qismi, yani ustav kapital, risklarni qoplash uchun tashkil qilingan rezerv fond,
taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning o’z kapitali
bank kreditorlarining
manfaatini himoya qilish, bank faoliyatining barqarorligini ta’minlash, bank
faoliyatini boshqarish kabi funktsiyalarni bajaradi.
Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko’rsatiladi va bank ishini
boshlashning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning
tashkil qilishning
shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. Agar bank
aktsiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo’lsa, ustav kapitali yoki fondi
aktsiyalar chiqarish va joylashtirish yo’li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav
kapitali summasi qonun yo’li bilan chegaralanmaydi.
Banklarning barqaror
faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi.
Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko’rsatiladi. Ustav fondi
summasining oshirilishi bank aktsionerlari tomonidan umumiy majlisda hal qilinadi.
Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatilarini bajarishning asosi bo’lib
xizmat qiladi. Bank kreditlari hisobidan banklarning ustav kapitalini tashkil qilish
mumkin emas. Ustav kapitalini tashkil qilishda chetdan boshqa pul mablag’larini jalb
qilish ham mumkin emas. Banklar tashkil qilinganda
ustav kapitalining tarkibi
moddiy mablag’lardan va pul mablag’laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining
boshlang’ich bosqichlarida bankning o’z mablag’lari hisobidan birinchi navbatdagi
bank xarajatlari (er, bino,
asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi. Banklarning o’z
mablag’lari uzoq muddatli aktivlarga qo’yilmalar qilishning asosiy manbasi
hisoblanadi.
Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning o’z mablag’lari bilan
chetdan jalb qilingan resurslar o’rtasidagi chegarani belgilab beradi. O’zbeksitonda
bu nisbat 1:20 miqdorida o’rnatilgan.
Banklarning aktsioner kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi
mumukin. Bular: a) o’z
aktsioner kapitali, bu kapital oddiy va imtiyozli aktsiyalar
chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fonda hisobidan yuzaga keladi; b) har
xil ko’zda tutilmagan harajatlarni va to’lanmagan qarzlarni qoplash uchun tashkil
220
qilingan rezervlpr; v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzoq
muddatli veksel
va obligatsiyalar) bo’lishi mumkin.
Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga
xosil bo’ladi va ko’zda tutilmagan
Dostları ilə paylaş: