijorat banklarida qanday tadbirlar o’tkazilgandan
keyin
beriladi?
5.
Tijorat banklarini boshqaruv tizimida nechta ortgan faoliyat yuritadi?
6.
Tijorat banklarining funktsiyalari nimalardan iborat?
218
XV BOB. TIJORAT BANKLARINING PASSIV, AKTIV VA BOSHQA
OPERATSIYALARI
1-§. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar banklarning
passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida
tijorat banklarning
passiv va aktiv - passiv schetidagi pul mablag’larining salmog’i oshib boradi.
Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini
tashkil qilishda katta rol
o’ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari
kreditlash uchun zarur
bo’lgan-kredit resurslarini tashkil qiladi.
Tijorat banklarining passiv operatsiyalarining asosan to’rtta shakli mavjud:
1.
Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlarini muomalaga chiqarish yo’li
bilan
resurslar yig’ish;
2.
Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini
oshirish;
3.
Boshqa kreditorlarning mablag’larini jalb qilish;
4.
Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.
Tijorat banklarining resurslari bankning o’z mablag’lari.
jalb qilingan va
emitentlashgan mablag’lar hisobidan shakllanadi.
Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi
va ikkinchi shakllarida
banklarning o’z mablag’lari yuzaga keladi va kolgan
oxirgi ikki shaklida kredit
resurslarning ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: